61
YOsh sportchilarning diqqati o‗zgaruvchan, va uzoq vaqt demonstratsiya
qilish yoki tushuntirish me‘yorini yo‗qotishga olib keladi. Boshqacha qilib
aytganda,
mashqni tasvirlash, demonstratsiya qilish va tushuntirishga umuman
olganda siz bir necha daqiqadan ortiq vaqt sarflamasligingiz kerak. Keyin
gimnastikachiga mashqni bajarishni talab qiladigan vazifa yoki o‗yinni
taklif
qiling.
MURABBIYGA MASLAHAT. Texnikaning jadallashishi sport zaliga
demonstratsiyaning yangi uslublarini olib keldi. Bozorlarda gimnastika
bo„yicha ko„pgina DVD-disklari taqdim etilmoqda. Agar sizda portativ DVD-
pleer bo„lsa, u yordamida mashqni qanday bajarilishini ko„rsatib ko„ring.
Agar sizga bu mashqni ko„rsatib berish yoki uni sizning o„zingizga ko„rsata
oladigan kimsani topish qiyin bo„lsa, bu uslub ayniqsa foydalidir. DVD-
disklar yoshi kattaroq gimnastikachilar uchun juda samaralidir, ekranda
ko„rayotgan elementlarni o„z chiqishlarida o„tkazish ularda yaxshiroq
chiqadi.
SPORTCHILAR
MASHQNI
QANDAY
QILAYOTGANINIGA
DIQQAT BILAN QARANG
Agar sizning tanlagan mashqingiz o‗quvchilarning
imkon doirasidan
chetga chiqmasa va siz uni yaxshi tasvirlagan, tushuntirgan hamda
demonstratsiya qilgan bo‗lsangiz, sportchilar uni bajarishga tayyor bo‗lishi
kerak. Ba‘zi gimnastikachilarga, ayniqsa kichik yoshdagi guruhlarga, boshidagi
bir nechta urinishlarda jismoniy dalda kerak bo‗ladi (masalan, ehtiyotlash).
Bunday yordam ularda mashqni mustaqil bajarishda o‗ziga
ishonch paydo
qiladi.
Sizdan o‗qituvchilik majburiyatingiz gimnastikachi qachonki qandy
bajarish kerakligini tushunganida tugatilmaydi. Aslida, siz gimnastikachini
mahoratini
takomillashtirganingizda
sizning
mehnatingiz
boshlanadi.
Muvaffaqiyatsiz mashg‗ulotni diqqat bilan kuzatish –
kasbning ahamiyatli
qismidir. Siz xatolarni topib texnikani to‗g‗irlaysiz va ularni ijobiy tomonga
62
o‗zgartirasiz. Ijobiy qarma-qarshi alaqa gimnastikachilarda mashq qilish va
namoyish qilishni yaxshilashga bo‗lgan xohishni kuchaytiradi.
SHuni
esda tutingki, ba‘zilarga alohida tushuntirish kerak bo‗ladi.
SHuning uchun mashg‗ulotdan oldin, mashg‗ulot vaqtida va mashg‗ulotdan
so‗ng vaqt ajratishingiz kerak.
Dostları ilə paylaş: