XOTIN–QIZLAR GIMNASTIKASI TAVSIFI, XUSUSIYATLARI
VOSITALARI
Xotin–qizlar organizmi o‗zining to‗zilishiga ko‗ra gavdaning o‗zunroq
bo‗lishi, elka bo‗g‗inining torligi, tosning kengligi bilan farqlanadi. Xotin-
qizlarda tirsak bo‗g‗inining ortiqcha yozilish va ko‗pincha oyoqlarni «X»-
110
shaklida bo‗lishi ko‗proq uchrab turadi. Bu omillar yugurishda, sakrashda
yuqori natijalarga erishishni, shuningdek o‗zoq vaqt tayanib turishni
qiyinlashtiradi, jaroxatlanish extimolini ko‗paytiradi. SHu sababli mazkur
muskul guruhlari uchun maxsus tanlab olingan mashqlar orqali yuqorida
aytilgan bo‗g‗inlarni mustaxkamlash zarur.
Xotin–qizlar erkaklardan yana yurak hajmining kichkinaligi, uning
sistolik va minutlik hajmi kamroq, maksimal kon bosimi balandroq, o‗pkaning
havo sig‗imi kichkina, tomir urushi va nafas olishining tez bo‗lishi bilan farq
qiladi. Biroq jismoniy tarbiya yoki sport bilan sistematik shug‗ullanadigan
xotin–qizlarning sog‗lig‗i va jismoniy holatining ko‗rsatkichlari sport bilan
shug‗ullanmaydigan xotin–qizlarnikidan ancha yuqori bo‗ladi.
GIMNASTIKA SPORT TURINI TARAQQIYOT ETISHNING
OMILLARI
Gimnastikaning rivojlanib kelishiga murabbiylarning faolligi etishmaydi.
Rivojlanishi uchun quyidagi omillar talab qiladi (1-rasm).
1.
Sotsial himoyasi bo‗lishi kerak. Bu davlat tarafidan moliyalashtirish.
2.
Gimnastikaning nazariyasi va metodikasi. Bu ilmiy tadqiqot orqali va
murabbiylarni ilg‗or natijalarini o‗quv qo‗llanma, uslubiy qo‗llanma va
darsliklarga kiritish. Hozirgi kunda informatsion texnologiyalar ilg‗or horijiy
davlatlar metodikalarini qo‗llash.
3.
Murabbiylarni sonini kerakli murabbiylik kadrlarini kerakli darajada
etkazish. Murabbiylarning tayyorgarlik jarayonida bilimli kadrlarni tayyorlash,
asosiy yo‗nalishga qaratilishi kerak. Bu jarayonda murabbiylarni qayta
tayyorlash tizimi jismoniy tarbiya institutlari, universitet fakultetlari yaxshi
yo‗lga qo‗yilishi kerak (1-chizma).
111
4.
Sportchilarni soni va sifati. Bu omil aholi ko‗p davlatlarda Xitoy,
Rossiya, Amerika e‘tibor berishmaydi. Davlatlarda kam aholi shu sport bilan
shug‗ullanishini jalb qilish muammo bo‗lib qoladi.
5.
Sportni boshqarish tizimi davlatdagi boshqarish tizimi davlatni
ajratilgan mablag‗i katta ahamiyatga ega. Juda katta mablag‗ ajratiladigan
davlatlarda natijalar bor (yangi sport inshootlari, uch bosqichli musobaqalar
soni, va x.k.).
6.
Gimnastikaning moddiy texnik bazasi. Maxsuslashtirilgan zallar,
ayollar va erkaklar uchun moslashtirilgan ko‗pkurash turlariga zamonaviy
jixozlar, yordamchi jixozlar, tiklovchi honalar, xozirgi paytda gimnastika
jixozlari yilma yil o‗zgarib bormoqda. YAngi zamonaviy materiallardan
foydalanilmoqda.
7.
Murabbiylarni oyligi faqat standartlashtirish emas balki premya yaxshi
tayyorlangan yaxshi natija ko‗rsatgan sportchi uchun faol ta‘minlanishi
mumkin. Boshqa sport turiga qaraganda gimnastika sport turida 13-15 yoshda
yuqori natijalarga erishadi.
8.
Gimnastikani targ‗ibot qilish milliy an‘analarga aylantirilgan. Sport
gimnastika har xil millatlarda o‗zini namoyon qilishi mimkin. Bugungi kunda
sportchilarni musobaqaga qatnashish davlatlar geografiyasi kengayib ketmoqda.
112
Xulosa qilib shuni aytib o‗tish mumkinki faqatgi xamma olmillarni
optimallashtirgan holatda echimini topsa, yuqori natijaga erishish mumkin.
Gimnastikaning ko‗pkurash turlaridagi mashqlarning rivojlanishining
asosiy omillari.
Dostları ilə paylaş: |