|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligiGimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati1.Kichigidan boshlang.
Sizga
kerak
bo‗lgan harakatni birinchi o‗xshash belgilarini
ko‗rganingizda sportchilarni rag‗batlantiring. So‗ng talab darajasiga
yaqishlashtirilgan harakatlarni rag‗batlantiring. Qisqa qilib aytganda, talab
darajasidagi harakatga erishish uchun rag‗batlantirish kuchini ishlating.
2.Mashqlarni kichik qismlarga bo„ling.
Mashqni yaxlit bajarishdan oldin, gimnastikachi uning har bir qismini
qanday to‗g‗ri bajarish kerakligini tushunishi kerak. Masalan, orqaga sekin
to‗ntarilishni o‗rganish jarayonida gimnastikachilardan biri zo‗r egiluvchanlikni
ko‗rsatadi va mashqni chiroyli bajaradi, lekin oxirida tanasini to‗g‗ri va tarang
tutolmaydi. Bu esa mashqni tugashiga ta‘sir qilib, yakkacho‗pdan yiqilishiga
olib keladi. Orqaga sekin to‗ntarilishning to‗g‗ri texnikasini mustahkamlang,
unga mashq bajarish paytida mushaklarni qisqa (tarang) ushlashga, qo‗llarni esa
oxirida aniq elka kengligida ushlashni o‗rgating, va u yiqilmaydi. Buni
uddasidan chiqqandan keyin mashqni tashlanish bilan tugallash va
yakkacho‗pda qolishga o‗rgatishni boshlang.
3.Bitta mashq komponentini bir martada qayta ishlang.
Bir vaqtni o‗zida ikkita komponentni ustida ishlamang. Masalan, tayanib
sakrashda gimnastikachilar yugurib kelishi, ko‗prikka sakrab chiqishi, undan
depsinishi, shu bilan birga tayanib sakrash uchun mo‗ljallangan stolda
elementlar bajarishi kerak. Dastlab ular bitta komponent (yugurib kelish va
ko‗prikka sakrab chiqish), keyin boshqasi (depsinish), keyin qolganiga diqqatini
jalb qilishi kerak. Mashqlarni o‗rganishdagi ko‗p muammolar gimnastikachilar
ikki yoki undan ko‗p komponentlar ustida bir vaqtda ishlamoqchi bo‗lganlan
kelib chiqadi. Siz bunday sportchiga bittasini ajratib olishga yordam berishingiz
kerak.
|
|
|