O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


MURABBIYGA MASLAHAT. Katta guruhdagi yoki yuqori malakali



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MURABBIYGA MASLAHAT. Katta guruhdagi yoki yuqori malakali 
sportchilar muslaqil ravishda shug„ullanishlari mumkin. Jamoadagi sog„lom 


65 
muhit va to„g„ri rahbarlik ostida gimnastikachilar o„z chiqishlari hamda 
ularni yaxshilash to„g„risida o„ylashadi. Mustaqil mashg„ulotlarni trenirovka 
mashg„ulotlarida qo„llash maqsadga muvofiq, chunki sportchi tajriba qilishi 
va yangi mashqlarni o„rganishi mumkin.
XATOLARNI TOPISH VA TO„G„IRLASH 
Yaxshi murabbiylar sportchilar ikki tipdagi xatolarga yo‗l qo‗yadi: 
o‗rganishda va namoyi qilishda deb ta‘kidlaydilar. O‗rganish jarayonida 
sportchilar mashqni qanday bajarish kerakligini bilmaganligi sababli xatoga yo‗l 
qo‗yadi, ya‘ni miyada uni bajarish uchun harakat stereotipi paydo bo‗lmagan. 
Namoyish paytida esa sportchi mashqni bilmaganligi uchun emas, balki 
allaqachon bilgan mashqini bajarishda xatolikka yo‗l qo‗yadi. Sportchi qanday 
tipdagi xatolikka yo‗l qo‗yayotganligini bilishining oddiy uslubi yo‗q. Buni 
farqlay olish – murabbiyning mahoratiga bog‗liq. 
Sportchiga xatosini to‗g‗irlashga yordam berish uchun, ularni chiqishini 
nazorat qilish va baholashdan boshlang. Qaysi tipdagi xatolikka yo‗l 
qo‗yilayotganini 
aniqlang. 
Diqqat 
bilan 
kuzating, 
gimnastikachi 
mashg‗ulotdami, musobaqadami yoki ko‗proq xatolar turnirlarda muntazam 
ravishda yo‗l qo‗yilayotganini kuzating. Agar yuqorida keltirilganlar kuzatilsa, 
bu chiqishlardagi xatolar deb hisoblanadi. Bunday holatda siz gimnastikachini 
o‗zining darajasidan past darajada namoyish qilish sababini topishingiz kerak. 
Balki, ular asabiylashayotgandir, ehtimol musobaqa sharoiti chalg‗itayotgandir. 
Agar gap o‗rganish jarayondagi xatolar to‗g‗risida bo‗lsa, siz gimnastikachiga 
darsda o‗rganilayotgan mashqni egallashda yordam berishingiz kerak. 
O‗rgatish jarayonida xatolarni to‗g‗irlash uchun, albatta o‗zingiz ham 
to‗g‗ri texnikani egallagan bo‗lishingiz kerak. Siz nafaqat mashqni 
tushunishingiz, balki uni qanday bajarish va unda nima xatolarga yo‗l qo‗yishga 
sabab bo‗lishini bilsangiz, sportchini to‗g‗irlash shuncha oson bo‗ladi. 
Murabbiylar yanglishishini eng ko‗p tarqalganidan biri – aks aloqani va 
xatolarni to‗g‗irlashni noto‗g‗ri berilishidir. Bunda shoshilmang. Noto‗g‗ri aks 
aloqa yoki yomon maslahat o‗quv jarayoniga zarar keltiradi. Agar muammo 


66 
sababi yoki uni to‗g‗irlash yo‗llariga amin bo‗lmasangiz, ishonch hosil 
qilguningizga kuzatishni va tahlil qilishni davom ettiring. Umuman, xatolarni 
tuzatishdan oldin ular tasodifdan yuz bermaganligiga amin bo‗ling.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə