O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


MURABBIYGA MASLAXAT. Katta sportchilarni jamoa qoidalari va



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MURABBIYGA MASLAXAT. Katta sportchilarni jamoa qoidalari va 
ularni buzganligi uchun jarimalarni ishlab chiqishga jalb qiling. 12 va undan 
yuqori yoshdagi gimnastikachilar eng ko„p tarqalgan xatoliklar uchun, 
masalan, trenirovka mashg„ulotiga kechikib kelish, boshqa gimnastikachini 
tanqid qilish, murabbiy bilan tortishish, jazo g„oyalarini taklif etishga 
qodirdir. Sportchilar qachondir kelishib tuzilgan qoidalar va ko„riladigan 
jazolar ro„yxatiga rioya qilishlari to„g„risida shartnoma tuzishlari shart.
5
 
 
NAZORAT SAVOLLAR:
 
1.Murabbiyning majburiyatlariga nimalar kiradi? 
2.Muvaffaqiyatli murabbiyning beshta quroliga ta‘rif bering. 
3.Og‗zaki xabarlarga ta‘rif bering. 
4.Noog‗zaki xabarlarga ta‘rif bering. 
5.Gimnastika snaryadlariga ta‘rif bering. 
6.Gimnastikachining kiyimiga qo‗yiladigan talablar. 
7.Sportchilar uchun maksimal havfsiz muhitni yaratish uchun nima qilish 
mumkin? 
8.Favqulotda vaziyatlarda murabbiyning harakatlari. 
9.Boshqariladigan yangiliklar uslubidagi mashg‗ulotdan foydalanish 
uchun to‗rt qadam. 
10.Gimnastika mashqlariga o‗rgatishda ketma-ketlik. 
11.Xatolarni topish va to‗g‗irlash. 
 
5
“Coaching youth gymnastics” Shannon Miller. 48-60 p. 


72 
II BOB. GIMNASTIKA TARIXI 
 
Tayanch iboralar: 
spartakiada, federatsiya, tendensiya, gimnastika 
turlari, ritmik gimnastika, amaliy gimnastika, badiiy gimnastika, harbiy 
gimnastika, xotin-qizlar gimnastikasi, atletik gimnastika. 
 
2.1. GIMNASTIKA SPORT YO„NALISHINI VUJUDGA KELISHI 
Har bir davlat, jamiyat jismoniy madaniyatning umumiy tarixi bo‗yicha, 
aynan o‗ziga xos bo‗lgan an‘analarga egadir. Gimnastika bo‗lg‗usi sport turi 
sifatida, o‗zgarib turgan turli to‗zumlar sharoitidagi jismoniy tarbiyaning
an‘anaviy va noan‘anaviy vositalari majmuiga asoslangan edi.
6
O‗rta 
Osiyo 
hududida, 
jumladan, 
O‗zbekiston 
davolash, 
sog‗lomlashtirish, Amaliy jismoniy madaniyatning elementlari va yo‗nalishlari 
ilmiy asoslangan tarixiy ildizlariga egadir (Alpomish, Ibn-sino, Amir Temur va 
boshqalar). 
Mazkur ma‘lumotlar, qo‗llaniladigan vositalar, O‗zbekiston aholisi 
alohida guruhlarda jismoniy qobiliyatlarni namoyon bo‗lishi va rivojlanishi 
haqida keng tasavvur beradi. 
Ushbu sport turida jismoniy madaniyat Bilan shug‗ullanuvchilarning kata 
guruhi murakkab mashqlar va kombinatsiyalarni yuksak texnik darajada 
bajarishni qisqa vaqt ichida o‗rgana olar edilar. 
Joylarda 
bolalar 
uchun 
sport 
maktablarining 
tashkil 
etilishi, 
gimnastikachilarning turli musobaqalardagi chiqishi, birinchi sport ustalarining 
(masterlari) eng yaxshi yutuqlari, Olimpiya o‗yinlarida ishtirok etish, mustaqil 
O‗zbekiston Respublikada sportning yangi mavqei;
Yuksak natijalarga erishgan gimnastikachilar mahorati-bularning 
barchasi shu ajoyib sport tarixini tashkil etadi. Jahonning Taniqli sportchilari 
6
«Гимнастика»
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 21-бет


73 
orasida O‗zbekiston gimnastikachilari qanday o‗ringa ega bo‗lishgan? Ular 
Respublika nufo‗zini ko‗tarishga qanday hissa qo‗shishmoqda? 
Mustaqillikka erishgach, respublika rahbariyati jahonda davlatimiz 
nufo‗zini ko‗tarishga ularning ham qo‗shayotgan hissalarini yuqori 
baholamoqda. SHuning uchun ham bizning gimnastikachilar haqidagi 
ma‘lumotlar yurtimizda sodir bo‗layotgan ratsional o‗zgarishlarni yaqqol 
ko‗rsatib beradi. 
Fanning tarixiy qimmatini shu fan rivojlanish tarixi, o‗tmish xotiralari, 
xalq an‘analariga hurmat, ma‘naviy boylik, o‗quv mashg‗uloti uchun nazariya, 
talaba va tinglovchilarni o‗qitish uchun uslubiyat tashkil etadi. 
Bizning vazifamiz «Tanlangan sport turi» mashg‗uloti bo‗yicha zarur 
bo‗lgan «O‗zbekistonda gimnastikani rivojlantirish tarixi» mavzusi borasida 
ma‘lumotlarni to‗plashdan iborat edi. O‗ylaymizki, keyinchalik mavzu 
qo‗shimcha ma‘lumotlar Bilan boyib boradi. 
O‗tmishda O‗rta Osiyo aholisi turli xil jismoniy Mashqlar va o‗yinlarni 
qo‗llagan, kata bayramlarda o‗tkazilgan poyga va olomon – poygalar, ot minib 
maxsus Taeqlar yordamida to‗p o‗ynash o‗yinlari ommabop hisoblangan. 
SHahmat o‗yinlari keng tarqalgan. Ma‘lumki, Alisher Navoiy mohir shahmatchi 
bo‗lgan. O‗sha davrlarda jangchilarni tayyorlashda qilichbozlik, poyga, 
kamondan o‗q otish o‗rgatilgan. Xalq o‗yinlarining ko‗pchiligi o‗zida kurash, 
yugurish, Irg‗itish va sakrash elementlarini mujassam etgan. Kurash o‗yini 
ommmabop hisoblangan. Turkmanlar va o‗zbeklar yuqorida tortilgan arqonda 
turli xil murakkab akrobatik mashqlarni bajarishgan. O‗rta asrlarda maxsus 
qushlar – lochin, qirg‗iy va shunqorlar yordamida ov qilish O‗rta Osiyo xalqlari 
hayotida fahriy o‗rin egallagan. 
Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida jismoniy mashqlarga katta 
e‘tibor beradi. Salomatlikni muxofaza qilish qoidalarini ko‗rib chiqar ekan, olim 
jismoniy mashqlarning sog‗lomlashtirish va davolash amaliyotida tutgan o‗rni 
va ahamiyati haqida mukammal tarzda so‗z yuritadi. Ibn Sino olimlar orasida 
birinchi bo‗lib jismoniy Mashqlarni ta‘riflaydi: «O‗zluksiz chuqur nafas olish 


74 
jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi».Buyuk 
olim ta‘kidlashicha, salomatlikni muxofaza qilish tartibida eng asosiysi - 
jismoniy mashqlar Bilan shug‗ullanish hisoblanadi, undan so‗ng ovqatlanish va 
uyqu tartiblariga rioya qilinadi. Agar odam o‗z vaqtida me‘yorida jismoniy 
Mashqlar bilan shug‗ullansa va kun tartibiga rioya qilsa, u xech qanday davolash 
chorasi va dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Ibn Sino yozishicha jismoniy 
mashqlar Bilan shug‗ullanmay qo‗ygan odamlar sog‗lig‗i so‗nib, harakatlanishni 
to‗xtatish natijasida kuchi susayib boradi. Olim fikricha, jismoniy mashqlar 
mushaklar, bog‗lamlar, asab tolalarini mustahkamlaydi, natijada, odamlar o‗z 
ishlarini bajara oladilar va xastalanishdan muxofaza etilgan bo‗ladilar. U 
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanganda odamning yoshi va salomatligini qay 
darajada ekanligini hisobga olishni tavsiya etgan.
«Tib qonunlarida» bolalar, o‗smirlar va qariyalar qachon va qay tarzda 
jismoniy mashg‗ulotlar bilan shug‗ullanishi haqida keng ma‘lumot berilgan. Ibn 
Sinoning Mashqlarni boshlash va tugatish vaqti, uqalash, xammomda va sovuq 
suvda cho‗milish, tanani tozalikda saqlash va boshqa gigienik talablar haqidagi 
fikrlari katta qiziqish uyg‗otadi.
Ibn Sinoning nazariy muloxazalarni yuksak baholagan holda, shuni 
nazarda tutish kerakki, u davlatlarda olim fikrlari bilaularni amaliy qo‗llanilishi 
orasida katta tafovut bo‗lgan. Olim tavsiyalarini faqatgina feodal zodagonlar 
qo‗llashi mumkin edi. Mahalliy xukmdorlar va din peshvolari tomonidan ezilgan 
hamda barcha haq-huquqlardan mahrum kambag‗al xalq ommasi esa buyuk 
allomaning foydali maslahatlarini amaliyotda qo‗llay olmas edilar. 
SHu tariqa yangi davr gimnastikasi chuqur tarixiy va ilmiy poydevorga 
egadir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə