O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

TAJRIBALI MURABBIYLAR 
Sport gimnastikasini rivojiga xissa qo„shgan tajribali murabbiylar:
Vnuchkov V.V., Petuxov A.V., Arxangelskiy A.M., Pokrovskiy A.M., Petrov 
G.V., Indler G.V., Egorov YU.P., Popov YU.P., Isxakov YU.A., Surkin R.S., 
Melkumov B.V., Usikov V.I., Pak A., YUsupov B.M., Ibragimov T.S., Petrov 
YU.V., Neklyudov YU.M., Kurlyand V., Kotin N.V., Karimov T.S., Diomidov 
A.V., Kvetnoy S.X., Sarkisov R.G., Ermakov YU.Z., Bolshakov G.V., Aksenov 
V.F., Bondarenko Z.M., Kuznetsova Z.M. 
1955 yildan boshlab Toshkent Davlat jismoniy madaniyat oliygohida 
kafedra mudiri lavozimida Egorov YUriy Pavlovich, Malomet Venyamin 


85 
Aleksandrovich, 
Xorobrov 
Vasiliy 
Aleksandrovich, 
YUsupov 
Botir 
Muxamedovich, 
Jorjoladze 
Georgiy 
Davidovich, 
Berezin 
Aleksey 
Maksimovich, Tojiev Muxammadali Usmanovich, Niyozbekov Ulug‗bek 
Rustamovich, Lebedev Nikolay Ivanovich, Efimenko Aleksandr Ivanovich 
faoliyat ko‗rsatishgan. 
Sergey Diomidov va Elvira Saadi o‗z davrining erkin gimnastika 
yuldo‗zlari bo‗lgan. Sergey Viktorovich Diomidov sobiq SSSRda xizmat 
ko‗rsatgan sport ustasi, 60 yillarning eng yaxshi gimnastikachilaridan biri. 1965 
va 1969 yilda absolyut SSSR chempioni, xalqada bajariladigan mashqlar 
bo‗yicha 1968 yilgi SSSR chempioni, bruslarda bajariladigan mashqlar bo‗yicha 
1964, 1966, 1970 yilgi SSSR chempioni, turnikda bajariladigan mashqlar 
bo‗yicha 1970 yilgi SSSR chempioni.
Saadi Elvira Fuadovna (1952y. Toshkent) SSSRda xizmat ko‗rsatgan 
sport ustasi, Xalqlar do‗stligi ordneni (1976y.) bilan taqdirlangan. Jamoa 
birinchiligida 1972 yilda erkin mashqlar va xodada bajariladigan mashqlar 
bo‗yicha SSSR chempioni, xodada bajariladigan mashqlar bo‗yicha 1973 yilgi 
CCCR chempioni.
Kafedra o‗qituvchilari doimo o‗z kasbiy mahoratlarini oshirishga 
harakat qilishadi. Ular tomonidan darslik, maqolalar, uslubiy qo‗llanma, uslubiy 
tavsiyalar va ilmiy maqolalar nashr qilingan. Kafedra o‗qituvchilari va 
bitiruvchilari orasida fn doktori ilmiy darajasini ikki kishi Xankeldiev SH.X. va 
YUldashev X.K. professor ilmiy unvonini 3kishi – Xankeldiev SH.X., YUnusov 
T.T., YUldashev X.K., YUnusova YU.M. dotsent ilmiy unvonlarini 20dan ortiq 
kishi olishgan.
Gimnastika kafedrasi o‗qituvchilari bir necha yillar davomida sport 
gimnastikasi bo‗yicha respublika terma jamoasi a‘zolari faoliyatining pedogogik 
nazoratida ishtirok etadilar va texnik tayyorgarlikni yanada mustahkamlash 
borasida tavsiyalar berdilar. Gimnastikachilarni muntazam ko‗zatuv natijalari 
ilmiy to‗plamlarda nashr qilinadi va sportchilarni musobaqalarda muvaffaqiyatli 
ishtirok etishga o‗z hissasini qo‗shdi. 


86 
Gimnastika rivojlanib borgan sari sport bazalarini jihozlar bilan etarli 
darajada ta‘minlanishiga talab ortib bordi. Agarda hozirgi sport zallarni 50 
yillardagi sport zallari bilan taqqoslab ko‗rilsa, Respublikamizning eng sara 
gimnastikachilari qanday sharoitda shakllangan haqida tasavvurhosil qilish 
mumkin bo‗ladi. 
.Oxirgi 
yillarda 
A.Mansurov, 
R.Afzalov, 
E.Valeev, 
Oksana 
CHusovitina, Anton Fokin va Anastasiya Dzyundzyak kabi oliy toifadagi o‗zbek 
gimnastikachilari o‗z mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
O‗zbekiston tarixi rivojlanishining yangi bosqichda sport gimnastikasi 
namoyondalarining yangi nomlari paydo bo‗ladi deb umid qilamiz. YOsh 
sportchilarda yuksak natijalarga intilishni tarbiyalash maqsadida o‗rnak bo‗lishi 
uchun oliy toifadagi mohir gimnastikachilar faoliyatini o‗rganish joizdir. 
Gimnastikachilar 
mahorati 
to‗xtamasdan 
rivojlanishi 
uchun 
mutaxassislar 
sportchi 
tayyorganligining 
turli 
bosqichlarida 
taxsimda 
ko‗rsatilganidek o‗z rollarini taqsimlashlari lozim. Sportchi mahoratini oshirish 
maqsadida uni mashq qilish uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan jamoalarga 
jo‗natish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. CHunki mohir gimnastikachi va 
trenerlar bilan muloqotdabo‗lish, o‗tishuslubiyatining turlicha ushbu murakkab 
sport turi bilan shug‗ullanayotgan yosh sportchiga ijobiy ta‘sirlanadi. 
Jahon hamjamiyati rivojlanishining zamonoviy bosqichda sport 
mamlakat farovonligi va iqtisodiy taraqqiyotining ko‗rsatkichlaridan biri 
hisoblanadi. SHu bois, sportchilar yuqori davlat boshliqlari va keng jamoatchilik 
tomonidan qo‗llab quvvatlanmoqda. Zamonaviy aloqa vositalari va ayniqsa, 
televidenie yordamida kurramizdagi millionlab odamlar avval notanish bo‗lgan 
sport turlari bo‗yicha jahon sport maydonlarida o‗tkazilayotgan qizg‗in 
bellashuvlarning guvohlari bo‗lishmoqda. YUksak toifadagi sportchilarni izlash, 
saralash va ularni sport mahoratini mukammaltirish bilan shug‗ullanuvchi turli 
tashkiliy to‗zilmalar tashkil etilgan. 
SHunday tashkilotlardan biri Toshkentdagi Respublika Olimpiya 
rezervlari bilim yurti bo‗lib, u 1961yil noyabr oylarida tashkil etildi. Mazkur 


87 
bilim yurtisobiq Ittifoqdagi sport yo‗nalishidagi birinchi umumta‘lim maktab-
internati hisoblangan. Bilim yurti murabbiylari va talabalari O‗zbekiston sporti 
rivojiga katta hissa qo‗shib kelmoqdalar. 
G.Titov nomidagi Respublika sport yo‗nalishidagi umumta‘lim maktab-
internati (RSYOMI), hozirgi Respublika Olimpiya Zaxiralari kolledji bilim 
yurtining , sport gimnastikasi bo‗limi faoliyat ko‗rsatib kelayotgan davr isida 
ko‗plab yuqori toifdagi sportchilar tayyorlandi. Ular Olimpiya o‗yinlari, jahon 
chempionati, xalqaro va umumittifoq musobaqalarida O‗zbekiston sha‘nini 
muvaffaqiyat bilan ximoya qilishdi. 
Bular, eng avvalombor, xizmat ko‗rsatgan sport ustalari: Irina 
Baraksanova 1985 yil jahon chempioni 1986 yilgi «YAxshi niyat o‗yinlari» 
chempioni, Oksana CHusovtina Olimpiya o‗yinlari chempioni , Rozaliya 
Galieva Olimpiya o‗yinlari chempioni . 
Xalqaro toifadagi sport ustasi Olovuddin Otaxonov ko‗plab halqaro 
turnirlar, umumittifoq musobaqalari g‗olibi, jahon chempionati ishtirokchisi). 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə