|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligiMashqlarni mastahkamlashni faqat ba‟zida va eng yaxshiGimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati4.Mashqlarni mastahkamlashni faqat ba‟zida va eng yaxshi
misollardan foydalangan holda ishlating.
Diqqatingizni faqat ularga qaratib, siz sportchilarga mashqning asosiy
qismlarni o‗zlashtirgandan keyin rivojlanishini davom ettirishga yordam berasiz.
Mashg‗ulot jarayonida mustahkamlashdan kamdan-kam foydalaning, va
sportchida sizning qo‗llanmangizni eshitish va doimiy chalg‗ish o‗rniga ish
uchun ko‗proq vaqt qoladi. Gimnastika elementlari guruhli mashqlar va
musobaqa o‗yinlarni takrorlash yo‗li orqali yaxshiroq o‗zlashtiraladi. Agar siz
sportchiga o‗zi mashq qilishiga ko‗proq vaqt ajratgan bo‗lsangiz, mashg‗ulot
ancha samaraliroq bo‗ladi.
5.Talablarni kamaytiring.
Qachonki gimnastikachi yangi mashqni o‗rganayotganda yoki bir
nechtasini birikmaga birlashtirganda, oldin egallangan ko‗nikmalari vaqtinchalik
salbiy tomonga o‗zgarishi mumkin. Ushbu holda sizga kutish uchun ko‗proq
vaqt talab etiladi. Masalan, tanani to‗g‗ri ushlab ko‗prikdan yuqriga sakrash
bilan depsinishni o‗rgangan gimnastikachi qo‗llarda tik turish holatidan
sakrashga (mat ustiga) o‗tadi. Sportchi yangi mashqni o‗rganayotib, uni to‗liq
tushunmaguncha, u mashqning har bir qismini yomon bajaradi. Mahoratni
shunday susayishi bo‗yning tezlik bilan o‗sishida, ya‘ni mushaklar, paylar va
bo‗g‗imlarni rivojlanishi suyak rivojlanishiga etib olganda sodir bo‗ladi.
Gimnastikachi biror yangi mashqni o‗rganib olguncha, murabbiy sabrli bo‗lishi
kerak.
6.Asosga qayting.
Agar yaxshi o‗rganilgan mashqni bajarish ko‗p vaqtgacha yomonlashsa,
asosga qaytib, uni takrorlashni talab qiladi. Sportchiga mashqni engilashtirilgan
tarzda ishlashga ruxsat bering. Masalan, trenirovka mashg‗ulotida kamroq
matlar soni bilan ishlashga va balandlikni faqat gimnastikachi o‗z texnikasidan
ko‗nikganda ko‗tarishga ruxsat bering.
Dostları ilə paylaş: |
|
|