O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Sakrash:
 
yuqorida ko‗rsatilgan xislatlar hamda epchillikni rivojlantirib, 
mushaklarni tez qisqartirishiga yordam beradi. 
O„yinlar:
 
umumiy jismoniy rivojlantiruvchi ta‘sirko‗rsatib, asab tizimini 
mustahkamlaydi, ruhiy hislatlarni rivojlantirib, mustahkamlaydi va umuman 
pedagogik tarbiya vositalaridan biri hisoblanadi».
O„qituvchiga quyidagilar tavsiya etilgan: 
Mashg‗ulotlarni toza havoda yoki shamollatilgan xonalarda o‗tkazilishi 
kerak. Jismoniy madaniyat Soveti qoshidagi ilmiy seksiya tomonidan jismoniy 
madaniyat bilan shug‗ullanuvchilarni tekshirish bo‗yicha antropometrik 


79 
laboratoriya tashkil etildi. Butunrossiya markaziy ijroqo‗mi Prezidiumining 
1923 yil 27 iyuldagi qaroriga muvofiq Turkiston ijroqo‗mi qoshida jismoniy 
madaniyat bo‗yicha o‗lka soveti ta`sis etilgan bo‗lib, u respublikada jismoniy 
madaniyat va sportni ravnaq topshirishni boshqarish va nazorat qilish organi 
hisoblangan. 1924 yilda butunturkiston Spartakiadasi o‗tkazildi. SHu sport 
anjumanlari respublikada gimnastikani rivojlantirishga salmoqli hissa qo‗shdi. 
1924 yilda milliy davlat chegaralanishi natijasida O‗zSSRning tashkil etilishi 
o‗lkamizda jismoniy madaniyat, jumladan, gimnastikani rivojlanishi uchun 
imkoniyatlar yaratdi. Bu sport to‗g‗ri mahalliy yoshlar orasida o‗z muxlislarini 
topdi. Masalan, 1926 yilda Toshkentda tashkil etilgan 3ta to‗garak a‘zolaridan 
160tasi o‗zbeklar edi. SHunga qaramay malakali mutaxassislarning etishmasligi 
gimnastikani rivojlanishiga xalaqit berardi.
1928 yilgi Butunittifoq spartakiadasida tayyorgarlik bosqichi sifatida 
1927 yilda butun O‗zbekiston spartakiadasi o‗tkazildi. Uning dasturida sport 
gimnastikasi ham bor edi. 
Gimnastikachilar mahorati hali past darajada edi. II Butuno‗zbek 
spartakiadasida esa (1928y.) Moskvada bo‗lib o‗tadigan sport anjumanida 
ishtirok etish uchun respublikaning terma jamoasi tanlanadi hamda O‗zbekiston 
ushbu musobaqalarida 4–5 o‗rinlarni egallaydi. Toshkentlik gimnastikachi 
Mechislav Murashko esa SSSRning mutloq chempioni unvoniga sazovor 
bo‗ladi.
1929 yilda Toshkentda birinchi marta jismoniy madaniyat to‗garaklari 
orasida sport gimnastikasi bo‗yicha jamoa musobaqalari o‗tkazildi. Bu davrda 
gimnastikada to‗rtkurash mavjud edi: turnik, halqalar, «eshak» (kozyol) va erkin 
mashqlar. 1931-34 yillarda butunittifoq jismoniy madaniyat majmuasini (GTO) 
tashkil etilishi respublikaning sport hayotida muhim xodisa bo‗ldi. Buning 
natijasida 
gimnastikani 
yanada 
rivojlanishi 
uchun 
imkoniyat 
yaratildi.Gimnastikachilar mahorati oshib bordi. 1933 yilda Toshkentda bo‗lib 
o‗tgan gimnastika bo‗yicha birinchi rasmiy birinchilikda, so‗ngra esa kelgusi 
yillarda E.Dxin, B.YAstrebov, E.Eletskaya, B.Bogatova, V.Nazarova, N.Kotin, 


80 
A.Petuxov va boshqa gimnastikachilar katta yutuqlarga erishdilar. 1933 yilda 
butun O‗zbekiston spartakiadasi bo‗lib o‗tdi. SHu yili «Dinamo» jamoalarining 
butunittifoq musobaqalarida O‗zbekistonlik gimnastikachi Rubovskiy katta 
yutuqlarga erishdi va 2 o‗rinni egalladi. 
1930 yilardan boshlab bolalar va o‗smirlar orasida sport gimnastikasini 
rivojlantirish bo‗yicha ishlar olib borildi. Bu davrda Toshkentdagiolimlar uyi 
qoshida birinchi bolalar seksiyasi to‗zildi, unga N.V.Kravchenko rahbarlik 
qilgan.
Gimnastika qishloq hayotiga ham kirib bordi. 1943 yilda 1 kolxoz-
sovxoz spartakiadasi o‗tkazilgan bo‗lib, uning jamoa birinchiligida guruhli 
gimnastika mashqlari kiritilgan edi. Ko‗hna sport klublaridan bo‗lmish 
matbuotchilar sport to‗garagi katta muvaffaqiyat qozongan edi. Bu yillarda 
mazkur klubda sport gimnastikasi bo‗yicha respublikaning taniqli trenerlaridan 
biri M.K. Arxangelskiy ishlar edi. U ko‗plab mohir gimnastikachlarni tarbiyalab 
etishtirdi.
1934 yilda bo‗lib o‗tgan II O‗rta Osiyo spartakiadasida jamoa 
birinchiligini o‗zbek gimnastikachilari qo‗lga kiritdilar. 1935-37 yillarda 
gimnastika rivoji davom etadi, chunki bu yillarda «Spartak», «Lokomotiv»
kabi ko‗ngilli sport jamoalari to‗ziladi. 
Bolalar sport maktablari tashkil etilib, ularda gimnastika bo‗limlari 
ochildi. Bu esa gimnastika bilan shug‗ullanuvchilar va seksiyalar sonining ortib 
borishiga olib keladi. SHu davrning etakchi trenerlari M.Arxangelskiy, 
N.Salnikov, N.Kotin, A. Petuxov bo‗lib, ular ajoyib, etuk gimnastikachi va 
trenerlarni tarbiyaladilar. Ular orasida xizmat ko‗rsatgan sport ustasi (masteri) 
A.Abramyan, SSSRda xizmat ko‗rsatgan trener V.Kurlyand, sobiq SSSRning 
mutloq (absolyut) chempioni Genrietta Konovalova, A.Borodin, N.Tarasova, 
V.Merkulov bor edi. 
1936 yilda O‗zbekistonda birinchi marta sport gimnastikasi bo‗yicha 
bolalar birinchiligi bo‗lib o‗tdi. V.Lebedev va R.Tomilina respublika 
chempionlari unvoniga sazovor bo‗ldilar. YOsh gimnastikachilar G.Kust va 


81 
O.Sokolovskaya a‘lo natijalarga erishadilar. Boshqa shaharlardan ham moxir 
gimnastikachilar etishib chiqadi. Masalan, CHervichenko – respublikaning eng 
kuchli gimnastikachilaridan biri hisoblangan. 
1937 yilda shahar xalq ta‘limi bo‗limi qoshida bolalar sport maktabi 
tashkil etilib, unda gimnastika bo‗limi ochildi. Bu xol respublikada gimnastikani 
kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etdi. XTSHB sport maktabi 
ko‗plab bo‗lg‗usi sport ustalarini etishtirib berdi. Mutloq chempion, xizmat 
ko‗rsatgan sport ustasi Galina SHamray, sport ustalari A.Markov, S.CHuksieva, 
V.Xrimpach, E.So‗rkin, V.Bondarenko, R.Bolshakova, P.Pankratev shular 
jumlasidandir. 
Mazkur maktab ochilgan kundan boshlab, 1959 yilgacha sobiq 
O‗zSSRda xizmat ko‗rsatgan o‗qituvchi Polina Vladimirovna Garfung maktab 
direktori lavozimida xizmat qildi. Aleksey Mixaylovich Pokrovskiy 20 yil 
davomida shu maktabda etakchi trener bo‗lib ishladi.
1938 yilda Leningradda o‗tkazilgan butunittifoq musobaqalarda bizning 
yosh gimnastikachilar birinchi marta ishtirok etib, 5 o‗rinni egalladilar va bu 
bilan kuchli jamoalar xisoblangan Kiev, Tbilisi, Minsk jamoalarini ham ortda 
qoldirdilar. Kelgusi yili esa jamoamiz 4 o‗rinni egalladi. 
1939 yilda butunittifoq musobaqalarda o‗zbekistonlik yosh so‗zuvchilar 
2 o‗rinni, gimnastikachilar 4 o‗rinni, engil atletikachilar 6 o‗rinni egalladilar. 
Urushdan oldingi yillarda mahalliy millatga mansub gimnastikachilar 
bilan ishlash yaxshi yo‗lga qo‗yilgan edi. 1940 yilda respublika terma jamoasi 
tarkibida 4 ta o‗zbek yigiti Jo‗raev, Jabborov, Toxirov, ergashevlar bo‗lgan. 
O‗zbek qizlari orasidan Maqsudova, Ishoqova, Rozdanova kabi gimnastikachilar 
etishib chiqdi. O‗zbek gimnastikachilarini tarbiyalashda Toshkent shahridagi 90 
sonli maktab o‗qituvchilarining, jumladan, L.Vapoevning xizmatlari beqiyosdir. 
Bu inson ko‗plab yurtdoshlarimiz kabi Ulug‗ Vatan urushida halok bo‗lgan. 
Urushdan oldingi davr vazifalariga mos ravishda ishni katta qurilishi jismoniy 
tarbiya tizimining mushtarak uslubiy asosi sifatida MMT (GTO) majmuasini 


82 
tashkil etilishi shu yillarda gimnastikani rivojlanishining asosiy omili 
hisoblanadi. 
Barcha boshlang‗ich o‗rta maktablarda 1 sinfdan boshlab, 1943 yil 1 
yanvardan e‘tiboran harbiy-jismoniy, boshlang‗ich tayyorgarlikni o‗rganish 
joriy etiladi.
Harbiy ta‘lim tizimida jismoniy mashqlar salmog‗i katta edi, 1–2 
sinflarda safda yurish mashg‗ulotlariga ajratilgan 30 soatdan 24 soati 
gimnastikaga to‗g‗ri kelar edi. 3–4 sinflar uchun ham nisbat qariyb shunaqa edi. 
5-10 sinf o‗quvchilari uchun safdagi tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida 
gimnastika, boks, kurash, so‗zish, futbol, voleybol, granata irg‗itish, sakrash, 
arqonga chirmashib chiqish, to‗siqlarni engib o‗tish, velosport mototsikl va 
parashyut bilan tanishish tavsiya etilgan. Bundan safdagi tayyorgarlik 
mashqlariga 5-7 sinflarda harbiy tayyorgarlikka ajratilgansoatlar yarmi hamda 
8–10 sinflar uchun ajratilgan soatlarning uchdan bir qismi to‗g‗ri kelardi. 
Bu davrda voleybol, gimnastika, engil atletika, futbol va boshqa sport 
turlari bo‗yicha maktab ichra va maktablararo musobaqalar tashkil etilib, bolalar 
sport maktablari va maktabdan tashqari boshqa muassasalar faoliyat ko‗rsatgan.
1943 yil sentyabr oyida maktabdan tashqari muassasalarni tiklash 
to‗g‗risida maxsus qaror qabul qilindi. 1944 yilda 118ta maktabdan tashqari 
muassasa, shu jumladan, 16ta pionerlar uyi, 11ta bolalar sport maktablari 
(BSM), 7ta bolalar o‗yingohlari va bog‗lari, markaziy turist – ekskursilon 
stansiya mablag‗ bilan ta‘minlangan. BSM da 1944 yilda 2000dan ortiq 
o‗quvchi shug‗ullangan. Toshkent shahar xalq ta‘limi bo‗limining etakchi 
BSMida gimnastika, qilichbozlik, kurash, engil atletika, so‗zish, boks seksiyalari 
faoliyat ko‗rsatgan.
Buyun g‗alaba yaqinlashgan sari ommaviy – sport ishlari faollashdi. 
Masalan: 1945 yilda o‗quvchilarning ta‘til vaqtida o‗tkazilgan ommaviy – sport 
tabirlari rejasi an‘anaviy shahmat turnirlari va otish musrbaqalaridan tashqari, 
Toshkentda gimnastika bo‗yicha respublika bolalar musobaqalarini o‗tkazishni 
ham mo‗ljallagan. 


83 
Tabiiyki, urush mamlakatimiz xalqlarining osoyishta mehnatini 
vaqtincha bo‗lsada, izdan chiqardi. Vatan urushi frontlarida A.Boyarinov, 
U.Asadov, V.Borodin kabi o‗zbek gimnastikachilari shijoat bilan jang qilishdi, 
G.Xutoryanskiy Vatan himoyasi yo‗lida halok bo‗ldi. Etakchi trenerlar shu 
yillarda harbiy qo‗mitalarda ish olib borishdi. Biroq, hatto shu davrda ham 
ishlab turdi, musobaqalar o‗tkazildi, sport yutuqlarining o‗sib borishi bilan bir 
qatorda gimnastikachilarni o‗qitish uslubiyati va texnikasi ham taraqqiy etdi.
1935 yilda jismoniy madaniyat texnikumi ochilgan bo‗lib, unda Moskva 
instituti bitiruvchisi YAn Xalilovich Murtazin, shuningdek, Rashid Xamidov va 
Umar Asadovlar gimnastikadan saboq berdilar.
1936 yilda texnikum talabalari R.Xamidov va P.Zaviruxa respublika 
chempionlari unvoniga sazovor bo‗ldilar. 
Texnikum tarbiyalanuvchilari: Muxammadali Tojiev – dotsent, 1966-
1971 yillarda gimnastika kafedrasining mudiri; Georgiy Davidovich Jorjoladze – 
gimnastika kafedrasi mudiri; so‗ngra qishki sport turlari bo‗yicha bolalar sport 
maktabi direktori, jismoniy madaniyat institutida 1955 yildan 1973 yilgacha 
faoliyat ko‗rsatgan; Karim Jo‗raev – taniqli gimnastikachi, birinchiliklar 
sovrindori, o‗zzoq yillar davomida TKXIMI jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri; 
Rixsi Olimova-G‗ozieva, dotsent, JMI kafedra mudiri; YUriy Albertovich 
Isxoqov 1946-49 yillarda respublika terma jamoasi tarkibida suvga balandlikdan 
sakrash bo‗yicha sovrindor bo‗lgan, dotsent, ToshDU da jismoniy tarbiya 
kafedrasi mudiri, O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi Prezidenti bo‗lgan. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə