Sportchilarga mahoratni takomillashtirishga yordam bering. Gimnastikachilarga
mashqning
asoslarini
muvaffaqiyatli
o‗rgatganingizdan
so‗ng,
sizning
harakatlaringiz
ushbu
mashqni
takomillashtirishga yordam berishdan iborat bo‗ladi. Sportchilarning mashqlarni
o‗rganish va takomilashtirish tezligi har xil bo‗lishi mumkin, lekin siz bundan
ranjimaslingiz kerak. Undan ko‗ra xatoliklarni topib va ularni to‗g‗rilab, ularga
rivojlanishga, mahoratni takomillashtirishga yordam bering.
Sportchilarning ko„nikmalarini shakllantiring. O‗qituvchining asosiy majburiyatlaridan biri – mashqni muvaffaqiyatli
bajarganda uni e‘tiborga olish va harakatini yoki o‗zini tutishni maqtash.
Gimnastikachi yakkacho‗pda orqaga to‗ntarilishni sekin bajarmoqda, siz shu
tobda: ―Juda yaxshi to‗ntarilish! Ayniqsa, oxiridagi tashlanish menga yoqdi.
Juda yaxshi ish!‖ Bu va jilmayib bosh barmoqni ko‗rsatish gimnastikachida
zarur texnikani mustahkamlashga yordam beradi. Biroq, ba‘zida zarur texnikani
mustahkamlanishni ko‗p vaqt kutishga to‗g‗ri keladi. Mashq noto‗g‗ri
bajarilganda sportchilarni maqtash kiyin bo‗ladi. Bunday hollarda qanday yo‗l
tutish kerak?
Bu sportchidan ko‗p marotaba shug‗ullanishni, sizdan esa – sabr talab
qilinadi. Gimnastikachilardan xato kuting. Siz orqaga sekin to‗ntarilishni yaxshi
bajarganini ―Juda yaxshi ish!‖ degan bo‗lsangizda, bu keyingisi ham
muvaffaqiyatli bo‗ladi degani emas. O‗quvchilardan xatosini ko‗rish yoqimsiz.
Sportchi mashqni ko‗p marotaba noto‗g‗ri bajarganda yoki o‗qishga qiziqishi
yo‗qligini aytganda xayrixohlik qilish yanada qiyindir. Sportchi maslahatlarga
quloq solmay bir xil xatoni takrorlashi mutlaqo yaxshi emas.
63
O‗qitish ba‘zida umidsizlikni uyg‗otadi, va bu tabiiy, lekin tajribali
murabbiy umidsizlikni nazoratga olishi kerak. Jahl chiqish o‗rniga,
ko‗nikmalarni shakllantirishning olti prinsipidan foydalaning: