O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


O„ZBEKISTONDA MUSTAQILLIKDAN AVVALGI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

O„ZBEKISTONDA MUSTAQILLIKDAN AVVALGI 
GIMNASTIKANING RIVOJLANISHI 
1880 yilda maxsus hay‘at Turkiston o‗lkasida Cherkov qoshidagi to‗rt 
yillik bilim yurtlari uchun dastur ishlab chiqdi. Bu dasturga muvofiq rus tili, 
arifmetika, geografiya, chevarlikni o‗rganish darslari va gimnastika 


75 
mashg‗ulotlarini o‗tkazish nazarda tutilgan edi. Biroq bu dastur ham bir necha 
yildan so‗ng uch yillik o‗quv jarayoniga mo‗ljallangan dastur bilan almashtirildi.
YAngi dasturdan gimnastika darslari olib tashlandi.
7
Urushdan avvalgi yillarda gimnastika boshlang‗ich bilim yurtlarida 
o‗rgatilar edi. Ammo mutaxassislarning etishmasligi, xonalar va jihozlarning 
yo`qligi sababli Mashg‗ulotlar mukammal darajada o‗tmas edi.
Faqatgina 
Toshkentdagi 
erkaklar 
gimnaziyasida 
gimnastika 
mashg‗ulotlari muntazam ravishda o‗tkazilar edi. Gimnaziya faoliyati 
to‗g‗risidagi yillik hisobotlarda doimo quyidagi jumla qayd etilar edi: 
o‗quvchilar qish mavsumida gimnastika bilan sinf xonalaridan birida, yozda esa 
gimnastika jihozlari bilan jihozlangan bog‗da shug‗ullanishadi. Toshkent 
gimnaziyasi talabasi P.S.Grameniskiy xikoya qilishicha gimnastika darslari 
zerikarli o‗tar edi. Jihozlar yo‗q edi. Odatda mashg‗ulot ixtiyoriy mashqlar, 
piramidalar, marsh qilish mashqlaridan iborat bo‗lar edi. Gimnastika darslari 
mashg‗ulot o‗tkazishga yaxshi moslashtirilmagan majlislar zalida o‗tkazilardi. 
Farg‗ona gimnaziyasining sobiq talabasi G.M. Bernatskiyning guvohlik 
berishicha bu erda gimnastika darslari goh-gohida o‗tkazilardi; darslar 
mundarijasi esa butkul o‗qituvchining tayyorgarligiga bog‗liq bo‗lgan. Masalan, 
1915-1916 o‗quv yillarida Farg‗ona gimnaziyasida chalasavod fedfebel dars 
bergan va uning mashg‗ulotlari safdagi xizmat ustavidan olingan mashqlardan 
iborat bo‗lgan. 
Biroq shuni yodda tutish kerakki, gimnaziyalar imtiyozli bilim yurtlari 
bo‗lib, o‗quv haqi yiliga 40 rubldan tashkil etgan. Tabiiyki, mehnatkashlarning 
farzandlari bunday maktablarda o‗qiy olmasdilar. Toshkent gimnaziyasida 80 
foiz talabalar dvoryanlar va boy amaldorlarning bolalari edi. Qolganlari esa 
ruxoniylar, savdogarlar, fabrikantlarning farzandlari bo‗lgan. 
Mahalliy millat vakillaridan bo‗lgan talabalar foizi juda kichik edi – 0.5-
1.6%. 
7
«Гимнастика»
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 32-бет


76 
«Gimnastika va jismoniy mashqlar shinavandalari jamiyati»ning 
Nizomida (1904 yilda Toshkentda to‗zilgan) qayd etilishiga o‗quv 
uassasalarining talabalari jamiyatga a‘zo bo‗lishlari mumkin bo‗lmagan. 
O‗sha davrda yagona pedagogika bilim yurti bo‗lib Turkiston 
o‗qituvchilar seminariyasi (1978 yilda Toshkentda ochilgan) xisoblangan. 
Seminariya Turkiston o‗lkasida rus va rus-tuzem maktablari uchun 
o‗qituvchilarni etkazib berardi. Bu o‗qituvchilar jismoniy tarbiya to‗g‗risida eng 
sodda 
tasavvurlarga 
ega 
edilar. 
Gimnastika 
bo‗yicha 
o‗quv 
rejasidako‗rsatilgandek, «Tarbiyalanuvchilarning gimnastik mashqlari – saf 
mashqlari, erkin harakatlar, gimnastika o‗yinlari va gimnastik jihozlar bilan 
bajariladigan mashqlardan iborat edi». 
Ba‘zida Toshkentda shved va franso‗z gimnastikasi o‗qituvchilarini 
tayyorlash bo‗yicha qisqa muddatli o‗quv kurslari tashkil etilar edi. Ularda 
o‗qish haqi juda ham yuqori bo‗lgan. SHuning uchun kurs tinglovchilari soni 
10-15 kishidan iborat bo‗lardi.
1904 yilda «Gimnastikada va jismoniy mashqlar shinavandalari 
jamiyati» to‗zildi. Bu davrda gimnastika tushunchasiga yugurish, sakrash, 
irg‗itish kabi mashqlar ham kirgan. Biroq bu respublikamizdagi dastlabki sport 
jamiyati bo‗lib, gimnastikani kelgusi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega 
edi. Mazkur jamiyat bir guruh sportchilar tashabbusi bilan to‗zilgan bo‗lib, 15-
20 kishidan iborat edi. Toshkentda gimnastika-qilichbozlik maktabi ochilgan 
esa, jamiyat yanada ommaviylashib, uning a‘zolari soni ortib bordi. Lekin 
avvalgidek, bu davr gimnastikasi tarkibida zamonaviy gimnastika talablariga 
javob bermaydigan mashqlar mavjud edi. Musobaqalar ham o‗tkazilmas edi. 
Maktablardagi jismoniy tarbiya muammolari Toshkentda 1910 yil 26 
dekabrdan 1911 yil 2 yanvargacha o‗tkazilgan o‗rta bilim yurtlari 
o‗qituvchilarining birinchi Turkiston qurultoyida ko‗rib chiqildi. Jismoniy 
tarbiya bo‗yicha maxsus seksiya tashkil etilib, keng doiradagi muammolar: 
dastur mundarijalari, sotalar soni, o‗qitish uslubiyati bo‗yicha tavsiyanomalar 
ishlab chiqildi. Qurultoy qarorlarida gimnastikadan dars berish ham erkaklar, 


77 
ham ayollar o‗quv muassasalaridagi tarbiya tizimi uchun zaruriy ekanligi 
ta‘kidlab o‗tilgan. 
1912 yildan boshlab Toshkent, Peterburg, Varshava va boshqa 
shaharlardan gimnastika bo‗yicha dastlabki trenerlar kela boshladi. Harbiy 
okrug bosmaxonasi ishchilari gimnastika to‗garagini tashkil etadilar. 
1912 yilda Stokgolmda o‗tkaziladigan Olimpiya o‗yinlari uchun Rossiya 
terma komandasini to‗zish maqsadida Turkistonda sport gimnastikasi bo‗yicha 
rasmiy musobaqalar o‗tkazildi. Poruchik Volchanskiy musobaqa g‗olibi bo‗ldi. 
Mazkur birinchi rasmiy musobaqalar o‗tkazilgan sana O‗zbekistonda sport 
gimnastikasi bunyod bo‗lgan kun deb hisoblanadi. SHundan so‗ng Qo‗qon, 
Farg‗ona va Samarqand shaharlarida ham gimnastika jamiyatlari tashkil etildi. 
1912 yilda Toshkentlik gimnastikachilar Moskvada o‗z mahoratlarini 
namoyish etdilar. 
1915 yilda Toshkentda ayollar gimnastikasi bo‗yicha dastlabki o‗quv 
kurslari ochildi. SHu kurslarni bitirgan Polina Vladimirovna Garfung 
O‗zbekistonda gimnastikani rivojlanishiga ulkan hissa qo‗shdi. Oktyabr 
inqilobidan keyingina, gimnastika ommaviy tarzda rivojlandi. Aholini jismoniy 
va sport orqali sog‗lomlashtirish davlat ishiga aylandi. SHu tariqa O‗zbekiston 
mehnatkashlarini jismoniy tarbiyalash umumiy tizimida gimnastika muhim o‗rin 
egalladi. CHor Rossiyasi davridan qolgan shved va boshqa gimnastika tizimiga 
almashdi. Gimnastika Buxoro, Kattaqo‗rg‗on, Namangan, Urganchda ham 
tarqala boshladi. Bu davrda harbiy qismlar va harbiy bilim yurtlarida gimnastika 
faol rivojlanadi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə