99
ta‘sirida organizm ishga tez kirishib keta olmaydi, chunki aosiy sistema va
organlarning funksiyasi sust xolatda bo‗ladi. Ertalabki gimnastika odamning
butun organ va sitstemalarini ishga faol kirishishiga yordamlashadi.
Faqat to‗g‗ri bajariladigan mashqlar (belgilangan me`yorda amplitudaga
va muskullarning zo‗r berish harakteriga rioya qilish) shug‗ullanuvchilarning
organizmga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi.
Katta yoshdagi kishilar nafas to‗xtab turadigan, zo‗r keladigan,
cho‗ziladigan, sakrash va tez egilib turadigan xolatlarni talab qiladigan
mashqlarni bajarmasliklari lozim. Ular mashqlarning ta‘sir qilish darajasi va har
bir mashg‗ulotda mashqlar nagro‗zkasi me‘yori to‗g‗risida vrachdan muntazam
maslaxat olib turishlari kerak, jismoniy tarbiya mutaxassislaridan esa
mashqlarning harakteri, ularning xususiyat va qo‗llanish metodikasi to‗g‗risida
maslaxat olishlari darkor.
2.
Tanlab olingan mashqlar shug‗ullanuvchilarga har tomonlama ta‘sir
ko‗rsatishi kerak. Ularning tananing turli qismlari bilan har xil yo‗nalishda,
tezligi va muskul zo‗riqishini o‗zgartirib bajarish kerak.
3.
Kompleksga to‗g‗ri qomad xolatini his qilish uchun, shuningdek har xil
nafas olish turlari (ko‗krak, diafragma, aralash nafas olish,) uchun maxsus
mashqlar kiritish zarur.
4.
Kompleksga shug‗ullanuvchilarning tayyorgarligi va uni bajarish
vaqtiga qarab 8 tadan 15 tagacha mashq kiritiladi. Ertalabki gigienik gimnastika
8-10 mashqdan iborat bo‗ladi. Kundo‗z kuni bajariladigan gigienik gimnastika
esa 10-15 ta mashqdan iborat bo‗ladi. Gigienik gimnastika bilan shug‘ullanishni
endigina boshlaganlar uchun mashqlar miqdori oz bo‗lgani maqul.
Dostları ilə paylaş: