O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə294/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

CHiqishlarning dasturi. 
Gimnastika chiqishlarining muvaffaqiyati, ko‗p 
jihatdan ularning jozibadorligiga bog‗likdir. Bunga esa yaxlit chiqishlarni va 
uning qismlari senariyasini qiziqarli qilib uylab ko‗yish, musiqani to‗g‗ri tanlash 
va chiqishlarni badiy bezash, barcha mashqlarni va qayta saflanishlarni xatosiz 
bajarish, chiqishlarning har bir ko‗rinishi optimal davom ettirish orqali 
erishiladi. 
Muvaffaqiyatli 
chiqishning 
muhim 
omillaridan 
yana 
biri 
qatnashchilarning etarli darajada yuqori sport tayyorgarligini namoyish 
qilishidir. Uni tashkil qiluvchi asosiy elementlari: chiqishlar, ommaviy 
saflanishlar va piramidalar, fon harakatlari, ketishilar. 
CHiqishlar.
Qatnashchilarning chiqishi - gimnastika chiqishining 
boshlanishidir. Butun chiqishning muvaffaqiyati chiqish qanchalik yaxshi 
tayyorlanganligi va bajarishga bog‗liq bo‗ladi. YAngi va kutilmagandagi 
elementlarning bo‗lishi, chiqishning a‘lo darajada bajarilishi tomashabinlarga 
ko‗tarin ruh bag‗ishlaydi. 
Agar 
maydonga 
har 
tomondan 
tomosha 
qilinsa, 
chiqishda 
qatnashchilarning saf tekisligini saqlashi muhim ahamiyatga ega bo‗ladi. Bunga 
erishish uchun qatnashchilarning har to‗rt qadamdan keyin chiqishi tavsiya 
qilinadi. Bu holda belgilar orasidagi masofa qatnashchilarning jamosiga bog‗liq 
holda 240-280 sm. bo‗lishi kerak. 
Erkin mashqlar.
Har qanday gimnastika chiqishining dasturida erkin 
mashqlarga muhim o‗rin ajratiladi. 
Erkin mashqlarning mazmuni ham tasviriy, ham tematik ma‘noda (sport, 
o‗yin, ertak, xalq marosimi, mehnat jarayoni va hokazo) bo‗lishi mumkin. 
Tematik bo‗lganda temani yoritish uchun sport anjomlari (mayda sport 
inventari, langarlar, bayroqchalar, tasmalar va hokazolar) xizmat qilishi 
mumkin. Anjomlarning qo‗llash chiqish qatnashchilari etarli darajada sport 
tayyorgarligiga ega bo‗lmaganda ayniqsa zarur bo‗ladi. 


492 
CHiqishlarning kontrastligini kuchaytirish uchun shunday erkin mashqlar 
kompozitsiyasini tuzish tavsiya etiladiki, unda qatnashchilarning ommaviy 
chiqishlarda bir vaqtning o‗zida turli mashqlarni bajarishlari mumkin bo‗lsin. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə