O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

2.Umumrivojlantiruvchi
 
mashqlar
– ko‗proq ayrim bo‗g‗in, qismlarida 
bajariladigan, ya‘ni har yoqlama jismoniy tayyorgarlik uchun, organizmning 
fukncional imkoniyatlarini kengaytirish va adl qomatni tarbiyalash uchun 
qo‗llaniladigan mashqlardir. Ular ayrim muskul guruhlariga, tana a‘zolariga 
alohida, shuningdek, butun harakatlantiruvchi apparatga umumiy ta‘sir 
ko‗rsatadi, xilma-xil ko‗nikmalarni o‗zlashtirish jarayonini engillashtiradi. 
Umumrivojlantiruvchi mashqlar kishiga shunday dastlabki elementar ko‗nikma 
va malakalarni egallab olish imkonini beradiki, ulardan kishi keyinchalik o‗z 
harakatlantiruvchi qobiliyatlarini takomillashtirish maqsadida har qanday 
murakkablikka ega bo‗lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni tashkil qilishda 
foydalanadi. 
3. Erkin mashqlar 

tana ayrim a‘zolari bilan qiligadigan turli 
harakatlarni, shuningdek, akrobatik va xoreografik mashqlarni birga qo‗shib 
bajarishdir. Ular (birga ko‗shib bajarilishlarni, davomiyligini sekin-asta 
marakkablashtira borish yo‗li bilan) belgilangan talabalarga binoan uzluksiz 
kompozitsiya tarzida to‗ziladi. Ulardan asosiy maqsad – koordinatsion 
qobiliyatni takomillashtirish, ritm va harakat go‗zalligi hissini tarbiyalashdir. 
Ular harakat uslubini shakllantirishning samarali vositasi hisoblanadi. Erkin 
mashqlar buyumlarsiz (sport gimnastikasida) va qo‗lga turli buyumlar olib 
(o‗quv maqsadlarida badiiy gimnastikada va gimnastikachilarning ommaviy 
chiqishlarida) ijro etiladi. Erkin mashqlarining kompleks harakterda ekanligi, 
ayniqsa ular ko‗p martalab takrorlanganda; ulardan kishi organizmi funksional 
imkoniyatlarini, ya‘ni ishga yaroqliligi-qobiliyati va tayyorgarligini oshirish 
maqsadida ham foydalanish imkonini beradi. 
4. Amaliy mashqlar
 
– yurish, yugurish, uloqtirish, tirmashib chiqish, 
oshib o‗tish, emaklab o‗tish, muvozanat saqlash, to‗siqlardan oshib o‗tish va h.k. 
SHug‗ullanuvchilar ular yordamida hayotiy zarur ko‗nikma va malakalarni 
egallaydilar, ularni xilma-xil sharoitda qo‗llanishni o‗rganadilar. 


107 
5.Sakrash
(tayanmay va tayanib) sakrovchanlikni rivojlantirish, 
shuningdek, oyoq va qo‗llarning kuchini, harakat tezligi va aniqligini, 
chaqqonlik 
va 
dadillikni 
rivojlantirish 
uchun 
qo‗llaniladi. Sakrash 
shug‗ullanuvchilar organizmining funksional holatini yaxshilabgina qolmay, 
balki organizmga umumiy ta‘sirham ko‗rsatadi. Sakrash ijro etilayotganda 
muskullar ishidagi «portlovchan»lik tipik bir holdir. 
6.Asboblarda
(ot, halqalar, bruslar, turnik, yakkacho‗pda va boshqalarda) 
bajariladigan mashqlar – sport gimnastikasining eng harakterli vositalaridir. 
Ulardan ko‗zda tutilgan asosiy maqsad – gavda va harakatlarni boshqarish 
malakasini 
takomillashtirishdir. 
Bundan 
tashqari, 
bu 
mashqlar 
shug‗ullanuvchilarni jismoniy tayyorlash uchun ham qo‗llaniladi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə