O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


ATAMAGA QO„YILADIGAN TALABLAR



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

ATAMAGA QO„YILADIGAN TALABLAR 
Atama o‗z ma‘nosining aniqligi va ixtisoslashganligi bilan odatdagi 
leksik so‗zlardan farq qiladi. So‗zlar terminga aylangach, zarur bo‗lgan bir 
ma‘nonigina anglatadi (kirish, engashish, tashlanish, ko‗prik, pastga tashlanish, 
osilish, tayanish va hokazolar). Bunda terminlar biron tushunchani, harakatni 


121 
bildiribgina qolmay, balki uni turdosh tushuncha, harakatlardan ajratib, aniqlab 
beradi.
11
Atamaga ma‘lum talablar qo‗yiladi: 
1.
 
Tushunarlilik.
Ona tili lug‗at tarkibi va boshqa tillardan olingan 
so‗zlar, shuningdek, internatsional termin - so‗zlar asosida qurilgan bo‗lib, 
mazkur halq tilidagi va so‗z yasash va grammatika qoidalariga to‗la mos bo‗ladi. 
SHundagina atama so‗zlar tushunarli, hayotiy va barqaror bo‗ladi. Ona tili 
qoidalarini bo‗zilishi atamalarning tushunarli bo‗lmay qolishiga olib keladi. 
2.
 
Aniqlik.
Atama ta‘riflanayotgan harakat (mashq) yoki tushunchaning 
mohiyati haqida ochiq oydin tasavvur beradigan bo‗lishi kerak. Atamaning 
aniqligi mashq haqida to‗g‗ri tasavvur hosil qilish uchun katta ahamiyatga 
molik bo‗lib u mashqni tezroq o‗rganib olishda yordam beradi.
3.
 
Qisqalik.
Atamalar qisqa, talaffo‗z etishga qo‗lay bo‗lgani ma‘qo‗l. 
Mashqlarga nom berish va ularni yozishni engillashtiradigan qisqartiruv 
qoidalari ham shunga xizmat qilishi darkor.
GIMNASTIKA ATAMALARIGA OID QOIDALARI 
ATAMALAR YASASH USULLARI 
Atama yasashning eng ko‗p tarqalgan usuli – mavjud so‗zlarga yangi 
ma‘no berish (ularni boshqacha tushunish). Masalan, ko‗prik, kirish, o‗tish, 
chiqish kabi so‗zlar gimnastikada ana shunday atamalardan hisoblanadi.
12
Ko‗pincha atama so‗zlarning, masalan, baland-past (qo‗shpoya), 
balandlab-o‗zoqqa (sakrash) singari o‗zaro birikishidan ham yasaladi. 
Osilish, tayanish, tebranish, o‗tirish va shu kabi ayrim so‗zlar atama 
sifatida qo‗llaniladi. 
Statik holatlarni bildiradigan atama masalan, tayanish, bilaklarga 
tayanish, qo‗llarga tayanish, kuraklarda turish, boshda turish, qo‗llarda turish, 
kabilarda tayanch sharti hisobga olinadi, osilish, burchakli osilish, bukilib 
11
«Гимнастика»
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 71-бет


122 
osilish, egilib osilish, singarilarda esa gavda holati (uning bo‗g‗inlarini bir biriga 
nisbatan qanday turishini) hisobga olib yasaladi. 
Tebranish mashqlarining atamalar muayyan harakatlantiruvchi faoliyat 
xususiyatlarini hisobga olib yasaladi. Masalan: bilaklarga turib oldinga siltanib 
ko‗tarilish, qaddini rostlab siltanib ko‗tarilish, oyoqni juftlab yoki bitta oyoqda, 
ko‗tarilish va hokazo. 
Sakrash va sakrab tushish atamalari sport gimnastikasida gavdaning 
havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan: oyoqlarni yig‗ib sakrash, 
oyoqlarni kerib sakrash, to‗ntarilish; badiiy gimnastikada gavda bilan oyoqlar 
holatiga qarab belgilanadi: yopiq sakrash, ochiq sakrash, hatlab sakrash, 
sapchish, tayanib o‗mbaloq oshish, tashlanib sakrash, siltanib sakrash, chir 
aylanib sakrash va hokazolar. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə