TAJRIBALI MURABBIYLAR
Sport gimnastikasini rivojiga xissa qo„shgan tajribali murabbiylar:
Vnuchkov V.V., Petuxov A.V., Arxangelskiy A.M., Pokrovskiy A.M., Petrov
G.V., Indler G.V., Egorov YU.P., Popov YU.P., Isxakov YU.A., Surkin R.S.,
Melkumov B.V., Usikov V.I., Pak A., YUsupov B.M., Ibragimov T.S., Petrov
YU.V., Neklyudov YU.M., Kurlyand V., Kotin N.V., Karimov T.S., Diomidov
A.V., Kvetnoy S.X., Sarkisov R.G., Ermakov YU.Z., Bolshakov G.V., Aksenov
V.F., Bondarenko Z.M., Kuznetsova Z.M.
1955 yildan boshlab Toshkent Davlat jismoniy madaniyat oliygohida
kafedra mudiri lavozimida Egorov YUriy Pavlovich, Malomet Venyamin
85
Aleksandrovich,
Xorobrov
Vasiliy
Aleksandrovich,
YUsupov
Botir
Muxamedovich,
Jorjoladze
Georgiy
Davidovich,
Berezin
Aleksey
Maksimovich, Tojiev Muxammadali Usmanovich, Niyozbekov Ulug‗bek
Rustamovich, Lebedev Nikolay Ivanovich, Efimenko Aleksandr Ivanovich
faoliyat ko‗rsatishgan.
Sergey Diomidov va Elvira Saadi o‗z davrining erkin gimnastika
yuldo‗zlari bo‗lgan. Sergey Viktorovich Diomidov sobiq SSSRda xizmat
ko‗rsatgan sport ustasi, 60 yillarning eng yaxshi gimnastikachilaridan biri. 1965
va 1969 yilda absolyut SSSR chempioni, xalqada bajariladigan mashqlar
bo‗yicha 1968 yilgi SSSR chempioni, bruslarda bajariladigan mashqlar bo‗yicha
1964, 1966, 1970 yilgi SSSR chempioni, turnikda bajariladigan mashqlar
bo‗yicha 1970 yilgi SSSR chempioni.
Saadi Elvira Fuadovna (1952y. Toshkent) SSSRda xizmat ko‗rsatgan
sport ustasi, Xalqlar do‗stligi ordneni (1976y.) bilan taqdirlangan. Jamoa
birinchiligida 1972 yilda erkin mashqlar va xodada bajariladigan mashqlar
bo‗yicha SSSR chempioni, xodada bajariladigan mashqlar bo‗yicha 1973 yilgi
CCCR chempioni.
Kafedra o‗qituvchilari doimo o‗z kasbiy mahoratlarini oshirishga
harakat qilishadi. Ular tomonidan darslik, maqolalar, uslubiy qo‗llanma, uslubiy
tavsiyalar va ilmiy maqolalar nashr qilingan. Kafedra o‗qituvchilari va
bitiruvchilari orasida fn doktori ilmiy darajasini ikki kishi Xankeldiev SH.X. va
YUldashev X.K. professor ilmiy unvonini 3kishi – Xankeldiev SH.X., YUnusov
T.T., YUldashev X.K., YUnusova YU.M. dotsent ilmiy unvonlarini 20dan ortiq
kishi olishgan.
Gimnastika kafedrasi o‗qituvchilari bir necha yillar davomida sport
gimnastikasi bo‗yicha respublika terma jamoasi a‘zolari faoliyatining pedogogik
nazoratida ishtirok etadilar va texnik tayyorgarlikni yanada mustahkamlash
borasida tavsiyalar berdilar. Gimnastikachilarni muntazam ko‗zatuv natijalari
ilmiy to‗plamlarda nashr qilinadi va sportchilarni musobaqalarda muvaffaqiyatli
ishtirok etishga o‗z hissasini qo‗shdi.
86
Gimnastika rivojlanib borgan sari sport bazalarini jihozlar bilan etarli
darajada ta‘minlanishiga talab ortib bordi. Agarda hozirgi sport zallarni 50
yillardagi sport zallari bilan taqqoslab ko‗rilsa, Respublikamizning eng sara
gimnastikachilari qanday sharoitda shakllangan haqida tasavvurhosil qilish
mumkin bo‗ladi.
.Oxirgi
yillarda
A.Mansurov,
R.Afzalov,
E.Valeev,
Oksana
CHusovitina, Anton Fokin va Anastasiya Dzyundzyak kabi oliy toifadagi o‗zbek
gimnastikachilari o‗z mahoratlarini namoyish etmoqdalar.
O‗zbekiston tarixi rivojlanishining yangi bosqichda sport gimnastikasi
namoyondalarining yangi nomlari paydo bo‗ladi deb umid qilamiz. YOsh
sportchilarda yuksak natijalarga intilishni tarbiyalash maqsadida o‗rnak bo‗lishi
uchun oliy toifadagi mohir gimnastikachilar faoliyatini o‗rganish joizdir.
Gimnastikachilar
mahorati
to‗xtamasdan
rivojlanishi
uchun
mutaxassislar
sportchi
tayyorganligining
turli
bosqichlarida
taxsimda
ko‗rsatilganidek o‗z rollarini taqsimlashlari lozim. Sportchi mahoratini oshirish
maqsadida uni mashq qilish uchun yaxshi sharoitlar yaratilgan jamoalarga
jo‗natish ham maqsadga muvofiq hisoblanadi. CHunki mohir gimnastikachi va
trenerlar bilan muloqotdabo‗lish, o‗tishuslubiyatining turlicha ushbu murakkab
sport turi bilan shug‗ullanayotgan yosh sportchiga ijobiy ta‘sirlanadi.
Jahon hamjamiyati rivojlanishining zamonoviy bosqichda sport
mamlakat farovonligi va iqtisodiy taraqqiyotining ko‗rsatkichlaridan biri
hisoblanadi. SHu bois, sportchilar yuqori davlat boshliqlari va keng jamoatchilik
tomonidan qo‗llab quvvatlanmoqda. Zamonaviy aloqa vositalari va ayniqsa,
televidenie yordamida kurramizdagi millionlab odamlar avval notanish bo‗lgan
sport turlari bo‗yicha jahon sport maydonlarida o‗tkazilayotgan qizg‗in
bellashuvlarning guvohlari bo‗lishmoqda. YUksak toifadagi sportchilarni izlash,
saralash va ularni sport mahoratini mukammaltirish bilan shug‗ullanuvchi turli
tashkiliy to‗zilmalar tashkil etilgan.
SHunday tashkilotlardan biri Toshkentdagi Respublika Olimpiya
rezervlari bilim yurti bo‗lib, u 1961yil noyabr oylarida tashkil etildi. Mazkur
87
bilim yurtisobiq Ittifoqdagi sport yo‗nalishidagi birinchi umumta‘lim maktab-
internati hisoblangan. Bilim yurti murabbiylari va talabalari O‗zbekiston sporti
rivojiga katta hissa qo‗shib kelmoqdalar.
G.Titov nomidagi Respublika sport yo‗nalishidagi umumta‘lim maktab-
internati (RSYOMI), hozirgi Respublika Olimpiya Zaxiralari kolledji bilim
yurtining , sport gimnastikasi bo‗limi faoliyat ko‗rsatib kelayotgan davr isida
ko‗plab yuqori toifdagi sportchilar tayyorlandi. Ular Olimpiya o‗yinlari, jahon
chempionati, xalqaro va umumittifoq musobaqalarida O‗zbekiston sha‘nini
muvaffaqiyat bilan ximoya qilishdi.
Bular, eng avvalombor, xizmat ko‗rsatgan sport ustalari: Irina
Baraksanova 1985 yil jahon chempioni 1986 yilgi «YAxshi niyat o‗yinlari»
chempioni, Oksana CHusovtina Olimpiya o‗yinlari chempioni , Rozaliya
Galieva Olimpiya o‗yinlari chempioni .
Xalqaro toifadagi sport ustasi Olovuddin Otaxonov ko‗plab halqaro
turnirlar, umumittifoq musobaqalari g‗olibi, jahon chempionati ishtirokchisi).
Dostları ilə paylaş: |