O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIMNASTIKANING



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA GIMNASTIKANING 
RIVOJLANISHI 
Etakchi murabbiylar (trenerlar) va gimnastikachilar yangi sharoitlarda 
ham katta yutuqlarga erishmoqdalar. O‗zbekiston Respublikasi halqaro 
maydonga chiqdi. Bu hol o‗zbek sportchilariga jahon birinchiligida ishtirok etish 
imkonini berdi. Jumladan, O‗zbekistonlik gimnastikachilar Oksana CHusovitina 
va Roza Galieva sport gimnastikai bo‗yicha jahon birinchiligida ishtirok etib, 
jahon chempioni unvoniga sazovor bo‗ldilar. 
G.SHamray va E.Saadiy oltin an‘anasini ikkita ajoyib sportchi 
O.Chusovitina va R.Galieva davom ettirdilar. Ular 1992yilda Barselonada 
o‗tkazilgan Olimpiya o‗yinlarida sport gimnastikasi bo‗yicha chempionlik 
shohsupasini egalladilar. SHuningdek, O.Chusovitina astoyidil mashq qilishni 
davom ettirib, Atlantadagi Olimpiya o‗yinlarida qatnashish uchun litsenziya 
qo‗lga kiritdi. 1996 yilgi Olimpiya o‗yinlarida O.Chusovitina, A.Dzyundzyak va 


88 
E.Valievlar ishtirok etishdi. O.Chusovitina musobaqalarda ko‗pkurash finalida 
jahonning yo‗zta kuchli gimnastikachilari orasida 10 o‗rinni egalladi. U 
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan treneri S.M.Kuznetsova esa O‗zbekiston 
Respublikasining fahrli yorlig‗i bilan taqdirlanishdi. 
1994 yilda Xirosimada (Yaponiya) o‗tkazilgan Osiyo o‗yinlarida 
O.CHusovitina sakrash va bruslarda bajariladigan mashqlarda 2ta bronza 
medalni qo‗lga kiritdi. 
1998 yilda Bangkokda o‗tkazilgan musobaqalarda E.Gordeeva, 
A.Dzyundzyak, B.Boyatanova, S.Babaeva, C.Baxritdinova, O.CHusovitina kabi 
mahoratli gimnastikachi qizlar ishtirok etishdi. 
Bugungi kunda malakali murabbiylar: Sarkisov R.G. Sirkin R.S., 
Olushev A. Va boshqalar. 
Respublikamizdagi sport murabbiylari malakasini oshirish maqsadida 
1998yil sentyabrda Toshkentda O‗zbekiston milliy tashkiliy qo‗mitasi 
tomonidan halqaro toifadagi gimnastikachilarni tayyorlash mavzusiga 
bag‗ishlangan seminar o‗tkazildi. Unda O‗zbekiston MOK prezidenti S.Ro‗ziev, 
O‗zbekiston gimnastika federatsiyasining texnik qo‗mita raisi S.J. Kuznetsova 
va boshqalar ma‘ro‗za bilan chiqdilar. Seminar yakunida uning ishtirokchilariga 
XOK raisi Xuan Antonio Samaranch imzosi qo‗yilgan sertifikatlar topshirildi. 
Bundan 
tashqari 
gimnastikaning 
aktual 
masalalariga 
bag‗ishlangan 
konferensiyalar muntazam ravishda o‗tkazib turiladi. 
O‗zbekiston gimnastikachilari barcha halqaro musobaqalarda mustaqil 
ravishda ishtirok etishmoqda. Jumladan, ular Osiyo o‗yinlarida, Sidneyda 
o‗tkazilgan Olimpiya o‗yinlarida O.CHusovitina qatnashishdi. 
Shu tariqa O‗zbekiston gimnastikachilari halqaro musobaqalarda 
mustaqil ravishda ishtirok etish huquqiga ega bo‗ldilar. Bu esa katta ma‘suliyat 
hisoblanadi. 
1993 yilda O‗zbekiston Respublikasining mustaqilligi munosabati bilan 
sport gimnastikasi mustaqil federatsiya sifatida qayd etildi. Xuddi shu yili 
halqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) a‘zoligiga qabul qilindi. SHuni ta‘kidlab 


89 
o‗tish kerakki, Barselonadagi Olimpiya o‗yinlarida MDX terma jamoasi 
tarkibida O‗zbekistonlik 2ta gimnastikachi qiz ishtirok etib, mustaqil 
O‗zbekiston uchun dastlabki oltin medallarni qo‗lga kiritdilar. 
1993 yildan boshlab O‗zbekiston sport vakillari barcha halqaro 
musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqdalar. 
Jumladan, O.Chusovitina 1993 yilda jahon chempionatida, 1994 yilda 
«YAxshi niyat o‗yinlari»da va Osiyo o‗yinlarida bronza medallarini qo‗lga 
kiritdi. Hammasi bo‗lib, bu mohir sportchi 15 medalni qo‗lga kiritishga 
muvaffaq bo‗lgan. 1994 yilda respublikamiz gimnastika federatsiyasi Osiyo 
gimnastika assotsiatsiyasi a‘zo sifatida qabul qilindi. 
1995 yil respublika terma jamoasi Sabamdao‗tkazilgan jahon 
chempionatida birinchi bor ishtirok etib, 17 o‗rinni egalladi va Atlantada 
Olimpiya o‗yinlarida qatnashish uchun 3ta litsenziyani qo‗lga kiritdi. Hammasi 
bo‗lib, 1995 yilda turli musobaqalarda 10ta medal qo‗lga kiritildi. 
1996 yil sport gimnastikasining 3 vakili Atlantadagi Olimpiya o‗yinlarida 
ishtirok etishdi: O.Chusovitina 10 o‗rin, A.Dzyundzyak finalga chiqdi, I.Valiev 
– ishtirokchi. 
1997 yildan 2000 yilgacha bo‗lgan davr ichida terma jamoa – 1997 yilgi 
jahon chempionatida (3ta gimnastikachi qiz finalga chiqdi), Osiyo o‗yinlarida 
1ta kumush medal, Butun jahon o‗smirlar o‗yinida, 1999 yilda jahon 
chempionatida, Sidneydagi Olimpiya o‗yinlarida qatnashdi. SHu davr ichida 
turli qiymatdagi 16 medal qo‗lga kiritildi. 
1996 yildan boshlab federatsiya tomonidan III o‗smirlar razryadidan II 
kattalar razryadiga bo‗lgan majburiy dasturlar, klassifikatsion normativlar ishlab 
chiqildi va tatbiq etildi. Barcha halqaro qoidalariga muvofiq ravishda o‗tkazildi. 
Olimpiya qo‗mitasi bilan birgalikda murabbiylar seminari o‗tkazilib, unga 
halqaro ekspertlar taklif etildi va 35ta murabbiyga halqaro sertifikatlar 
topshirildi. 
Unda gimnastikachi O.CHusovitina, A.Dyundzyak, S.Baxriddinova 
halqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan beriladigan «Jahon toifadagi usta» 


90 
unvoniga, murabbiy S.M. Kuznetsova Jahon toifadagi trener» unvoniga sazovor 
bo‗lishdi.
1999 yilda O‗zbekiston gimnastikasi nufuzi tufayli «Olimpiya 
birdamligi» 50ming dollar qiymatidagi sport anjomlari to‗plamini hadya etdi. 
Bangkokda o‗tkazilgan Osiyo gimnastikasi uyushmasi kongressda 
(1988y.) O‗zbekiston federatsiyasining ikki vakili boshqaruv hay‘atiga, 
Kuznetsova S.M. ijroiya qo‗mitasiga, Jalnavakova L.D. ayollarning qo‗mitasi 
vise prezidenti etib saylandilar. 
O‗zbekiston jamoasi o‗z muxlislariga ega bo‗lib, ular sevimli 
gimnastikachilari faoliyatini ko‗zatib, internet tarmog‗i orqali fikr almashadilar, 
jumladan O‗zbekistonga tashrif buyurgan bir guruh muhlislar uchun 
mo‗ljallangan eng so‗nggi modeldagi bruslarni hadya etishdi. 
Federatsiya vakillari FIJ va Osiyo uyushmasi kongresslarida ishtirok 
etadilar. Barcha ishlar Respublika Davlat sport qo‗mitasi, MOK bilan 
hamkorlikda olib boriladi. Muntazam ravishda prezidium yig‗ilishlari o‗tkazilib, 
terma jamoalarni tasdiqlash masalalari, musobaqalarda sportchilar erishadigan 
natijalar ko‗rib chiqiladi, etakchi gimnastlarni halqaro turnirlarda qatnashish 
uchun mablag‗ ajratuvchi homiylar bilan ish olib boriladi. 
Halqaro qoidalarga muvofiq ravishda o‗tkaziladi. Olimpiya qo‗mitasi 
bilan birgalikda murabbiylar seminari o‗tkazilib, unga halqaro ekspertlar taklif 
etildi va 35ta murabbiyga halqaro sertifikatlar topshirildi. 
Unda gimnastikachi O.Chusovitina, A.Dzyundzyak, S.Baxriddinova 
halqaro gimnastika federatsiyasi tomonidan beriladigan «Jahon toifadagi usta» 
unvoniga, murabbiy S.M.Kuznetsova «Jahon toifadagi trener» unvoniga sazovor 
bo‗lishdi. 
1999 yilda O‗zbekiston gimnastikasi nufo‗zi tufayli «olimpiya 
birdamligi» 50ming dollar qiymatidagi sport anjomlari to‗plamini hadya etdi. 
Bangkokda o‗tkazilgan Osiyo gimnastikasi uyushmasi kongressda 
(1998yil) O‗zbekiston federatsiyasining ikki vakili boshqaruv hay‘atiga, 


91 
Kuznetsova S.M. ijroiya qo‗mitaasiga, Jalnavakova L.D. ayollarning qo‗mitasi 
vise prezidenti etib saylandilar. 
O‗zbekiston jamoasi o‗z muhlislariga ega bo‗lib, ular sevimli 
gimnastikachilari faoliyatini ko‗zatib, internet tarmog‗i orqali fikr almashdilar, 
jumladan O‗zbekistonga tashrif buyurgan bir guruh muhlislar uchun 
mo‗ljallangan eng so‗nggi modeldagi bruslarni hadya etishdi. 
Federatsiya vakillari FIJ va Osiyo kongresslarida ishtirok etadilar. 
Barcha ishlar Respublika Davlat sport qo‗mitasi MOK bilan hamkorlikda olib 
boriladi. Muntazam ravishda prezidium yig‗ilishlari o‗tkazilib, ularda terma 
jamoalarni tasdiqlash masalalari, musobaqalarda sportchilar erishadigan natijalar 
ko‗rib chiqiladi, etakchi gimnastlarni halqaro turnirlarda qatnashish uchun 
mablag‗ ajratuvchi homiylar bilan ish olib boriladi. 
SHu tariqa bugungi kunda Respublikamizda ommaviy sport harakatini 
rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Oktyabr inqilobigacha O‗zbekiston qoloq o‗lka bo‗lib, aholi orasida 
100ta kishidan 2tasigina savodli bo‗lgan, xolos. Jismoniy madaniyat va sport 
tushunchalari og‗ir yashash sharoitlar, qiyin mehnat, turli kasalliklardan qiynalib 
ketgan avom xalq uchun butunlay yod edi. Bugungi kunda esa O‗zbekistonda 
6mln.ga yaqin kishi jismoniy madaniyat bilan shug‗ullanadi. Respublikada 
40mingga yaqin stadionlar, sport maydonchalari va zallari, yuzlab zamonaviy 
o‗yingoxlar va basseynlar mavjud. 
Mahoratli gimnastikachilar O.CHusovitina, N.Dzyundzyak va trener 
Svetlana Mixaylovna Kuznetsova o‗zbek gimnastikasi maktabining boy 
an‘analarini davom ettirmoqdalar. Ulardan oldin esa V.Vnuchkov, G.V.Petrov, 
V.F.Aksenov, Z.M.Bondarenko, Kurlyand, R.K. Sarkisov kabi sportchilar 
O‗zbekistonda matonatli mehnat qildilar.
Bo‗lib o‗tgan musbaqalar orasida tarixiy va betakror ahamiyatga ega 
bo‗lgan anjumanlar bordir. Ularni yodga olish maqsadga muvofiq bo‗lar edi. 
CHunki bunda o‗zbek gimnastikasi maktabi erishgan yutuqlar o‗z aksini 
topgandir. 


92 
O‗zbekiston gimnastikasi tarixi zarvaraqlarida ushbu go‗zal sport turiga 
o‗z umrlarini bahshida etgan, hali ko‗plab ajoyib insonlar (trenerlar, sportchilar, 
tashkilotchilar)hayoti va faoliyati haqida hikoya qilish mumkin. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə