O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

YOMON XULQ BILAN ISHLASH 
YOsh gimnastikachilar gohida o‗zlarini yomon tutadilar. Bu tabiiy. 
Quyida o‗zini noto‗g‗ri tutishiga fikr bildirishning ikki xil usuli keltirilgan: 
tashabbusni so‗ndirish va jazolash. 


69 
TASHABBUSNI SO„NDIRISH 
YOmon xulqni e‘tiborga olmaslik – na ma‘qullash, na jazolash 
bo‗lmagan holat – tashabbusni so‗ndirish deyiladi. Ma‘lum vaziyatlarda u 
samarali bo‗lishi mumkin. Jazolash ba‘zida yomon xulqli bola uchun – diqqatni 
jalb qilish usulidir va faqat davom ettirishga majbur qiladi. yomon xulqni 
e‘tiborga olmasdan, siz e‘tiborga loyiq emasligiga yoshlarni ishontiring. 
Gohida bu to‗g‗ri kelmasa, kutib turmang. Sportchi o‗ziga yoki 
boshqalarga xavf tug‗dirsa, boshqalarning ishlashiga xalaqit bersa, tezlik bilan 
chora ko‗ring. Buzg‗unchiga, sho‗xlik qilmasligini, bo‗lmasa jazo kutayotganini 
ayting. Agar sportchiga ogohlantirish ta‘sir qilmasa, uni jazolash kerak. 
O‗ziga ishongan sportchining yomon xulqida tashabbusni so‗ndirish 
to‗g‗ri kelmaydi. Masalan, agar o‗quvchingiz sizning boldiringizga tepsa, 
yuzingizni burishtirshdan tiysangiham, lekin u baribir sizga ozor berganini 
tushunadi. Bunday hollarda ko‗ngilsiz holat uchun sportchini jazolash kerak. 
Tashabbusni so‗ndirish, atletlar sho‗xlik, jinnilik qilish va o‗zini 
ko‗rsatishda yaxshi ta‘sir ko‗rsatadi. Odatda agar siz sabrli bo‗lsangiz, ular bu 
yo‗l bilan diqqatni jalb eta olmasliklarini tushunadi, va tinchlanadi. Lekin, 
yomon xulqni so‗ndira olmaslikka ham tayyor bo‗lishi kerak. YOshlar biror 
narsani yaxshi qilayotgan bo‗lsa, ijobiy qo‗llab quvvatlashni kutadi. Agar ularni 
maqtamasa, siz istagan darajada bo‗lmaydi. 
JAZOLASH 
Ba‘zi pedagoglar yoshlarni jazolash kerak emas, balki faqat to‗g‗ri xulqni 
mustahkamlash kerak deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, jazolash ish 
bermaydi, adovatni chaqiradi va ba‘zida begonalashishga olib keladi. Bu to‗g‗ri, 
jazolash bilan ishlash har doim ham to‗g‗ri kelavermaydi va mahorat bilan 
ishlatilmasa, ular holatni qiyinlashtirishi mumkin. Biroq jazolashdan to‗g‗ri 
foydalanilsa, keraksiz xulqdan samarali bartaraf etiladi va yomon oqibatlarga 
olib kelmaydi, jazolashni o‗z usulingizga kiritish lozim, chunki sportchilarni 
ijobiy qo‗llab quvvatlash va susaytirish bilan boshqarish qiyin. Jazolash 
quyidagi prinsiplarga rioya qilingandagi pozitiv yondoshuv qismidir. 


70 
-Sportchilarni hozirda va kelajakda rivojlanishiga yordam beradigan xush 
muomala shaklida jozolang. Xech qachon jazolashdan qasos olish yoki 
o‗zingizni yaxshi xis qilishingiz uchun foydalanmang. 
-Sportchilar jamoa qoidalarini buzsa yoki boshqacha qilib o‗zlarini 
noloyiq tutusa, sovuqqonlik bilan jazolang. Sportchilarga baqirib va so‗kib 
jazolash siz uchun qasos olish usuli bilan ko‗rinadi. 
-Agar siz qandaydir qoidaga rioya qilishni kelishgan bo‗lsangiz, qoidani 
buzgan sportchilarga nisbatan chora ko‗rish kerak. Do‗q bilan bosh ustida 
jazolash tayoqchasini silkitish shart emas. Ularni bir marta ogohlantiring, so‗ng 
jazolang. 
-Jazolarni qo‗llaganda ketma-ketlikni saqlang. 
-O‗zingizni aybdor sezadigan choralar bilan jazolamang. Agar kerakli 
paytda munosib jazo topa olmasangiz, o‗ylab topganngizcha sportchiga 
keyinroq gaplashib qo‗yishingizni ayting. Uning o‗zini ham jazoni o‗ylab 
topishga jalb qilish mumkin. 
-Jazolaganingizdan keyin, sportchiga nisbatan ―kek saqlayapti‖ deb 
o‗ylashga yo‗l qo‗ymang. Doim ular jamoa uchun muhimligiga ishontiring. 
-Siz jazo deb hisoblagan narsani, sportchi ijobiy qo‗llab qo‗vvatlash 
sifatida qabul qilmasligi kerak. Misol uchun, ma‘lum faoliyatni bajarishni 
ta‘qiqlash yoki mashg‗ulotning qismini, aynan o‗quvchi xohlagan qismini 
o‗tkazib yuborish uchun buyruq berish. 
-Xech qachon sportchini namoyish paytida qilgan xatosi uchun 
jazolamang. 
-Xech qachon jismoniy harakat yoki mashqlar – yugurish yoki tayanib 
yotib qo‗llarni bukib yozish bilan jazolamang. Bu faqat sportchida jismoniy 
tarbiyani yoqtirmaslikka olib keladi, biz esa ularda unga nisbatan butun umrlik 
muxabbat uyg‗otmoqchimiz. 
-Jazodan aql bilan foydalaning. Doimiy jazo va tanqid, sportchini sizdan 
xafa bo‗lishi hamda qiziqishlarini boshqaga o‗zgartirishga olib keladi. 


71 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə