O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Korxonadagi gimnastikaning vazifasi va vositalari



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Korxonadagi gimnastikaning vazifasi va vositalari. 
Ishlab chiqarish gimnastikasi bevosita sexda, bo‗limlarda, labaratoriya va 
boshqa joylarda smena oldidan yoki ish kuni davomida maxsus tanaffuslarda 
o‗tkaziladi. Uni o‗tkazish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
1)
Kishini ishlab chiqarish faoliyatiga kirishishiga ko‗maklashadi. 
2)
Organizmning bir maromdagi ish qobiliyati oshiriladi va mehnat 
jarayonidagi dam olish imkoniyati yaratiladi. 
3)
Mehnatkashlarning sog‗ligi va ularning jismoniy rivojlanishi 
yaxshilanadai. 
4)
Kollektivizm, uyushqoqlik va intizomlilik sifatlarini tarbiyalashga 
yordam beradi. 
5)
Mehnatkashlarni sog‗lomlashtirish tadbirlari va o‗zlariga mos. 
6)
Kompleksda turli muskul guruhlari mashqlarni navbatma- navbat 
almashtirib borishi kerak. 


103 
Qo‗llanilgan umumlashtiruvchi mashqlarni ularning harakteri va asosiy 
ta‘sirqilish jixatlariga qarab quyidagi besh guruhlarga: 
A) Bajarganda eng ko‗p muskul guruhlari qatnashadigan, umumiy 
ta‘sirko‗rsatuvchi mashqlar (yurish, yugurish, sakrash va boshqalar)ga. 
B) Gavda bir xil xolatda o‗zoq saqlanganda kam harakatli o‗tiroq 
ishlarda cho‗zilish, kerishish va chuqur nafas olishga tabiiy extiyoj sezilgandagi 
cho‗zilish mashqlariga. 
V) Gavdaning yirik muskul guruhlarini rivojlantiruvchi mashqlar 
(egilishlar, burilishlar va aylanma harakatlar)ga. 
G) Gavda harakatlari qo‗l va oyoq harakatlari o‗tirib turishlar, burilishlar 
va xokazolar bilan uyg‗unlikda bajariladigan aralash mashqlarga. 
D) 
Harakatlarni 
boshqarishni 
yaxshilashga 
ko‗maklashadigan 
mashqlarga (kossimetrlik harakatining yig‗indisi) bo‗linadi. 
Keyingi paytlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar asosida 
gimnastikani turli kasb vakillarini mehnat rejimiga kiritish, uning mazmuni va 
harakat faoliyatining xususiyatlarini xilligi. 
O‗z tabiatiga ko‗ra o‗xshash ixtisoslar quyidagi 4 guruhga jamlangan: 
1 guruh – nerv zo‗r berish, jismoniy nagro‗zkaning ozligi, ish harakatlari 
bir xil bo‗lgan kasblar, mayda mexanizm yig‗uvchilar, elektr chirog‗i 
yig‗uvchilar, perfaratorchi ayollar, tikuvchilar, konveerda, Masalan: soatsozlik 
zavodlari, poyafzal fabrika ishchilari. 
2 guruh – jismoniy va aqliy mehnat birga ishtirok etadigan har xil 
harakatlar bajariladigan o‗rtacha nagro‗zkali ish turlari (tokarlar, frezerchilar, 
randalovchilar, motor yig‗uvchilar). 
3 guruh – katta jismoniy zo‗r berishni talab etadigan turli kasblar 
(qolipchilar, prokatchilar, shaxtachilar, qurilish ishchilari.)
4 guruh – doimiy akliy zarur berishni talab etadigan asblar (xisobchi 
xodimlar, dispecherlar,shifokorlar, injinerlar). 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə