I BOB. MURABBIYLIKKA KIRISH Tayanch iboralar: murabbiy, mashg‘ulotlar xavfsizligi, xushfe’l muomila, kompetentlik, og‘zaki va noog‘zaki xabarlar, ekipirovka, snaryadlar, gimnastikachilar xavfsizligi Sport gimnastikasida ―murabbiy‖ va ―instruktor‖ tushunchasi biroz
boshqacha qo‗llaniladi. Instruktorlar odatda bolalar bog‗chasida yoki
sog‗lomlashish uchun gimnastika bilan shug‗ullanuvchilar, murabbiylar esa
sportchilarga ta‘lim beradi, ularga rahbarlik qiladi va musobaqalarga
tayyorlaydi. Baribir, murabbiyni ham, instruktorni ham asosiy vazifasi –
gimnastlarga ta‘lim berish va o‗rganishlarida ularga yordam beri, demak bu
kitobda ―murabbiy‖ termini tez-tez qo‗llanilgan bo‗lishiga qaramay,
materiallarni katta qismi murabbiy kabi, instruktorga ham to‗g‗ri keladi.
Agar siz ko‗pchilik murabbiylarga o‗xshasangiz, unda bu kasbga sobiq
sportchilar, gimnastika xushdorlari, o‗xshash sport turi murabbiylari, ehtimol,
atletlar ota-onalari qatoridan tushib qolgan bo‗lsangiz kerak. Ko‗pgina yangilar
va murabbiylar sexi faxriylariga o‗xshab, ehtimol siz shug‗ullantirish uchun
hech qaerda o‗qimagandirsiz. Biroq, mahalliy gimnastika klubiga murabbiylar
kerak bo‗lib qolganda, siz chaqiriqqa javob berdingiz, chunki bolalarni sevasiz,
gimnastika bilan qiziqasiz yoki biron-bir arzigulik ish qilmoqchisiz.
Murabbiy sifatida dastlabki qadam sizga murakkab ko‗rinishi mumkin.
Gimnastika haqida yoki bolalar bilan qanday ishlash kerakligi to‗g‗risida
hamma narsani bilishning ilojisi yo‗q. ―YOsh gimnastikachilarni tayyorlash‖,
faqat muvoffaqiyatli ta‘lim berish asosini bera oladi. Avval sizni
majburiyatlaringiz, murabbiy aynan nima qilishi kerakligini ko‗rib chiqamiz.
Biz yana muvoffaqiyatli ustozni beshta sifatini ajratib beramiz.
MURABBIYNING MAJBURIYATLARI Har qanday darajada shug‗ullantirish – koleso bajarish yoki orqaga salto
ijro etishda sportchini straxovka qilishga o‗rgatishga nisbatan ancha katta ish.
7
SHug‗ullantirish – sizga ishongan ota-onalar oldida juda katta javobgarlikni
qabul qilishni anglatadi. Gimnastika murabbiyi bo‗lib, siz quyidagilarni
bajarishingiz kerak: