O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Mashqlarni mastahkamlashni faqat ba‟zida va eng yaxshi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

4.Mashqlarni mastahkamlashni faqat ba‟zida va eng yaxshi 
misollardan foydalangan holda ishlating. 
Diqqatingizni faqat ularga qaratib, siz sportchilarga mashqning asosiy 
qismlarni o‗zlashtirgandan keyin rivojlanishini davom ettirishga yordam berasiz. 
Mashg‗ulot jarayonida mustahkamlashdan kamdan-kam foydalaning, va 
sportchida sizning qo‗llanmangizni eshitish va doimiy chalg‗ish o‗rniga ish 
uchun ko‗proq vaqt qoladi. Gimnastika elementlari guruhli mashqlar va 
musobaqa o‗yinlarni takrorlash yo‗li orqali yaxshiroq o‗zlashtiraladi. Agar siz 
sportchiga o‗zi mashq qilishiga ko‗proq vaqt ajratgan bo‗lsangiz, mashg‗ulot 
ancha samaraliroq bo‗ladi. 
5.Talablarni kamaytiring. 
Qachonki gimnastikachi yangi mashqni o‗rganayotganda yoki bir 
nechtasini birikmaga birlashtirganda, oldin egallangan ko‗nikmalari vaqtinchalik
salbiy tomonga o‗zgarishi mumkin. Ushbu holda sizga kutish uchun ko‗proq 
vaqt talab etiladi. Masalan, tanani to‗g‗ri ushlab ko‗prikdan yuqriga sakrash 
bilan depsinishni o‗rgangan gimnastikachi qo‗llarda tik turish holatidan 
sakrashga (mat ustiga) o‗tadi. Sportchi yangi mashqni o‗rganayotib, uni to‗liq 
tushunmaguncha, u mashqning har bir qismini yomon bajaradi. Mahoratni 
shunday susayishi bo‗yning tezlik bilan o‗sishida, ya‘ni mushaklar, paylar va 
bo‗g‗imlarni rivojlanishi suyak rivojlanishiga etib olganda sodir bo‗ladi. 
Gimnastikachi biror yangi mashqni o‗rganib olguncha, murabbiy sabrli bo‗lishi 
kerak. 
6.Asosga qayting. 
Agar yaxshi o‗rganilgan mashqni bajarish ko‗p vaqtgacha yomonlashsa, 
asosga qaytib, uni takrorlashni talab qiladi. Sportchiga mashqni engilashtirilgan 
tarzda ishlashga ruxsat bering. Masalan, trenirovka mashg‗ulotida kamroq 
matlar soni bilan ishlashga va balandlikni faqat gimnastikachi o‗z texnikasidan 
ko‗nikganda ko‗tarishga ruxsat bering. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə