O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

MASHQNI TUSHUNTIRING 
Sportchilarga mashqni ham ko‗rsatib, ham qisqa qilib tushuntirsa ancha 
samaralidir. YAxshisi oddiy atamalardan foydalaning, imkon bo‗lsa, oldin 
o‗rgatilgan mashqlar bilan bog‗lang. Sportchilardan u tushunarli bo‗lgan 


60 
bo‗lmaganligini so‗rang. Eng yaxshi usul – ulardan tushunganlarni takrorlab 
berishni so‗rang. Savollar bering, masalan: ―Avvalo nima qilasan?‖ va 
―Keyinchi?‖. Agar sportchi ikkilansa yoki o‗zini yo‗qotib qo‗ysa, siz 
demonstratsiya va tushuntirishni takrorlashingizga to‗g‗ri keladi. Imkon bo‗lsa, 
gimnastikachilarga boshqa tomondan tushunarli bo‗lishi uchun boshqa 
so‗zlardan foydalaning. 
Murakkab mashqlar qismlarga bo‗linganda tushunarliroq bo‗ladi. 
Masalan, qo‗llar tik turishdan oldinga o‗mbaloq oshish qanday bajarilishini 
quyidagicha tushuntirish mumkin: 
1.Mashqni yaxlit holatda qanday to‗g‗ri bajarilishini sportchilarga 
ko‗rsating. 
2.Uni qismlarga va komponentlarga bo‗ling. 
3.Sportchilarni o‗rganilgan komponentlarni alohida bajarishga majbur 
qiling. Masalan, oldinga o‗mbaloq oshish va oyoqni orqaga siltab, bir oyoqda 
depsinib qo‗llarda tik turish. 
4.Sportchilar mashqni qismlarga bajarishni ko‗rsatgandan keyin mashqni 
yana bir marta yaxlitlab tushuntiring. 
5.Sportchilarni boshqa komponentlar yoki mashqlar ketma-ketligi bilan 
mashqlarni ishlashga majbur qiling. 
MASHQNI QANDAY BOSHLASH KERAK 
Mashq texnikasini ishlashdan oldin quyidagilarni bajaring: 
-mashq nomini ayting; 
-elementni yoki o„rgatadigan elementlarni tushuntiring; 
-mashqni ko„rsating; 
-nima uchun kerakligini tushuntiring; 
-gimnastikachilarga mashqni necha marotaba bajarish kerakligini yoki 
tanaffusda boshqa mashqlarni bajarish mumkinligini ayting. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə