100
Ritmik gimnastika maxsus mashqlarning anketasini tashkil qilib,
shug‗ullanuvchilarning sog‗ligini yaxshilaydi kayfiyatini oshiradi, muskul
harakatidan roxat bag‗shlaydi, nerv sistemasining tonusini oshiradi.
Buning xammasi kishining sog‗ligini mustaxkamlaydi, ish qobiliyatini
oshiradi. Ritmik gimnastika bilan xamma xam shug‗ullanishi mumkin, u yuqori
samarali ta‘sirko‗rsatadi va qiziqarlidir.
Ritmik gimnastika mashqlari tananing barcha qismlari va chaqqonlik,
egiluvchanlik va bardoshlik kabi jismoniy sifatlarning rivojlanishiga ta‘sir
ko‗rsatadi.
Mo‗zika
jo‗rligi
harakat
ritmiga
ta‘sir
ko‗rsatib,
shug‗ullanuvchilarning ruxiy xolatini ko‗taradi. SHug‗ullanuvchilar harakatni
keskinroq qilishga harakat qilishadi bu esa ularning organizmiga ta‘sirini
oshiradi.
Ritmik gimnastika atletik rivojlanishga qaratilgan bo‗lishi mumkin,
bunda mashqlar bardoshlik, kuch va qayishqoqlikni rivojlantirishga qaratilgan
bo‗ladi. Ritmik gimnastika komplekslari ko‗proq raqs harakatlaridan iborat
bo‗lib, xotin-qizlarning raqslarga bo‗lgan extiyojini qondiradi.
Gimnastika komplekslari o‗z xususiyatiga ega. Birinchidan, bu
komplekslarda aerobik xususiyatlarga ega bo‗lgan (yugurish, sakrashlar)
harakatlar va shuningdek cho‗zish, qayishqoqlik, bo‗g‗in harakatlarini
oshiruvchi mashqlar qo‗llaniladi.
Ikkinchidan, muzika jo‗rligi uchun faqat disko oxanglarigina emas,
milliy kompozitorlarning muzikalari va xalqlar raqslari qo‗llaniladi. CHiroyli
harakat shakllantirish bilan birga biz kishining ruhiy dunyosiga ta‘sir
ko‗rsatamiz. SHuning uchun yosh kishini tarbiyalashda kishilarning dam olishi
uchun samarali vositadir.
Dostları ilə paylaş: