O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Tayanib sakrash
gimnastika ko‗pkurashining teng xuquqli turi bo‗lib, u 
qisqa vaqt ichida otdan qo‗l bilan tayanish orqali bajariladi. 50-60 yillarda eng 
ko‗p tarqalgan sakrash turlari ya‘ni oddiy raznojek, oldinga kerilib to‗ntarilish, 
yon bilan to‗ntarilish shu bilan birga bukilib-razgibayas‘ to‗ntarilish. 
Keyinchalik sport snaryadining takomillashishi bilan elastik ko‗prikni 
kiritish, turli burilishlar (piruet) va ayniqsa murakkab aylanishlar (sal‘to) paydo 
bo‗lishiga imkon berdi. 
Ko‗pincha, tayanib sakrashni rivojlantirishda yangi sakrash tendensiya 
kuzatiladi, lekin buning uchun yangi sakrovchan gimnastni yaratish lozim 
bo‗ldi. Hammasi o‗zgardi: o‗zunlik, yugurish tezligi va texnikasi, qo‗l bilan 
itarilish texnikasi, qo‗nish sharti. 
Qo„shpoya
– gimnastikachilarga ko‗pgina ko‗tarilishlar, aylanishlar, 
to‗ntarilishlarva sal‘to bajarishga yordam beruvchi, gimnastika ko‗pkurashining 
eng mukammal konstruktsiyasidan biri. Gimnastikaning barcha turi singari 
qo‗shpoyada ham harakatni rivojlantirish harakat energiyasini etishmasligini 
engish uchun ko‗pincha katta siltanish texnikasini doimiy takomillashtirishga 
bog‗liq bo‗lar edi. 
Poya osti va ustida maksimal amplitudada elementlarni bajarish, 
turganda gimnastikachining tana holati to‗g‗riligi, xamma mashqlarga dinamik 
harakterni berish – bu qo‗shpoyada mashq bajarishning zamonaviy usuli. 


116 
Zamonaviy baland-past qo‗shpoya – bu o‗ziga xos ikkitalik turnik. Bu 
snaryadda kombinatsiya bajarishda aniq ifodali dinamikaga erishilgan. Bunda 
eng harakaterli harakatlardan biri uchib o‗tishlar. 
Bu turdagi texikani rivojlantirish bo‗yicha qilingan xattoki bir lahzali 
tahlillar ham baland past qo‗shpoyadagi mashqlar xaqiqatan cheksiz ekanligiga 
guvohlik beradi. Katta aylanish, Tkacheva uchishi va Del‘cheva sal‘tolarining 
turlanishi hisobiga mashqlar kompozitsiyasida muhim o‗zgarishlar bo‗ldi. SHu 
bilan birga oyoqlarni kerib (SHtalder) va tik turib 360 ° va undan ortiqda 
burilish bilan siltanib (peremax) orqaga aylanish taqdim qilindi.
Osilishdan sal‘toli harakat katta aylanishlar bilan birga tezda taraqqiy 
etdi. Hozirgi paytda gimnastikachilar bukilib ikki martalik sal‘toda qo‗rqmasdan 
chiqishmoqda.
SHunday qilib, energiya hosil qiluvchi harakatlar texnikasini mutlaqo 
egallash qo‗shpoyada gimnastikachining texnik tayyorgarligi bo‗yicha birinchi 
darajali ahamiyatga egadir. 
Turnik
– gimnastika ko‗pkurashining eng samarali turlaridan biridir. U 
yangi element va birikmalarni ijro etish texnikasi talqin qilishda boshqalarga 
qaraganda ko‗proq, model snaryad hisoblanadi. Uchish gimnastikasining 
ochilishidagi g‗alaba chambari aynan unga tegishlidir va natijada eng kuchli 
gimnastikachilar yuksak mahoratga erishdilar. Gimnastika tomoshabinlar 
uchun ancha qiziqarli va jozibali bo‗lib qoldi. Uchish fazasi bilan ifodalanadigan 
element va birikmalar eng qiyin, ba‘zida xavflidir. Tavakkal qilish (risk) 
elementlari ancha o‗sdi. Xalqaro musobaqa qoidalari qiyinlashdi, mashqlarni 
qiyinchiligiga qo‗yilgan talab oshdi, lekin u erda yozilganki, mashqning 
qiyinligi ijro etish sifatiga ta‘sir etmasligi kerak.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə