O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


 GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TENDENSIYASI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
2.1. GIMNASTIKANING RIVOJLANISH TENDENSIYASI 
GIMNASTIKANING XUSUSIYATLARI 
«Gimnastika» yunoncha «gimnos» so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib, «mashq 
qildiraman» degan ma‘noni anglatadi. SHuningdek, yunoncha gimnostike 
(gimmazo-trener, mashq qildiraman so‗zidan) so‗zining kishi salomatligini 
mustahkamlash, uni har tomonlama jismonan tarbiyalash va harakat 
qobiliyatlarini, kuchi, chaqqonligi, harakat tezkorligi, chidamliligi va boshqa 
xususiyatlarini takomillashtirish uchun ishlatiladigan maxsus tanlangan jismoniy 
mashqlar, uslubiy usullarning tizimi, degan ma‘nosi ham bor. Quyidagilar uning 
asosiy vazifalaridir: 
1.Inson organizmi shakl va funksiyalarini jismoniy qobiliyatlarini har 
tomonlama takomillashtirishga, salomatligi mustahkamlashga, o‗zoq yillar 
davomida 
faoliyat 
ko‗rsatib yashashlarini ta‘minlashga yo‗naltirilgan 
mukammal rivojlantirish. 
2.Hayotiy muhim harakat ko‗nikma va malakalarini (shu jumladan
amaliy va sport ko‗nikmalarini) shakllantirish va maxsus bilimlar bilan 
qurollantirish. 
3.Ahloqiy, irodaviy va estetik hislatlarni tarbiyalash. Ko‗p asrlik tajriba 
va jismoniy tarbiya sohasidagi zamonaviy fan yutuqlari asosida yaratilgan 
gimnastika yanada rivoj topdi va keng tadbiq etiladigan bo‗ldi.
8
Ayniqsa bolalar va o‗smirlarni jismoniy shakllantirishda gimnastikaning 
ahamiyati katta. Gimnastikaning xilma-xil vosita va uslublari yordamida 
boshlang‗ich jismoniy tarbiya vazifalari muvaffaqiyatliroq xal qilinadi, bolalar 
8
«Гимнастика» 
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 6-бет.


93 
va o‗smirlarda jismoniy hamda harakat qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos 
yaratiladi, ularning funksional va ko‗nikish imkoniyatlari ancha yaratiladi. 
Gimnastikaning juda katta gigiena-sog‗lomlashtirish ahamiyati bor. 
Qadimgi dunyoning atoqli mutafakkirlaridan biri Plutarx gimnastikaning 
sog‗lomlashtirish ahamiyatiga baho berib: ―Gimnastika tibbiyotning shifobaxsh 
qismidir‖-degan edi.jahon faning atoqli arboblari bo‗lgan rus olimlari 
I.M.Secheno, I.P.Pavlov, I.N.Mechnikov, P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiylar 
jismoniy mashqlarga, jumladan, gimnastika mashqlariga katta ahamiyat berib, 
bu mashqlarni hayotiy faoliyat va ishchanlik qobiliyatini oshirishning, 
shuningdek sog‗lomlashish va faol dam olishning eng yaxshi vositasi deb bilgan 
edilar. 
Gimnastika bilan hamma bolalar, kattalar, keksalaru yoshlar, yaxshi 
tayyorgarlik ko‗rganlar endi boshlovchilar, sog‗lom kishilaru va, hatto betob 
kishilar – shug‗ullanishlari mumkin. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi 
bolalar muassasalarida, maktablarda, kasb-hunar kollejlarida, licey va oliy o‗quv 
yurtlarida, sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish jamoalarida va davolash 
pansionatlarida, dam olish uylari va sanatoriyalarida, qurolli kuchlar va ichki 
ishlar bo‗limida ham shug‗ullanadi. Gimnastika bilan ko‗plar o‗z uylarida 
radiodan eshitib, televizordan ko‗rib turib, uy boshqarmalariga qarashli turar joy 
va hokazolarda shug‗ullanadilar. Gimnastikaning bunchalik keng yoyilganligiga 
sabab uning vositalarining barchaga tushunarli va xilma xil ekanligida, jismoniy 
tarbiyaning turli vazifalarini hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta 
ekanligidadir. 
Gimnastika mashg‗ulotlarida hayotiy zarur malaka hamda ko‗nikmalar 
orttiriladi va takomillashtiriladi. «Alpomish va Barchinoy maxsus testlari 
majmuini ommalashtirish yullari» da gimnastikadan normativlar bor, 
shuningdek, shug‗ullanuvchilar keltiringan testlarida bilib olishlari kerak 
bo‗lgan pedagogik malaka va ko‗nikmalar ko‗rsatib berilgan. 
Gimnastikaning ta‘limiy ahamiyati ham juda katta. O‗quv topshiriqlari 
aniq taqsimlanishining shartliligi, harakatlar analizi va sintezining keng 


94 
ishlatilishi o‗rganilgan harakat faoliyatlarining xilma-xil ijro variantlarida 
murakkablashtirilishi, harakatlarni cheksiz kombinasi yasash, forma va 
koordinatsiya jihatidan xilma-xil bulgan juda ko‗p jismoniy mashqlarni 
o‗rganish – bularning hammasi shug‗ullanuvchilarga o‗zlarining harakat 
imkoniyatlarini baholashni va harakat faoliyati umumiy qonuniyatlarini aniqlab 
olishni o‗rganish imkonini beradi. 
Gimnastika insonni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. 
Gimnastika mashqlarini ijro etish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab 
qiladigan darajada mukammal bo‗lishi uchun harakatlar ravon va ifodali 
bo‗lishi, ijrochining harakatlari o‗ziga yarashadigan, nafis bo‗lishi kerak. 
Gimnastika bilan shug‗ullanish natijasida kelishgan qaddi-qomatga ega 
bo‗linadi, gavda to‗zilishidagi nuqsonlar to‗zaladi, gavdaning ayrim bo‗g‗inlari 
taraqqiyotida ham, umuman gavda taraqqiyotida ham juda yaxshi 
mutanosiblikka erishiladi. 
Gimnastikaning pedagogik ahamiyati ham juda katta. Gimnastika bilan 
shug‗ullanuvchilar milliy g‗oyaviylik va onglilik ruhida, aktivlik va mehnatga 
ijodiy munosabatda bo‗lish ruhida tarbiya topadilar, mashg‗ulotlarning qat‘iy bir 
tartibda bo‗lishi, ta‘lim berish jarayonini shug‗ullanuvchilarning maksimal 
aktivligida tashkil etish – bularning hammasi ularni intizomli qiladi, jismoniy 
tarbiya jarayoniga e‘tibor bilan qarashga odatlantiradi. 
Nihoyat, gimnastika – aqliy ta‘lim bilan jismoniy tarbiya birligining 
yorqin 
namunasidir. 
Gimnastikada 
qo‗llaniladigan 
uslublar 
shug‗ullanuvchilarning intelektual faoliyati aktivligini rag‗batlantirish imkonini 
beradi, markaziy asab tizimining moyilligini, uning muskul faoliyatining turli 
holatlariga moslasha olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi. 
O‗zbekistonda jismoniy tarbiya o‗zaro aloqador turli yo‗nalishda amalga 
oshiriladi. Bulardan biri umumtayyorlov yo‗nalishi bo‗lsa, ikkinchisi 
ixtisoslashgan – amaliy (kasb-xunar-amaliy, harbiy (ichki ishlar) – amaliy va 
sport-amaliy) yo‗nalishdir. Gimnastikaning vositalari, uning mashg‗ulotni 
tashkil etishdagi uslub va usullari har yo‗nalishlarida ham keng qo‗llaniladi. 


95 
YUqorida qayd etib o‗tganimizdek, gimnastikaning o‗ta ta‘sirchanligi 
boshlang‗ich jismoniy tarbiya bosqichlarida, insonning jismoniy qobiliyatlarini 
har yoqlama va gormonik rivojlantirish poydevori yaratilayotgan vaqtda 
namoyon bo‗ladi. Gimnastikaning bu asosiy funksiyasi uning ko‗p asrlik 
taraqqiyot tarixi mobaynida shakllandi va qaror topdi, bu uning jismoniy 
tarbiyaning ko‗p yoqlama mazmunidagi aniq vazifasini tashkil etadi. Gimnastika 
mashqlarining xilma-xilligini hisobga olgan holda ta‘sir etishi qa‘tiy bir tartibda 
olib borilsa, ular kishi organizmining ayrim tizimlariga tanlab va loqal (alohida 
bug‗imlariga) ta‘sir kursatadi bu esa gimnastikadan jismoniy tarbiyaning 
amaliy-ixtisoslashgan formalarida foydalanishni belgilab beradi. 
Sport faoliyatida gimnastikaning to‗rtta mustaqil turi bor: sport 
gimnastika, akrobatika, trampolin va badiiy gimnastika. Sport gimnastikasi – 
sportning olimpiada turi, olimpiya o‗yinlari qayta tiklangan (1896y.)dan beri 
gimnastika hozirgi olimpiya o‗yinlari qatoridan mustahkam o‗rin egallab 
kelmoqda. Akrobatika va badiiy gimnastika musobaqalarining oliy formasi – 
jahon birinchiliklaridir. 
Gimnastikaga 
mashqlarni 
qat‘iy bir 
me‘yorda bajarish va 
shug‗ullanuvchilar faoliyatini aniq uyushtirish uslubi xos bo‗lib, ana shuning 
natijasida yangi-yangi malaka va ko‗nikmalarni o‗zlashtirish uchun eng qo‗lay 
sharoit, shuningdek oshirilgan ish qobiliyatiga zamin bo‗luvchi tegishli 
emotsional muhit yaratiladi. Quyidagilar gimnastikaning uslubiy xususiyatlariga 
kiradi: 
1.Kishi organizmiga har yoqlama ta‘sir ko‗rsatish. Kishi barcha 
organlarining funktsiyalari gimnastika mashqlari yordamida muvaffaqiyatli 
tarzda takomillashadi. Demak, kishini umumiy jismoniy rivojlantirish va uning 
haratlantiruvchi qobiliyatlarini har yoqlama kamolga etkazish vazifalarini 
gimnastika yordamida muvaffaqiyatli hal qilsa bo‗ladi. 
2.Nihoyatda xilma-xil jismoniy mashqlarni qo‗llash. Organizmning 
morfologik va funksional tizimlari va jismoniy xislatlari (kuchlilik, tezkorlik, 
qayishqoqlik, chaqqonlik, chidamlilik)ni har yoqlama va garmonik rivojlantirish 


96 
xilma-xil jismoniy mashqlarni qo‗llanish orqali ta‘minlanadi. SHuning bilan bir 
vaqtda nerv tizimining koordinatsion mexanizmiga ta‘sir ko‗rsatiladi, uning 
moyilligi ortadi, sport texnikasining asoslari shakllana boradi. 
3.Organizmga tanlab ta‘sir ko‗rsatish. Tegishli mashqlarni, kerakli 
dastlabki holatlarni tanlab qo‗llanish, ijro usullarining aniq bo‗lishi natijasi 
o‗laroq muayyan muskul, bo‗g‗in guruhlariga loqal ta‘sir etiladi, bu 
shug‗ullanuvchilarda kerakli harakatlantiruvchi xislatlarning rivojlanishiga 
ko‗maklashadi va jismoniy rivojlanishga kamchiliklarni muvaffaqiyat bilan 
to‗zatish imkononi beradi. 
4.O‗quv jarayonining qat‘iy me‘yorda bo‗lishi va jismoniy yuklamani 
aniq tartibga solish. Ta‘lim jarayonini tashkil qilish xilma-xil uslubiy usullardan 
foydalanish bilan bir vaqtda ta‘lim berishning xususiy vazifalarini birin ketin hal 
qilish negiziga bog‗liq bo‗ladi. Bu holat jismoniy va boshqa xislatlarning tobora 
rivojlanib borishini ta‘minlaydi. YUklamani harakat sur‘ati va amplitudasini 
o‗zgartirish, takrorlash miqdorini ko‗paytirish yoki kamaytirish, dastlabki 
holatlarni o‗zgartirish va mashqlarni ijro etish ketma-ketligini turlicha yo‗lga 
qo‗yish, toshlar va amortizacion qurilmalardan foydalanish orqali, shuningdek, 
shug‗ullanuvchilarning qay darajada tayyorligina qarab belgilasa bo‗ladi. 
5.Mashqlarni o‗zluksiz murakkablashtira borish va kombinatsiyalash 
hamda bir xildagi mashqlarni bir qancha maqsadlarda qo‗llanishning 
mumkinligi. Biron mashqni bilib olgandan keyin, odatda, uning murakkabroq 
usullarini o‗rganishga o‗tiladi, bora-bora shu mashqning o‗zi ham 
murakkablashtiriladi, 
biron 
elementni 
ikkinchisiga 
qo‗shib 
bajarib, 
kombinatsiyalarga yangi harakatlar kiritiladi va h.k. Bunda o‗rganilayotgan 
o‗quv materiali sifat va (miqdor jihatdan ham) yangicha ifodaga ega bo‗ladi, 
hamda organizmga boshqacharoq ta‘sir etadi va zarur o‗zgarishlarni keltirib 
chiqaradi. Bir xil mashqlardan turlicha uslubiy jihatdan xilma-xil o‗zgartirish 
(yo‗naltirilgan reglamentlash, ijro etishning o‗yin yoki musobaqa shakllardan 
foydalanish va h.k.) yo‗li bilan amalga oshirish mumkin. 


97 
Gimnastikaning uslubiy xususiyatlari bir-biri bilan o‗zviy bog‗liqdir. 
Ularni to‗g‗ri hisobga olib ish ko‗rilsa, shug‗ullanuvchilarning har yoqlama 
umumiy jismoniy tayyorgarligi, harakatlantiruvchi qobiliyatlarini garmonik 
rivojlantirish vazifalari, shuningdek ta‘lim-tarbiya vazifalari muvaffaqiyatliroq 
hal etiladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə