O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MASHQLAR BILAN YUGURISH 
Maqsad.
Kardiorespirator chidamlilik va kuchni rivojlantirish. 
Razminkaga kiritish uchun yaxshi mashq. 
Tasvirlash.
12 m ga yaqin katta ochiq maydondan foydalaning. 
Burchaklarga, 7dan 10tagacha mashqlar yozilgan qog‗oz bilan konuslarni 
o‗rnating. Mashqlar bazaviy bo‗lishi kerak, masalan, o‗tirib-turish, qo‗llarni 
bukib yozish, yonga to‗ntarilish. Ular siz shu kuni o‗rgatayotgan mashqlar bilan 
bog‗liq bo‗lishi mumkin. Gimnastikachilar juft-juft bo‗lib maydon burchaklariga 
joylashishadi. Juftlikdagi bittasi – yuguruvchi, ikkinchisi – ijrochi bo‗ladi. 
Musiqa jaranglashi bilan (yoki sizning signalingiz bo‗yicha), yuguruvchi 
maydon chetidan yuguradi, bu vaqtda ijrochi ro‗yxatdagi birinchi mashqni 
bajaradi. YUguruvchi maydon burchagiga qaytib kelganda ruyxatdagi birinchi 
mashqni bajarishga kirishadi, ijrochi esa yuguruvchi bo‗ladi. O‗yin juftliklar 
ro‗yxatdagi barcha mashqlarni bajarib bo‗lgandan so‗ng yakunlanadi. Barcha 
mashqlarni birinchi bo‗lib bajarib bo‗lgan juftlik g‗olib bo‗ladi. O‗yinni 
yakunlagan gimnastikachilarni, boshqa jamoalar vazifalarini bajargunga qadar, 
maydon ichida yurishga majburlang. 
Variantlar: 
Ushbu o‗yinni g‗oliblarsiz ham o‗tkazish mumkin. Har bir jamoa barcha 
mashqlarni bajarishi shart. Mashqlarni bajarib bo‗lgandan keyin, sportchilar 
zaminka yoki cho‗zilish mashqlariga o‗tadi. 
 


53 
QO„NISH MUSOBAQASI 
Maqsad:
to‗g‗ri sakrab tushish va qo‗nish mashqini qilish. 
Tasvirlash.
Gimnastikachilar bir yoki ikki ketma-ket qator bo‗lib 
saflanishadi, taxminan 60 sm balandlikdan sakrashadi, to‗g‗ri qo‗nishadi va 
qotib turadi (ya‘ni, bir qadamga ham siljimasdan, tushgan holatini saqlab 
qoladi). Gimnastikachi risoladagidek qo‗nsa, ketma-ket qator oxiriga borib 
o‗yinni davom ettiradi. 
YAxshi qo‗na olmaganlar uchun boshqa harakatni belgilang (masalan, 
cho‗zilish mashqlari). 
Variantlar: 
-Sakrab tushishning turlicha usullaridan foydalaning – tanani to‗g‗ri 
tutib, oyoqlarni bukib, 180

ga burilib, tanani to‗g‗ri tutib orqaga va hokazo. 
-Turli joy va balandliklardan sakrang. Mustaxkam asbob yoki 
predmetdan sakrash kerak. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə