O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

GIMNASTIKA TURLARI 
Gimnastika mashqlari hamda shug‗ullanuvchilar ixtisosining xilma-
xilligini hisobga olib, turli pedagogik vazifalarni hal qilish uchun ulardan 
foydalanishda orttirilgan tajribalarni nazarda tutib, gimnastikani nisbatan 
mustaqil turlarga ajratish mumkin.
9
1-guruh – Gimnastikaning sog„lomlashtiruvchi turlari 
Bu guruh asosiy gimnastikani, gigienik gimnastikani, davolash 
gimnastikasi, korhona gimnastikasi o‗z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari 
shug‗ullanuvchilarning har yoqlama garmonik jismoniy kamolotga etkazish, 
salomatligini mustahkamlash va harakat funksiyalarini takomillashtirish 
maqsadida qo‗llaniladi.
GIGIENIK GIMNASTIKA
Vazifasi, vositalari, axamiyati 
Gigienik gimnastika, yuqorida aytilganidek, kishilarni sog‗lomlashtirish 
va jismoniy tarbiyalashning vositasi, shuningdek ularning kuchi, tetikligi va 
harakat faoliyatining bitmas-tuganmas manbaidir. Hozirgi davrda gimnastika 
sog‗ayishni tezlashtirish, kasallanishni oldini olish, tetiklik va kuch-g‗ayrat 
keltirishi, kishi sog‗ligini saqlab, uning umrini o‗zaytirishi isbot talab 
qilmaydigan haqiqat bo‗lib qoldi.
SHifokor nazorati ma‘lumotlari orqali aniqlanganki, kishi organizmi 
uchun gigienik gimnastika muxim axamiyatga ega. Gigienik gimnastika 
mashg‗ulotlari mauntazam o‗tkazilsa, uning ta‘sirida to‗qimalarda qon aylanish 
yaxshilanadi, arterial bosim pasayadi, yurak-qon tomir sistemasining faoliyati 
9
«Гимнастика» 
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 14-бет


98 
yaxshilanadi, o‗pkalarning nafas olish sig‗imi oshadi, modda almashinuvi 
yaxshilanadi, markaziy nerv sistemasi va nerv-muskul apparatining ruxiy 
xolatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi, uning tetikligini, o‗z kuchiga bo‗lgan ishonchini 
oshiradi 
va 
ruxlantiradi. 
Professor 
A.N.Krestovnikov, 
V.N.Mashkov, 
I.M.Sarkizov-Serazini va boshqalarning ma‘lumotlariga qaraganda gigienik 
gimnastika mashg‗ulotlari natijasida puls 50-60 ga tezlashadi, qonning 
maksimal bosimi 5-200 mm. Ko‗tariladi, yutilayotgan kislorod miqdori 10-30 
proc. Oshadi. Hozirgi zamon fiziologik nuqtai nazardan olganda, gigienik 
gimnastika butun organizmni tetiklashtiradi va charchoqni yo‗qotadi. 
Gigienik gimnastika yakka xolda va shuningdek guruh bo‗lib o‗tkaziladi. 
Bu gimnastika bilan faqat ertalab emas, balki kundo‗zi xam (ovqatlangandan1,5-
2 soatdan keyin) yoki kechqurun (uyqu oldidan 1,5-2 soat ilgari) shug‗ullanish 
mumkin. Bolalar, o‗smirlar va o‗rta yoshdagi kishilar radio orqali 
eshittiriladigan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini bajarishlari 
mumkin. Muntazam har xil sport turlari bilan shug‗ullanadigan kishilar uchun 
bu komplekslar nagro‗zka bo‗yicha kamlik qiladi. 
Bazi bir qoidalarni bilgan taqdirda, o‗z shaxsiy xususiyatlarini hisobga 
olgan xolda umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksini to‗zib olsa bo‗ladi. 
Komplekslarni to‗zishda quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim: 
1.
Mashqlar shug‗ullanuvchilarning yoshi va jismoniy tayyorgarligiga 
mos bo‗lish va bajariladigan kishilar uchun mansub bo‗lishi kerak. Qiyin mashq 
ko‗ngildagidek bajarilmaydi va ularning samarasi yuqori bo‗lmaydi. 
Gigienik gimnastika hayotga foydali odatlarni tadbiq qilishga 
yordamlashadi: xonani shamollatish, gigienik qoidalarga va kun tartibiga rioya 
qilish, badan tarbiyasi (suv muolajalarni). 
Odamning ish faoliyati uchun zarur bo‗lgan, organizmning passiv 
xolatidan (uyqudan) aktiv xolatga o‗tishga yordamlashadigan ertalabki gigienik 
gimnastika juda katta axamiyatga egadir. 
Uyqu paytida bosh miya qobig‗ining nerv xujayralari dam oladi va 
ularning ish qobiliyati tiklanadi. Uyg‗ongandan keyin esa xali tarqalmagan uyqu 


99 
ta‘sirida organizm ishga tez kirishib keta olmaydi, chunki aosiy sistema va 
organlarning funksiyasi sust xolatda bo‗ladi. Ertalabki gimnastika odamning 
butun organ va sitstemalarini ishga faol kirishishiga yordamlashadi. 
Faqat to‗g‗ri bajariladigan mashqlar (belgilangan me`yorda amplitudaga 
va muskullarning zo‗r berish harakteriga rioya qilish) shug‗ullanuvchilarning 
organizmga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Katta yoshdagi kishilar nafas to‗xtab turadigan, zo‗r keladigan, 
cho‗ziladigan, sakrash va tez egilib turadigan xolatlarni talab qiladigan 
mashqlarni bajarmasliklari lozim. Ular mashqlarning ta‘sir qilish darajasi va har 
bir mashg‗ulotda mashqlar nagro‗zkasi me‘yori to‗g‗risida vrachdan muntazam 
maslaxat olib turishlari kerak, jismoniy tarbiya mutaxassislaridan esa 
mashqlarning harakteri, ularning xususiyat va qo‗llanish metodikasi to‗g‗risida 
maslaxat olishlari darkor. 
2.
Tanlab olingan mashqlar shug‗ullanuvchilarga har tomonlama ta‘sir 
ko‗rsatishi kerak. Ularning tananing turli qismlari bilan har xil yo‗nalishda, 
tezligi va muskul zo‗riqishini o‗zgartirib bajarish kerak. 
3.
Kompleksga to‗g‗ri qomad xolatini his qilish uchun, shuningdek har xil 
nafas olish turlari (ko‗krak, diafragma, aralash nafas olish,) uchun maxsus 
mashqlar kiritish zarur.
4.
Kompleksga shug‗ullanuvchilarning tayyorgarligi va uni bajarish 
vaqtiga qarab 8 tadan 15 tagacha mashq kiritiladi. Ertalabki gigienik gimnastika 
8-10 mashqdan iborat bo‗ladi. Kundo‗z kuni bajariladigan gigienik gimnastika 
esa 10-15 ta mashqdan iborat bo‗ladi. Gigienik gimnastika bilan shug‘ullanishni 
endigina boshlaganlar uchun mashqlar miqdori oz bo‗lgani maqul. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə