Sakrash:
yuqorida ko‗rsatilgan xislatlar hamda epchillikni rivojlantirib,
mushaklarni tez qisqartirishiga yordam beradi.
O„yinlar:
umumiy jismoniy rivojlantiruvchi ta‘sirko‗rsatib, asab tizimini
mustahkamlaydi, ruhiy hislatlarni rivojlantirib, mustahkamlaydi va umuman
pedagogik tarbiya vositalaridan biri hisoblanadi».
O„qituvchiga quyidagilar tavsiya etilgan:
Mashg‗ulotlarni toza havoda yoki shamollatilgan xonalarda o‗tkazilishi
kerak. Jismoniy madaniyat Soveti qoshidagi ilmiy seksiya tomonidan jismoniy
madaniyat bilan shug‗ullanuvchilarni tekshirish bo‗yicha antropometrik
79
laboratoriya tashkil etildi. Butunrossiya markaziy ijroqo‗mi Prezidiumining
1923 yil 27 iyuldagi qaroriga muvofiq Turkiston ijroqo‗mi qoshida jismoniy
madaniyat bo‗yicha o‗lka soveti ta`sis etilgan bo‗lib, u respublikada jismoniy
madaniyat va sportni ravnaq topshirishni boshqarish va nazorat qilish organi
hisoblangan. 1924 yilda butunturkiston Spartakiadasi o‗tkazildi. SHu sport
anjumanlari respublikada gimnastikani rivojlantirishga salmoqli hissa qo‗shdi.
1924 yilda milliy davlat chegaralanishi natijasida O‗zSSRning tashkil etilishi
o‗lkamizda jismoniy madaniyat, jumladan, gimnastikani rivojlanishi uchun
imkoniyatlar yaratdi. Bu sport to‗g‗ri mahalliy yoshlar orasida o‗z muxlislarini
topdi. Masalan, 1926 yilda Toshkentda tashkil etilgan 3ta to‗garak a‘zolaridan
160tasi o‗zbeklar edi. SHunga qaramay malakali mutaxassislarning etishmasligi
gimnastikani rivojlanishiga xalaqit berardi.
1928 yilgi Butunittifoq spartakiadasida tayyorgarlik bosqichi sifatida
1927 yilda butun O‗zbekiston spartakiadasi o‗tkazildi. Uning dasturida sport
gimnastikasi ham bor edi.
Gimnastikachilar mahorati hali past darajada edi. II Butuno‗zbek
spartakiadasida esa (1928y.) Moskvada bo‗lib o‗tadigan sport anjumanida
ishtirok etish uchun respublikaning terma jamoasi tanlanadi hamda O‗zbekiston
ushbu musobaqalarida 4–5 o‗rinlarni egallaydi. Toshkentlik gimnastikachi
Mechislav Murashko esa SSSRning mutloq chempioni unvoniga sazovor
bo‗ladi.
1929 yilda Toshkentda birinchi marta jismoniy madaniyat to‗garaklari
orasida sport gimnastikasi bo‗yicha jamoa musobaqalari o‗tkazildi. Bu davrda
gimnastikada to‗rtkurash mavjud edi: turnik, halqalar, «eshak» (kozyol) va erkin
mashqlar. 1931-34 yillarda butunittifoq jismoniy madaniyat majmuasini (GTO)
tashkil etilishi respublikaning sport hayotida muhim xodisa bo‗ldi. Buning
natijasida
gimnastikani
yanada
rivojlanishi
uchun
imkoniyat
yaratildi.Gimnastikachilar mahorati oshib bordi. 1933 yilda Toshkentda bo‗lib
o‗tgan gimnastika bo‗yicha birinchi rasmiy birinchilikda, so‗ngra esa kelgusi
yillarda E.Dxin, B.YAstrebov, E.Eletskaya, B.Bogatova, V.Nazarova, N.Kotin,
80
A.Petuxov va boshqa gimnastikachilar katta yutuqlarga erishdilar. 1933 yilda
butun O‗zbekiston spartakiadasi bo‗lib o‗tdi. SHu yili «Dinamo» jamoalarining
butunittifoq musobaqalarida O‗zbekistonlik gimnastikachi Rubovskiy katta
yutuqlarga erishdi va 2 o‗rinni egalladi.
1930 yilardan boshlab bolalar va o‗smirlar orasida sport gimnastikasini
rivojlantirish bo‗yicha ishlar olib borildi. Bu davrda Toshkentdagiolimlar uyi
qoshida birinchi bolalar seksiyasi to‗zildi, unga N.V.Kravchenko rahbarlik
qilgan.
Gimnastika qishloq hayotiga ham kirib bordi. 1943 yilda 1 kolxoz-
sovxoz spartakiadasi o‗tkazilgan bo‗lib, uning jamoa birinchiligida guruhli
gimnastika mashqlari kiritilgan edi. Ko‗hna sport klublaridan bo‗lmish
matbuotchilar sport to‗garagi katta muvaffaqiyat qozongan edi. Bu yillarda
mazkur klubda sport gimnastikasi bo‗yicha respublikaning taniqli trenerlaridan
biri M.K. Arxangelskiy ishlar edi. U ko‗plab mohir gimnastikachlarni tarbiyalab
etishtirdi.
1934 yilda bo‗lib o‗tgan II O‗rta Osiyo spartakiadasida jamoa
birinchiligini o‗zbek gimnastikachilari qo‗lga kiritdilar. 1935-37 yillarda
gimnastika rivoji davom etadi, chunki bu yillarda «Spartak», «Lokomotiv»
kabi ko‗ngilli sport jamoalari to‗ziladi.
Bolalar sport maktablari tashkil etilib, ularda gimnastika bo‗limlari
ochildi. Bu esa gimnastika bilan shug‗ullanuvchilar va seksiyalar sonining ortib
borishiga olib keladi. SHu davrning etakchi trenerlari M.Arxangelskiy,
N.Salnikov, N.Kotin, A. Petuxov bo‗lib, ular ajoyib, etuk gimnastikachi va
trenerlarni tarbiyaladilar. Ular orasida xizmat ko‗rsatgan sport ustasi (masteri)
A.Abramyan, SSSRda xizmat ko‗rsatgan trener V.Kurlyand, sobiq SSSRning
mutloq (absolyut) chempioni Genrietta Konovalova, A.Borodin, N.Tarasova,
V.Merkulov bor edi.
1936 yilda O‗zbekistonda birinchi marta sport gimnastikasi bo‗yicha
bolalar birinchiligi bo‗lib o‗tdi. V.Lebedev va R.Tomilina respublika
chempionlari unvoniga sazovor bo‗ldilar. YOsh gimnastikachilar G.Kust va
81
O.Sokolovskaya a‘lo natijalarga erishadilar. Boshqa shaharlardan ham moxir
gimnastikachilar etishib chiqadi. Masalan, CHervichenko – respublikaning eng
kuchli gimnastikachilaridan biri hisoblangan.
1937 yilda shahar xalq ta‘limi bo‗limi qoshida bolalar sport maktabi
tashkil etilib, unda gimnastika bo‗limi ochildi. Bu xol respublikada gimnastikani
kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etdi. XTSHB sport maktabi
ko‗plab bo‗lg‗usi sport ustalarini etishtirib berdi. Mutloq chempion, xizmat
ko‗rsatgan sport ustasi Galina SHamray, sport ustalari A.Markov, S.CHuksieva,
V.Xrimpach, E.So‗rkin, V.Bondarenko, R.Bolshakova, P.Pankratev shular
jumlasidandir.
Mazkur maktab ochilgan kundan boshlab, 1959 yilgacha sobiq
O‗zSSRda xizmat ko‗rsatgan o‗qituvchi Polina Vladimirovna Garfung maktab
direktori lavozimida xizmat qildi. Aleksey Mixaylovich Pokrovskiy 20 yil
davomida shu maktabda etakchi trener bo‗lib ishladi.
1938 yilda Leningradda o‗tkazilgan butunittifoq musobaqalarda bizning
yosh gimnastikachilar birinchi marta ishtirok etib, 5 o‗rinni egalladilar va bu
bilan kuchli jamoalar xisoblangan Kiev, Tbilisi, Minsk jamoalarini ham ortda
qoldirdilar. Kelgusi yili esa jamoamiz 4 o‗rinni egalladi.
1939 yilda butunittifoq musobaqalarda o‗zbekistonlik yosh so‗zuvchilar
2 o‗rinni, gimnastikachilar 4 o‗rinni, engil atletikachilar 6 o‗rinni egalladilar.
Urushdan oldingi yillarda mahalliy millatga mansub gimnastikachilar
bilan ishlash yaxshi yo‗lga qo‗yilgan edi. 1940 yilda respublika terma jamoasi
tarkibida 4 ta o‗zbek yigiti Jo‗raev, Jabborov, Toxirov, ergashevlar bo‗lgan.
O‗zbek qizlari orasidan Maqsudova, Ishoqova, Rozdanova kabi gimnastikachilar
etishib chiqdi. O‗zbek gimnastikachilarini tarbiyalashda Toshkent shahridagi 90
sonli maktab o‗qituvchilarining, jumladan, L.Vapoevning xizmatlari beqiyosdir.
Bu inson ko‗plab yurtdoshlarimiz kabi Ulug‗ Vatan urushida halok bo‗lgan.
Urushdan oldingi davr vazifalariga mos ravishda ishni katta qurilishi jismoniy
tarbiya tizimining mushtarak uslubiy asosi sifatida MMT (GTO) majmuasini
82
tashkil etilishi shu yillarda gimnastikani rivojlanishining asosiy omili
hisoblanadi.
Barcha boshlang‗ich o‗rta maktablarda 1 sinfdan boshlab, 1943 yil 1
yanvardan e‘tiboran harbiy-jismoniy, boshlang‗ich tayyorgarlikni o‗rganish
joriy etiladi.
Harbiy ta‘lim tizimida jismoniy mashqlar salmog‗i katta edi, 1–2
sinflarda safda yurish mashg‗ulotlariga ajratilgan 30 soatdan 24 soati
gimnastikaga to‗g‗ri kelar edi. 3–4 sinflar uchun ham nisbat qariyb shunaqa edi.
5-10 sinf o‗quvchilari uchun safdagi tayyorgarlikning asosiy vositalari sifatida
gimnastika, boks, kurash, so‗zish, futbol, voleybol, granata irg‗itish, sakrash,
arqonga chirmashib chiqish, to‗siqlarni engib o‗tish, velosport mototsikl va
parashyut bilan tanishish tavsiya etilgan. Bundan safdagi tayyorgarlik
mashqlariga 5-7 sinflarda harbiy tayyorgarlikka ajratilgansoatlar yarmi hamda
8–10 sinflar uchun ajratilgan soatlarning uchdan bir qismi to‗g‗ri kelardi.
Bu davrda voleybol, gimnastika, engil atletika, futbol va boshqa sport
turlari bo‗yicha maktab ichra va maktablararo musobaqalar tashkil etilib, bolalar
sport maktablari va maktabdan tashqari boshqa muassasalar faoliyat ko‗rsatgan.
1943 yil sentyabr oyida maktabdan tashqari muassasalarni tiklash
to‗g‗risida maxsus qaror qabul qilindi. 1944 yilda 118ta maktabdan tashqari
muassasa, shu jumladan, 16ta pionerlar uyi, 11ta bolalar sport maktablari
(BSM), 7ta bolalar o‗yingohlari va bog‗lari, markaziy turist – ekskursilon
stansiya mablag‗ bilan ta‘minlangan. BSM da 1944 yilda 2000dan ortiq
o‗quvchi shug‗ullangan. Toshkent shahar xalq ta‘limi bo‗limining etakchi
BSMida gimnastika, qilichbozlik, kurash, engil atletika, so‗zish, boks seksiyalari
faoliyat ko‗rsatgan.
Buyun g‗alaba yaqinlashgan sari ommaviy – sport ishlari faollashdi.
Masalan: 1945 yilda o‗quvchilarning ta‘til vaqtida o‗tkazilgan ommaviy – sport
tabirlari rejasi an‘anaviy shahmat turnirlari va otish musrbaqalaridan tashqari,
Toshkentda gimnastika bo‗yicha respublika bolalar musobaqalarini o‗tkazishni
ham mo‗ljallagan.
83
Tabiiyki, urush mamlakatimiz xalqlarining osoyishta mehnatini
vaqtincha bo‗lsada, izdan chiqardi. Vatan urushi frontlarida A.Boyarinov,
U.Asadov, V.Borodin kabi o‗zbek gimnastikachilari shijoat bilan jang qilishdi,
G.Xutoryanskiy Vatan himoyasi yo‗lida halok bo‗ldi. Etakchi trenerlar shu
yillarda harbiy qo‗mitalarda ish olib borishdi. Biroq, hatto shu davrda ham
ishlab turdi, musobaqalar o‗tkazildi, sport yutuqlarining o‗sib borishi bilan bir
qatorda gimnastikachilarni o‗qitish uslubiyati va texnikasi ham taraqqiy etdi.
1935 yilda jismoniy madaniyat texnikumi ochilgan bo‗lib, unda Moskva
instituti bitiruvchisi YAn Xalilovich Murtazin, shuningdek, Rashid Xamidov va
Umar Asadovlar gimnastikadan saboq berdilar.
1936 yilda texnikum talabalari R.Xamidov va P.Zaviruxa respublika
chempionlari unvoniga sazovor bo‗ldilar.
Texnikum tarbiyalanuvchilari: Muxammadali Tojiev – dotsent, 1966-
1971 yillarda gimnastika kafedrasining mudiri; Georgiy Davidovich Jorjoladze –
gimnastika kafedrasi mudiri; so‗ngra qishki sport turlari bo‗yicha bolalar sport
maktabi direktori, jismoniy madaniyat institutida 1955 yildan 1973 yilgacha
faoliyat ko‗rsatgan; Karim Jo‗raev – taniqli gimnastikachi, birinchiliklar
sovrindori, o‗zzoq yillar davomida TKXIMI jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri;
Rixsi Olimova-G‗ozieva, dotsent, JMI kafedra mudiri; YUriy Albertovich
Isxoqov 1946-49 yillarda respublika terma jamoasi tarkibida suvga balandlikdan
sakrash bo‗yicha sovrindor bo‗lgan, dotsent, ToshDU da jismoniy tarbiya
kafedrasi mudiri, O‗zbekiston gimnastika federatsiyasi Prezidenti bo‗lgan.
Dostları ilə paylaş: |