78
ularning yutuqlarini namoyish etish imkonini berdi. 1921 yilda Turkfront
vseobuch boshqarmasi qoshida jismoniy madaniyat Markaziy Soveti tashkil
etiladi. Uning maqsadi – turli jismoniy madaniyat tashkilotlarini birlashtirish va
Turkiston mehnatkashlarini jismoniy tarbiyalash ishlarini rejaga muvofiq
boshqarishdan iborat edi.
1921 yilda II O‗rta Osiyo Olimpiadasi ochildi.Uning dasturi I olimpiada
dasturiga nisbatan ancha kengaytirilgandi.
1919 – 1921 yillarda Farg‗ona maktabida jismoniy madaniyat bo‗yicha
dars bergan G.M.Bernatskiyning xikoya qilishicha, gimnastika darslari majburiy
bo‗lgan va talabalar tomonidan sevilib o‗rganilgan.
1920 yilda Farg‗ona oblasti harbiy komiteti qoshidagi Vseobuch bo‗limi
«Besh yillik maktablarning 1 va 2 sinflarida jismoniy tarbiyadan ta`lim berish
bo‗yicha qisqa dastur»ni ishlab chiqdi. Dasturda gimnastika, yugurish, sakrash
o‗yinlari bilan shug‗ullanish nazarda tutilgan. Mazkur dastur mundarijasida
quyidagilar bayon etilgan. «Gimnastika maqsadi-to‗g‗ri jismoniy rivojlanishga
erishish,
organizm
faoliyatidagi
kamchiliklarni
to‗zatish, harakatlarni
koordinatsiyalash qobiliyatini yo‗zaga keltirish, tartib-intizomni rivojlantirish va
asab sistemasini mustahkamlash.
YUgurish:
yurak, o‗pka, ovqat xazm qilish a‘zolarining faoliyatini
faollashtirish, ichki a‘zolar mushak tolalarini rivojlantirish, iroda va shijoatni
kamol toptirish.
Dostları ilə paylaş: