MURABBIYGA MASLAHAT. Katta guruhdagi yoki yuqori malakali sportchilar muslaqil ravishda shug„ullanishlari mumkin. Jamoadagi sog„lom
65
muhit va to„g„ri rahbarlik ostida gimnastikachilar o„z chiqishlari hamda ularni yaxshilash to„g„risida o„ylashadi. Mustaqil mashg„ulotlarni trenirovka mashg„ulotlarida qo„llash maqsadga muvofiq, chunki sportchi tajriba qilishi va yangi mashqlarni o„rganishi mumkin. XATOLARNI TOPISH VA TO„G„IRLASH Yaxshi murabbiylar sportchilar ikki tipdagi xatolarga yo‗l qo‗yadi:
o‗rganishda va namoyi qilishda deb ta‘kidlaydilar. O‗rganish jarayonida
sportchilar mashqni qanday bajarish kerakligini bilmaganligi sababli xatoga yo‗l
qo‗yadi, ya‘ni miyada uni bajarish uchun harakat stereotipi paydo bo‗lmagan.
Namoyish paytida esa sportchi mashqni bilmaganligi uchun emas, balki
allaqachon bilgan mashqini bajarishda xatolikka yo‗l qo‗yadi. Sportchi qanday
tipdagi xatolikka yo‗l qo‗yayotganligini bilishining oddiy uslubi yo‗q. Buni
farqlay olish – murabbiyning mahoratiga bog‗liq.
Sportchiga xatosini to‗g‗irlashga yordam berish uchun, ularni chiqishini
nazorat qilish va baholashdan boshlang. Qaysi tipdagi xatolikka yo‗l
qo‗yilayotganini
aniqlang.
Diqqat
bilan
kuzating,
gimnastikachi
mashg‗ulotdami, musobaqadami yoki ko‗proq xatolar turnirlarda muntazam
ravishda yo‗l qo‗yilayotganini kuzating. Agar yuqorida keltirilganlar kuzatilsa,
bu chiqishlardagi xatolar deb hisoblanadi. Bunday holatda siz gimnastikachini
o‗zining darajasidan past darajada namoyish qilish sababini topishingiz kerak.
Balki, ular asabiylashayotgandir, ehtimol musobaqa sharoiti chalg‗itayotgandir.
Agar gap o‗rganish jarayondagi xatolar to‗g‗risida bo‗lsa, siz gimnastikachiga
darsda o‗rganilayotgan mashqni egallashda yordam berishingiz kerak.
O‗rgatish jarayonida xatolarni to‗g‗irlash uchun, albatta o‗zingiz ham
to‗g‗ri texnikani egallagan bo‗lishingiz kerak. Siz nafaqat mashqni
tushunishingiz, balki uni qanday bajarish va unda nima xatolarga yo‗l qo‗yishga
sabab bo‗lishini bilsangiz, sportchini to‗g‗irlash shuncha oson bo‗ladi.
Murabbiylar yanglishishini eng ko‗p tarqalganidan biri – aks aloqani va
xatolarni to‗g‗irlashni noto‗g‗ri berilishidir. Bunda shoshilmang. Noto‗g‗ri aks
aloqa yoki yomon maslahat o‗quv jarayoniga zarar keltiradi. Agar muammo
66
sababi yoki uni to‗g‗irlash yo‗llariga amin bo‗lmasangiz, ishonch hosil
qilguningizga kuzatishni va tahlil qilishni davom ettiring. Umuman, xatolarni
tuzatishdan oldin ular tasodifdan yuz bermaganligiga amin bo‗ling.