77
ham ayollar o‗quv muassasalaridagi tarbiya tizimi uchun zaruriy ekanligi
ta‘kidlab o‗tilgan.
1912 yildan boshlab Toshkent, Peterburg, Varshava va boshqa
shaharlardan gimnastika bo‗yicha dastlabki trenerlar kela boshladi. Harbiy
okrug bosmaxonasi ishchilari gimnastika to‗garagini tashkil etadilar.
1912 yilda Stokgolmda o‗tkaziladigan Olimpiya o‗yinlari uchun Rossiya
terma komandasini to‗zish maqsadida Turkistonda sport gimnastikasi bo‗yicha
rasmiy musobaqalar o‗tkazildi. Poruchik Volchanskiy musobaqa g‗olibi bo‗ldi.
Mazkur birinchi rasmiy musobaqalar o‗tkazilgan sana O‗zbekistonda sport
gimnastikasi bunyod bo‗lgan kun deb hisoblanadi. SHundan so‗ng Qo‗qon,
Farg‗ona va Samarqand shaharlarida ham gimnastika jamiyatlari tashkil etildi.
1912 yilda Toshkentlik gimnastikachilar Moskvada o‗z mahoratlarini
namoyish etdilar.
1915 yilda Toshkentda ayollar gimnastikasi bo‗yicha dastlabki o‗quv
kurslari ochildi. SHu kurslarni bitirgan Polina Vladimirovna Garfung
O‗zbekistonda gimnastikani rivojlanishiga ulkan hissa qo‗shdi. Oktyabr
inqilobidan keyingina, gimnastika ommaviy tarzda rivojlandi. Aholini jismoniy
va sport orqali sog‗lomlashtirish davlat ishiga aylandi. SHu tariqa O‗zbekiston
mehnatkashlarini jismoniy tarbiyalash umumiy tizimida gimnastika muhim o‗rin
egalladi. CHor Rossiyasi davridan qolgan shved va boshqa gimnastika tizimiga
almashdi. Gimnastika Buxoro, Kattaqo‗rg‗on, Namangan, Urganchda ham
tarqala boshladi. Bu davrda harbiy qismlar va harbiy bilim yurtlarida gimnastika
faol rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: