O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


ATAMALARNI QO„LLASH QOIDALARI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

ATAMALARNI QO„LLASH QOIDALARI 
Gimnastika atamalari shug‗ullanuvchilarning malakasi hisobga olingan 
holda qo‗llanilishi kerak. Masalan, ishlab chiqarish gimnastikasi, ertalabki 
gigienik gimnastika va boshqa sog‗lomlashtirish gimnastikasi shakllarini 
o‗tkazishda 
umumrivojlantiruvchi 
mashqlarning 
asosiy 
atamalaridan 
foydalanibgina qolmay ular xalq so‗zlashuv adabiy tilidagi so‗zlar bilan to‗ldirib 
boriladi. 
Gimnastikaning sport turlari bilan shug‗ullana boshlaganlar mashqlarni 
o‗rganish bilan bir vaqtda atamani ham bilib borishlari zarur. 
YAxshi 
tayyorgarlik 
ko‗rgan gimnastikachilar va akrobatlar, 
o‗qituvchilar, trenerlar uchun atama alohida bir maxsus til bo‗lib qoladi. 
Hamma atama so‗zlarni quyidagicha guruhlarga bo‗lib chiqqan ma‘qo‗l: 
1.
 
Umumiy atamalar.
Bular mashqlarning alohidagi guruhlar, umumiy 
tushunchalarni va hokazolarni ta‘riflash uchun qo‗llaniladi. Masalan, saf 
mashqlari, erkin mashqlar va boshqalar. 
2.
 
Asosiy (konkret) atamalar.
Bular mashqlarning mazmun belgilarini 
aniq ta‘riflash imkonini beradi. Masalan, ko‗tarilish, pastga tashlanish, aylanish, 
burilish, osilish, tayanish, sakrab tushish, engashish, tashlanish va boshqalar. 


123 
3.
 
Qo„shimcha atamalar.
Bular asosiy atama so‗zlarga aniqlik kiritadi va 
harakat yo‗nalishini ijro etish usuli, tayanish sharti va hokazolarni ko‗rsatib 
beradi. Masalan, qaddini rostlab, yoysimon, to‗ntarilib va boshqalar. Mashqning 
nomi, odatda, uning mohiyatini ifoda etadigan asosiy atamadan va harakatni
uning izchilligini aniqlab beradigan qo‗shimcha termindan iborat bo‗ladi. 
Zarurat bo‗lganda, ijro harakterini ta‘kidlaydigan uqtirish so‗zlari ishlatiladi 
(masalan, qo‗l keskin, bo‗shashtirib, mayin harakatlantiriladi va hokazo). 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə