68
va ko‗proq mehnat qilgandan keyin yaxshilanishini eslatib qo‗ying. O‗ziga
ishonmagan sportchilarni tetiklantiring, ―Bugun sen iyagingni turnikka yaqinroq
olib kelasanyu mashq qil, mustahkamla, shunda kuchli bulasan va ko‗tarilib
to‗ntarilishni muammosiz bajarasan‖ga o‗xshash gapiring. Bu sportchini
ruxlantiradi va u tanasini mustahkamlaydi hamda baland-past qo‗shpoyadagi
mahoratini oshiradi.
Boshqa gimnastikachilar
shunday kayfiyatdaki, sizning dalillaringizga
muhtoj emas. Ularni xatolarini tuzatishda 4 bosqichni o‗tkazib yuborsa ham
bo‗ladi. Kayfiyat ich-ichingizdan chiqsada, xayrihoxlik bilan bergan yo‗l yo‗riq
va daldangiz baribir bu sportchilarga rivojlanishida yordam beradi.
Xatolarni tuzatishga doir oxirgi mulohaza: gimnastika bu yo‗nalishda
yagona (noyob) istiqbol taklif qiladi, chunki bir nechta sportchi bilan bir vaqtda
ishlash mumkin. Guruhga qanday qilib shaxsiy
xayrihoxlik fikrini berish
mumkin. Mashq bajarish jarayonida gimnastikachiga baqirish (yoki uyaltirish)
o‗rniga, uni bir chetga olib yuzma-yuz gaplashing. Aks aloqaning bunday shakli
qator imtiyozlarga ega:
-Gimnastikachilar shaxsiy muloqatni tez o‗ziga oladi.
-Boshqa sportchilar ilgaridek mashqni harakatda qayta ishlaydi. Ular
sizning gapingizni eshitadigan holatda emas.
-Madomiki guruhning boshqa a‘zolari mashg‗ulotni davom ettirar ekak,
mulohazani oddiy va lo‗nda qilishga to‗g‗ri keladi, chunki gimnastikachiga
shunisi tushunarliroq bo‗ladi.
Bu kerakli vaqtda guruhning hammasiga ijobiy fikr berish mumkin emas
degani emas. Muvaffaqiyatli guruhli va individual chiqishlarni ko‗rsatib
o‗tganda mumkin. Lekin, guruhli aks aloqa faqat ijobiy bo‗lishi kerak.
Salbiylarni shaxsiy suhbat uchun ushlab turing.
Dostları ilə paylaş: