O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


BIR BIRIDAN O„ZISH ESTAFETASI



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

BIR BIRIDAN O„ZISH ESTAFETASI 
Maqsad:
jamoa ruhiyatini saqlash hamda jismoniy forma va maromga 
kelishga ko‗maklashish. 
Tasvirlash.
Gimnastikachilarni uch-besh kishidan iborat jamoalarga 
bo‗ling. Har bir jamoa erkin mashqlar uchun gilam chetlariga saflanadi. Ketma-
ket qator orasida etarlicha masofa borligiga amin bo‗ling. 
Sizning ishorangiz bo‗yicha jamoa a‘zolari zarur element yoki harakatni 
(masalan, yonga to‗ntarilish yoki rondat) gilamning u boshigacha va yana 
orqaga bajaradi. Orqaga qaytib kelgan gimnastikachi jamoadoshiga estafetani 
topshiradi va u ham gilam uzunligi bo‗yicha mashqni bajarib borib keladi. 
Hamma mashqni bajargunicha davom ettiring. Berilgan vazifani birinchi bo‗lib 
bajargan jamoa g‗olib hisoblanadi. 
Variantlar: 
-Harakatni o‗zgartiring. Lokomotor mashqlar, asosiy va akrobatik 
elementlardan (masalan, o‗mbaloq oshish yokt yonga to‗ntarilish), qo‗llarda 
yurish va hokazolardan foydalaning. 


54 
-G‗alaba uchun mukofotlashni o‗zgartiring, masalan, g‗oliblarning 
jismoniy tayyorgarligini qisqartiring va hokazo. 
MASHQLAR VA CHIQISHLAR 
Quyida gimnastikachining trenirovka mashg‗ulotini hamda chiqishlarini 
maksimal darajada yaxshilashga ko‗maklashadigan ba‘zi mashq va vazifalar 
keltirilgan. Mashqlar va vazifalar jismoniy formaga erishishga va musobaqalar 
shartlarini bajarishga yordam beradi. 
MASHQLARNI NAVBATMA-NAVBAT BAJARISH
(KETMA-KET MASHQLAR) 
Maqsad:
chiqishlarni maksimal darajada yaxshilash va trenirovka 
mashg‗uloti vaqtidan samarali foydalanish. Ayniqsa, erkin mashqlarni 
o‗rgatishda juda foydali. 
Tasvirlash.
Gimnastikachilar gilamning bir chetida erkin mashqlarni 
bajarish uchun saflanadilar. Ular orasida etarlicha masofa bo‗lishi kerak (qo‗l 
kengligidan kengroq). Agar sportchilarning soni to‗g‗ri kelsa, ularni qisqa qator 
qilib gilam chetiga saflang. 
Gimnastikachilar 
talab 
qilingan 
harakat 
bilan 
gilam 
bo‗ylab 
harakatlanadilar. Ularning harakatini to‗g‗irlang va ular mashqni yakunlaganda 
aks aloqaga chiqing. Bu har bir mashg‗ulotda lokomotor va akrobatik va 
elementlarini kiritish uchun eng yaxshi usuldir. Bu vazifa o‗rtacha va murakkab 
darajadagi mashqlarni o‗rganishdan oldingi razminka sifatida juda foydali 
bo‗lishi mumkin. Ushbu shakllda vaqtni o‗tkazish gimnastikachilarga egallagan 
ko‗nikmalarini yanada takomillashtirishga yordam beradi. 
Variantlar: 
-Amalda oshiralayotgan harakatlarni almashtiring. Ular har bir 
yugurishda turlicha bo‗lishi mumkin. Lokomotor harakat, oldinga o‗mbaloq 
oshishlar, irg‗ishlar va sakrashlar, qo‗llarda tik turish yoki akrobatika asoslarini 
kiriting. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə