O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


GIMNASTIKA KO„PKURASHI TURLARINI RIVOJLANTIRISH



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
GIMNASTIKA KO„PKURASHI TURLARINI RIVOJLANTIRISH
TENDENSIYALARINI ANIQLOVCHI ASOSIY OMILLAR 
Sport gimnastikasi katta sportni rivojlanish qonunlari va tendensiyasiga 
muvofiq rivojlanadi, lekin o‗ziga xos xususiyatlariga ega. Dunyo sportini 
rivojlanish tendensiya tahlili quyidagi tizimlarga ajratishga yordam beradi: 
-
Sportda mashxurlik va nufo‗zga erishishni oshirish; 
-
Sport-texnik natijalarni o‗sishi; 
-
YUqori sport tituli uchun kurashning keskinlashishi. 
Hozirgi paytda sport gimnastikasi mashqlarning murakkabliligi, 
kompozitsiyalarni takomillashtirish va ijrochichilik mahorati xususiyatlari 
darajasi bo‗yicha yangi darajaga ko‗tarildi. Kuchli gimnastikachilarning 
mashqlari yuksak mahorat bilan ijro etilmoqda, gimnastika tomoshabinlar uchun 
ancha qiziqarli va jozibador bo‗lib qoldi. 
Gimnastika elementlar va birikmalarning murakkabligi yo‗nalishi 
bo‗yicha siljishi kerak, lekin bu vazifa kuch, tezkor-kuch tayyorgarligi hisobiga 
hal qilinsa, ancha qiyinlashadi. SHuning uchun gimnastika snaryadlarida 
mashqlarni o‗rgatish uslublarini takomillashtirish hisobiga gimnastikachiga 
yordam berish usullarini topish kerak. 
Erkin mashqlar:
 
sport gimnastikasida muhim o‗rinni egallaydi. Hech 
ikkilanmay aytish mumkinki, gimnastika mashqlari qonunlari aynan ular orqali 
anglay boshlanadi. 
Mashqlarning eng muhim harakateristikasi uning kompozitsiyasi va 
qiyinchiligi hisoblanadi. Bu xuddi erkin dasturni rivojlanishini boshqaruvchi
ikki dastakdek.akrobatik mashqlar erkin mashqlarning asosini tashkil qiladi. 


113 
Ikki va uch akrobatik elementlarni qisqa birikmasi ―kichik‖ akrobatika 
arsenalini tashkil etadi. ―Katta‖ akrobatika elementlari ko‗proq atletik 
harakaterdagi elementlarni o‗z ichiga oladi. Masalan, rondat-flyak-orqaga templi 
sal‘to-orqaga kerishib ikki marta sal‘to. 
YAqindagina erkaklarning imtiyozi sanalganikki martalik sal‘toga 
o‗xshash akrobatik sakrashlar ayollarni tomonidan ham puxta egallangan, a uch 
bosqichniegallash bo‗yicha ayollar erkaklardan kuchliroqdir. 
Mazkur holatda akrobatika, xoreografiya, musiqa jo‗rligini tanlash 
kompozitsiyaga, akrobatik elementlar va birikmalarni ijro etish sifati, 
harakatning ifodaliligi, artistizm esa ijro mahoratiga bog‗liq bo‗ladi. 
Erkin mashqlarda gimnastikachilar faqatgina qiyinchilik guruhidagi
(A,B,S,D,E va super e guruh elementlari) mavjud element va birikmalar 
hisobiga 
rag‗batlantiruvchi ballar olishi mumkin. SHunday qilib, 
rag‗batlantiruvchi ballar qachonki juda qiyin sharoitda bu element va birikmalar 
texnik tomondan to‗g‗ri bajarilsagina beriladi. 
YUksak mahorat – bu kombinatsiyani yaxlitligicha zamonaviy texnik 
darajada bajarishni harakaterlaydigan, yuqori baho bilan tasdiqlanuvchi, 
artistizm, individual manera va ijro usuli bilan birga olib boriladigan omildir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə