O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

 
Mashqni nomini ayting. 
O‗rgatayotgan mashqning bir nechta tarqalgan nomi bo‗lishi mumkin, 
lekin siz mavsum boshlanishidan oldin hamkasblaringiz bilan qaysi nomni 
qo‗llashingizni xal qilib olishingiz kerak. Bu chalkashliklarni oldini olishga va 
gimnastikachilar orasida to‗g‗ri tushunishiga yordam beradi. Siz yangi mashqni 


59 
tanishtirganingizda, uni ko‗p marotaba ayting. SHunda sportchilar keyinchalik 
mashq nomini mashq bilan avtomatik tarzda moslashtirishadi. 
Mashqning ahamiyatini tushuntiring. 
Murabbiylikdagi eng qiyin narsa: murabbiylar sportchilarning o‗qishiga 
imkon berishni o‗rganishlari kerak. Sport usullarini shunday o‗rgatish kerakki, 
uning nafaqat murabbiyiga, balki bola uchun ham mazmunga ega bo‗lsin. 
Mashqning ahamiyati (muhimligi) siz uchun aniq bo‗lsa ham, o‗quvchilarga 
uning sport mahoratiga erishishda qanday yordam berishi qorong‗u. O‗rganish 
sababini va bu usul murakkabroqlari bilan og‗liqligini tushuntiring. 
MURABBIYGA MASLAHAT. O„qitayotgan har bir mashqni 
detallarga (bo„limlarga) bo„lib tushuntiring. Bu sizning so„zlaringizni 
tushunishga, 
mashqlarni 
ko„rsatishingizga 
va 
gimnastikachilarni 
o„rgatishingizga yordam beradi. 
MASHQNI KO„RSATIB BERING 
Demonstratsiya bosqichi – sportchilarga mashqlarni o‗rgatishdagi eng 
muhim qismidir. Balki ular xech qachon unga o‗xshash narsa qilmagandir. 
SHuning uchun ularga faqat so‗zlar emas, balki rasmlar kerak, shunda ular nima 
qilish 
kerakligini 
ko‗rishadi. Mashq demonstratsiyasi uchun biror 
gimnastikachidan ko‗rsatishni so‗rang yoki video va fotosuratdan foydalaning. 
Mazkur maslaxatlar demonstratsiyani samarali bo‗lishida yordam beradi: 
-mashqni to‗g‗ri ko‗rsating; 
-mashqni bir necha marta ko‗rsating; 
-iloji bo‗lsa, sportchi mashqdagi har bir harakatni ko‗rib olishi uchun, 
bir-ikki marta sekin ko‗rsating; 
-imkon bo‗lsa, gimnastikachi mashq to‗g‗risida to‗liq tasavvurga ega 
bo‗lishi uchun turli burchaklardan ko‗rsating. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə