O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 


118 
NAZORAT SAVOLLAR: 
1.O‗zbekiston mustaqillikdan avvalgi gimnastikaning rivojlanishi. 
2.1918-1948 yillarda gimnastikaning ravnaq topishi. 
3.1949-1990 yillarda gimnastikachilar erishgan yutuqlar. 
4.O‗zbekiston Respublikasida gimnastikaning rivojlanishi. 
5.Gimnastikaga ta‘rif bering. 
6.Gimnastikaning sog‗lomlashtiruvchi turlariga ta‘rif bering. 
7.Asosiy gimnastikaga ta‘rif bering. 
8.Xotin-qizlar gimnastikasiga tavsif. 
9. Gimnastika ko‗pkurash turlarini rivojlantirish tendensiyalari. 
10.Gimnastikaning asosiy vositalari. 
 
 


119 
III BOB. GIMNASTIKA MASHQLARI ATAMALARI 
 
Tayanch iboralar: 
atama, umumiy atamalar, asosiy atamalar, 
qo‘shimcha atamalar, umumlashtirilgan yozuv, aniq atama yozuv, qisqa yozuv, 
grafik yozuv
 
 
ATAMANING AHAMIYATI 
Ko‗p bilim sohalarida, turli ishlab chiqarish, harakat faoliyatlarida 
buyum xodisa, tushuncha, jarayonlarini qisqacha ifodalash maqsadida maxsus 
atamalardan foydalaniladi.
10
Jismoniy tarbiyada, jumladan behad ko‗p mashqlar qo‗llaniladigan 
gimnastikada, terminologiya juda muhim rol o‗ynaydi. 
Atama mashg‗ulotlar vaqtida o‗quvchilar bilan o‗qtuvchilarning o‗zaro 
munosabatlarini engillashtirish, ginastikaga oid adabiyot nashr qilishda 
gimnastika mashqlari ta‘rifini soddalashtirishda yordam beradi. Gimnastika 
atamalari gimnastikadan boshqa mashg‗ulotlarda ham keng qo‗llaniladi. 
Gimnastika mashqlarning aniq nomini bilmasdan turib uni o‗rganish 
qiyin. SHu sababli ularni o‗rganish jarayonida terminologiyaning ahamiyati 
ayniqsa, 
kattadir. 
Qisqacha 
termin-so‗zlar 
harakat 
ko‗nikmalarini 
shakllantirishga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, ular 
mashqni bajarish uchun o‗zini tayyorlashga yordam beradi, o‗quv jarayonini esa 
yanada ixcham va maqsadga muvofiq qiladi. 
Gimnastika atamasi - bu gimnastika mashqlari, umumiy tushunchalari
snaryadlar, inventarlarning nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo‗llaniladigan 
maxsus nomlar (terminlar) tizimi, shuningdek terminlar, shartli (belgilab 
qo‗yilgan) qisqartirishlarning, mashqlarni yozish shakllarining to‗zilishi hamda 
ishlatilish qoidalaridir. 
10
«Гимнастика»
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 52-бет


120 
Atama leksikasining bo‗limi sifatida shu fanning mazmuni, nazariyasi va 
amaliyoti bilan yaqindan bog‗liqdir. 
Gimnastikada termin deganda, biron harakatlantiruvchi faoliyat yoki 
tushunchaning qisqacha shartli nomi tushuniladi. 
Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika terminologiyasi ham jismoniy 
tarbiya taraqqiyoti bilan bir qatorda takomillasha bordi chunki, amaliyot va 
fanda nimaiki yangilik paydo bo‗lsa, u tilda muqarrar aks etib, uni boyita boradi. 
Vatanimizda gimnastika atamasi 1938 yilda joriy etilgan bo‗lib, rus 
adabiy tili lug‗at fondi asosida qurilgan edi. SHuning uchun u gimnastika bilan 
shug‗ullanuvchilarning turli kontengentlariga anchagina tushunarli va yaqin
shuningdek sobiq halqlarning boshqa tillarga to‗g‗ri (mashqlar mazmuniga 
qarab) tarjima qilish imkonini beradi. YAngi terminologiyaning afzalligi avvalo, 
shundan iboratki, terminlar to‗zish va ularni qo‗llashga ilgaridan boshqacha 
yondoshilardi. Mualliflar terminlar to‗zish sistemasini har bir harakatining eng 
harakterli xususiyatlarini ko‗rsatish bilangina cheklanib, ayni vaqtda shu 
harakatni aniq va qisqa ta‘riflash imkonini beradigan qilib belgiladilar. 
Gimnastikaning rivojlana borishi, nazariya va amaliyotda erishilgan 
yangi-yangi yutuqlar gimnastika terminologiyasini yanada takomillashtirishni 
taqozo qiladi. 
Gimnastika bo‗yicha 1962-1963 yillardagi konferentsiyalari ham shu 
masalaga bag‗ishlangan edi. 
Jismoniy tarbiya inistitutlari, ayniqsa Moskva, Leningrad va Kiev 
jismoniy tarbiya institutlari gimnastika kafedralarining o‗qituvchilari 
gimnastika terminologiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‗shdilar.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə