O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Gimnastika bo„yicha murabbiy bo„lish



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Gimnastika bo„yicha murabbiy bo„lish
bolalarga bilim, jismoniy 
forma va to‗g‗ri boyliklarni berishdir. SHu bilan birga, gimnastikachini 
musobqadan oldin, musobaqa vaqtida va keyin shug‗ullantirish. 
Murabbiylik va o‗qituvchilik o‗zaro bog‗liqdir, lekin ular orasida farq 
mavjud. Bu bo‗limda biz o‗qitish prinsiplariga ayniqsa, texnik va taktik 
mahoratni o‗rgatishga e‘tibor qaratamiz. Lekin bu prinsiplar sog‗lom turmush 
tarzi va boyliklarini o‗rgatishga to‗g‗ri keladi. SHular bilan qurollanib, siz 
samarali va qiziqarli mashg‗ulotni ishlab chiqishingiz va nomunosib tutganlar 
bilan qanday munosabatda bo‗lishni tushunib olishingiz mumkin. Siz bolalarga 
gimnastikada muvaffaqiyatga erishish uchun zarur ko‗nikmalarini berasiz. 
GIMNASTIKA MASHQLARIGA O„RGATISH 
Ko‗pchilik mashqlarga o‗rgatishning yagona yo‗li – bu uni bajara olish 
deb o‗ylaydi. To‗g‗ri, bu ham halal bermaydi, lekin muvaffaqiyatli o‗qitish 
uchun ko‗proq narsa talab qilinadi. Agar siz ilgari bu mashqni bajarmagan 
bo‗lsangiz ham, baribir bu mashqni o‗rgatishingiz mumkin. Buning uchun 
quyidagi ketma-ketlikka amal qilishingiz kerak: 


58 




Sportchilarga mashqni tasvirlab bering. 
Mashqni ko‗rsatib bering. 
Mashqni tushuntiring. 
Diqqat bilan qarang, sportchi mashqni qanday ishlayapti. 
SPORTCHILARGA MASHQNI TASVIRLAB BERING 
Sportchilar, ayniqsa yosh va tajribasiz, ular qanday mashq va nima uchun 
o‗rganayotganlarini bilishi kerak. SHuning uchun har doim mashq nomini 
aytganingizda, siz uchu qadamdan o‗tib tushuntirishingiz kerak: 
1)sportchilar diqqatini torting; 
2)mashq nomini ayting; 
3)uning ahamiyatini (muhimligini) tushuntiring. 
Sportchining diqqatini torting 
Sportchilarni diqqati tez bo‗linganligi sababli, siz ularni diqqatini jamlab 
turish uchun biror narsa qilishingiz kerak. Ba‘zi murabbiylar qiziq yangiliklar va 
hikoyalardan gapirib beradi. Boshqalar gimnastikachilar nomi yoki ma‘lum bir 
iboralarni keltiradi. Uchinchilari esa ko‗tarinkilik bilan o‗tadi va bu bilan 
o‗quvchilarni eshitishga majbur qiladi. Qanday uslubdan foydalanishingizdan 
qat‘iy nazar, odatdagidan ko‗ra balandroq ovozda gapiring, bunda sportchilarni 
ko‗ziga qarang. 
Bundan tashqari, gimnastikachilarni shunday joylashtiringki.yu ular sizni 
ham ko‗rsin, ham eshitsin. Ularni o‗zingizga qaratib joylashtiring va ularning 
orasida etarlicha masofa bo‗lsin (ularni diqqatini xech narsa bo‗lmasligi kerak). 
Gapirishdan oldin ulardan sizni hammasi ko‗rayotganini so‗rang.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə