O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Qachonki mashq shu tarzda ko„p marotaba tushuntirilsa va bajarilsa



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Qachonki mashq shu tarzda ko„p marotaba tushuntirilsa va bajarilsa
uning nomini aytish etarli bo„ladi. Gimnastikachilar mashqni va texnika 
ustida ishlashni avtomat tarzda bajarishadi. 


61 
YOsh sportchilarning diqqati o‗zgaruvchan, va uzoq vaqt demonstratsiya 
qilish yoki tushuntirish me‘yorini yo‗qotishga olib keladi. Boshqacha qilib 
aytganda, mashqni tasvirlash, demonstratsiya qilish va tushuntirishga umuman 
olganda siz bir necha daqiqadan ortiq vaqt sarflamasligingiz kerak. Keyin 
gimnastikachiga mashqni bajarishni talab qiladigan vazifa yoki o‗yinni taklif 
qiling. 
MURABBIYGA MASLAHAT. Texnikaning jadallashishi sport zaliga 
demonstratsiyaning yangi uslublarini olib keldi. Bozorlarda gimnastika 
bo„yicha ko„pgina DVD-disklari taqdim etilmoqda. Agar sizda portativ DVD-
pleer bo„lsa, u yordamida mashqni qanday bajarilishini ko„rsatib ko„ring. 
Agar sizga bu mashqni ko„rsatib berish yoki uni sizning o„zingizga ko„rsata 
oladigan kimsani topish qiyin bo„lsa, bu uslub ayniqsa foydalidir. DVD-
disklar yoshi kattaroq gimnastikachilar uchun juda samaralidir, ekranda 
ko„rayotgan elementlarni o„z chiqishlarida o„tkazish ularda yaxshiroq 
chiqadi. 
SPORTCHILAR 
MASHQNI 
QANDAY 
QILAYOTGANINIGA 
DIQQAT BILAN QARANG 
Agar sizning tanlagan mashqingiz o‗quvchilarning imkon doirasidan 
chetga chiqmasa va siz uni yaxshi tasvirlagan, tushuntirgan hamda 
demonstratsiya qilgan bo‗lsangiz, sportchilar uni bajarishga tayyor bo‗lishi 
kerak. Ba‘zi gimnastikachilarga, ayniqsa kichik yoshdagi guruhlarga, boshidagi 
bir nechta urinishlarda jismoniy dalda kerak bo‗ladi (masalan, ehtiyotlash). 
Bunday yordam ularda mashqni mustaqil bajarishda o‗ziga ishonch paydo 
qiladi. 
Sizdan o‗qituvchilik majburiyatingiz gimnastikachi qachonki qandy 
bajarish kerakligini tushunganida tugatilmaydi. Aslida, siz gimnastikachini 
mahoratini 
takomillashtirganingizda 
sizning 
mehnatingiz 
boshlanadi. 
Muvaffaqiyatsiz mashg‗ulotni diqqat bilan kuzatish – kasbning ahamiyatli 
qismidir. Siz xatolarni topib texnikani to‗g‗irlaysiz va ularni ijobiy tomonga 


62 
o‗zgartirasiz. Ijobiy qarma-qarshi alaqa gimnastikachilarda mashq qilish va 
namoyish qilishni yaxshilashga bo‗lgan xohishni kuchaytiradi. 
SHuni esda tutingki, ba‘zilarga alohida tushuntirish kerak bo‗ladi. 
SHuning uchun mashg‗ulotdan oldin, mashg‗ulot vaqtida va mashg‗ulotdan 
so‗ng vaqt ajratishingiz kerak. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə