74
jarayonini keltirib chiqaruvchi erkin harakat jismoniy mashq deyiladi».Buyuk
olim ta‘kidlashicha, salomatlikni muxofaza qilish tartibida eng asosiysi -
jismoniy mashqlar Bilan shug‗ullanish hisoblanadi, undan so‗ng ovqatlanish va
uyqu tartiblariga rioya qilinadi. Agar odam o‗z vaqtida me‘yorida jismoniy
Mashqlar bilan shug‗ullansa va kun tartibiga rioya qilsa, u xech qanday davolash
chorasi va dori-darmonga ehtiyoj sezmaydi. Ibn Sino yozishicha jismoniy
mashqlar Bilan shug‗ullanmay qo‗ygan odamlar sog‗lig‗i so‗nib, harakatlanishni
to‗xtatish natijasida kuchi susayib boradi. Olim fikricha, jismoniy mashqlar
mushaklar, bog‗lamlar, asab tolalarini mustahkamlaydi, natijada, odamlar o‗z
ishlarini bajara oladilar va xastalanishdan muxofaza etilgan bo‗ladilar. U
jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanganda odamning yoshi va salomatligini qay
darajada ekanligini hisobga olishni tavsiya etgan.
«Tib qonunlarida» bolalar, o‗smirlar va qariyalar qachon va qay tarzda
jismoniy mashg‗ulotlar bilan shug‗ullanishi haqida keng ma‘lumot berilgan. Ibn
Sinoning Mashqlarni boshlash va tugatish vaqti, uqalash, xammomda va sovuq
suvda cho‗milish, tanani tozalikda saqlash va boshqa gigienik talablar haqidagi
fikrlari katta qiziqish uyg‗otadi.
Ibn Sinoning nazariy muloxazalarni yuksak baholagan holda, shuni
nazarda tutish kerakki, u davlatlarda olim fikrlari bilaularni amaliy qo‗llanilishi
orasida katta tafovut bo‗lgan. Olim tavsiyalarini faqatgina feodal zodagonlar
qo‗llashi mumkin edi. Mahalliy xukmdorlar va din peshvolari tomonidan ezilgan
hamda barcha haq-huquqlardan mahrum kambag‗al xalq ommasi esa buyuk
allomaning foydali maslahatlarini amaliyotda qo‗llay olmas edilar.
SHu tariqa yangi davr gimnastikasi chuqur tarixiy va ilmiy poydevorga
egadir.
Dostları ilə paylaş: