YOMON XULQ BILAN ISHLASH
YOsh gimnastikachilar gohida o‗zlarini yomon tutadilar. Bu tabiiy.
Quyida o‗zini noto‗g‗ri tutishiga fikr bildirishning ikki xil usuli keltirilgan:
tashabbusni so‗ndirish va jazolash.
69
TASHABBUSNI SO„NDIRISH
YOmon xulqni e‘tiborga olmaslik – na ma‘qullash, na jazolash
bo‗lmagan holat – tashabbusni so‗ndirish deyiladi. Ma‘lum vaziyatlarda u
samarali bo‗lishi mumkin. Jazolash ba‘zida yomon xulqli bola uchun – diqqatni
jalb qilish usulidir va faqat davom ettirishga majbur qiladi. yomon xulqni
e‘tiborga olmasdan, siz e‘tiborga loyiq emasligiga yoshlarni ishontiring.
Gohida bu to‗g‗ri kelmasa, kutib turmang. Sportchi o‗ziga yoki
boshqalarga xavf tug‗dirsa, boshqalarning ishlashiga xalaqit bersa, tezlik bilan
chora ko‗ring. Buzg‗unchiga, sho‗xlik qilmasligini, bo‗lmasa jazo kutayotganini
ayting. Agar sportchiga ogohlantirish ta‘sir qilmasa, uni jazolash kerak.
O‗ziga ishongan sportchining yomon xulqida tashabbusni so‗ndirish
to‗g‗ri kelmaydi. Masalan, agar o‗quvchingiz sizning boldiringizga tepsa,
yuzingizni burishtirshdan tiysangiham, lekin u baribir sizga ozor berganini
tushunadi. Bunday hollarda ko‗ngilsiz holat uchun sportchini jazolash kerak.
Tashabbusni so‗ndirish, atletlar sho‗xlik, jinnilik qilish va o‗zini
ko‗rsatishda yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. Odatda agar siz sabrli bo‗lsangiz, ular bu
yo‗l bilan diqqatni jalb eta olmasliklarini tushunadi, va tinchlanadi. Lekin,
yomon xulqni so‗ndira olmaslikka ham tayyor bo‗lishi kerak. YOshlar biror
narsani yaxshi qilayotgan bo‗lsa, ijobiy qo‗llab quvvatlashni kutadi. Agar ularni
maqtamasa, siz istagan darajada bo‗lmaydi.
JAZOLASH
Ba‘zi pedagoglar yoshlarni jazolash kerak emas, balki faqat to‗g‗ri xulqni
mustahkamlash kerak deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, jazolash ish
bermaydi, adovatni chaqiradi va ba‘zida begonalashishga olib keladi. Bu to‗g‗ri,
jazolash bilan ishlash har doim ham to‗g‗ri kelavermaydi va mahorat bilan
ishlatilmasa, ular holatni qiyinlashtirishi mumkin. Biroq jazolashdan to‗g‗ri
foydalanilsa, keraksiz xulqdan samarali bartaraf etiladi va yomon oqibatlarga
olib kelmaydi, jazolashni o‗z usulingizga kiritish lozim, chunki sportchilarni
ijobiy qo‗llab quvvatlash va susaytirish bilan boshqarish qiyin. Jazolash
quyidagi prinsiplarga rioya qilingandagi pozitiv yondoshuv qismidir.
70
-Sportchilarni hozirda va kelajakda rivojlanishiga yordam beradigan xush
muomala shaklida jozolang. Xech qachon jazolashdan qasos olish yoki
o‗zingizni yaxshi xis qilishingiz uchun foydalanmang.
-Sportchilar jamoa qoidalarini buzsa yoki boshqacha qilib o‗zlarini
noloyiq tutusa, sovuqqonlik bilan jazolang. Sportchilarga baqirib va so‗kib
jazolash siz uchun qasos olish usuli bilan ko‗rinadi.
-Agar siz qandaydir qoidaga rioya qilishni kelishgan bo‗lsangiz, qoidani
buzgan sportchilarga nisbatan chora ko‗rish kerak. Do‗q bilan bosh ustida
jazolash tayoqchasini silkitish shart emas. Ularni bir marta ogohlantiring, so‗ng
jazolang.
-Jazolarni qo‗llaganda ketma-ketlikni saqlang.
-O‗zingizni aybdor sezadigan choralar bilan jazolamang. Agar kerakli
paytda munosib jazo topa olmasangiz, o‗ylab topganngizcha sportchiga
keyinroq gaplashib qo‗yishingizni ayting. Uning o‗zini ham jazoni o‗ylab
topishga jalb qilish mumkin.
-Jazolaganingizdan keyin, sportchiga nisbatan ―kek saqlayapti‖ deb
o‗ylashga yo‗l qo‗ymang. Doim ular jamoa uchun muhimligiga ishontiring.
-Siz jazo deb hisoblagan narsani, sportchi ijobiy qo‗llab qo‗vvatlash
sifatida qabul qilmasligi kerak. Misol uchun, ma‘lum faoliyatni bajarishni
ta‘qiqlash yoki mashg‗ulotning qismini, aynan o‗quvchi xohlagan qismini
o‗tkazib yuborish uchun buyruq berish.
-Xech qachon sportchini namoyish paytida qilgan xatosi uchun
jazolamang.
-Xech qachon jismoniy harakat yoki mashqlar – yugurish yoki tayanib
yotib qo‗llarni bukib yozish bilan jazolamang. Bu faqat sportchida jismoniy
tarbiyani yoqtirmaslikka olib keladi, biz esa ularda unga nisbatan butun umrlik
muxabbat uyg‗otmoqchimiz.
-Jazodan aql bilan foydalaning. Doimiy jazo va tanqid, sportchini sizdan
xafa bo‗lishi hamda qiziqishlarini boshqaga o‗zgartirishga olib keladi.
|