O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Dastakli otda mashqlar.
Bu ko‗pkurash turining o‗ziga xos mashqlar 
qiyinchilik darajasini oshish sur‘atini saqlanib qolishi bilan bog‗liq ancha 
mustahkam an‘analar o‗rnatildi. Dastakli otdagi mashqlar har xil aylanish 
turlari, otning barcha qismlaridagi tayanish turlarida bir oyoqli siltanishlar bilan 
harakaterlanadi. Aylanasimon harakatlarni bajarishda aylanalar bukilgan oyoq 
bilan bajarilishi kerak. Elementlarni qo‗llarda tik turish orqali bajarishga ruxsat 
beriladi. Turli strukturali guruh elementlari siltanish va to‗xtovsiz bajarilishi 
kerak. Otda kuch elementlari mumkin emas.
Oyoqlarni keng ochib aylanishlar, ya‘ni chexiyacha, nemischa hamda 
ruscha va yangicha ko‗ndalangiga aylanib o‗tishlar erkin dasturdagi oddiy 
o‗tishlar va aylanishlarni siqib chiqardi. 


114 
Zamonaviy mashqlarda bitta dastakda ishlash muhim o‗rin egallaydi. 
Ikkala dastakda tayanib bajariladigan deyarli hamma element va birikmalar 
bitta dastakda ham bajarsa bo‗ladi. 
YAkkacho„pda mashqlar
– eng harakaterli va o‗ziga xos ayollar 
gimnastikasi ko‗pkurashi turi bo‗lib, unda harakat aniqligi yordamida tana 
turg‗unligini saqlash va muvozanat saqlashdagi nafislik bilan etakchi rol 
o‗ynaydi. 
70-yillarda chet elda hamma ixtiyoriy kombinatsiyalarga juda ham 
muhim bo‗lgan oldinga va ayniqsa orqaga tez to‗ntarilishni ikkilanmay kiritgan, 
chunki yakkacho‗pda haqiqiy sakrash birikmalarini bajarish uchun yo‗l ochib 
bergan. 
SHu yil o‗rtalaridagi belorus gimnastikachisi ko‗rsatgan sal‘to Korbut
barcha eski an‘analarni qo‗pol ravishda bo‗zilishigi olib keldi va novatorlik 
jarayonni to‗xtatishni iloji yo‗q edi. YAkkacho‗pdagi mashqlar original 
sakrashlar bilan rondat – flyak – sal‘to kabi bog‗lamalar bilan to‗ldirildi.
Gimnastika yakkacho‗pida akrobatik rivojlanish bugungi kunda ham 
davom etmoqda. Asosiy strategiya – tayanch bo‗ylab harakat tezligin oshirish 
bilan birga kuchli sakrash texnikasini egallash, yangi element va birikmalarni 
kiritish (trener va gimnastikchi oldiga qo‗yiladigan ijodiy vazifa). 
Halqa
 
– murakkab harakatlanuvchi loyiha. U gimnastikachidan katta 
harakat aniqligini, kuch harakteriga ega bo‗lgan element va birikmalarning 
ko‗pligi – kuch chidamliligi darajasini ancha yuqori bo‗lishini talab qiladi. Bu 
mashq asosida yotadigan kuchni demonstratsiya qiluvchi yagona ko‗pkurash 
turidir. 
Keyingi yarim asrlarda xalqada mashqlar rivojlanishi bo‗yicha xuddi 
spiral bo‗lib ko‗tarildi. Boshida snaryad bilan asosan kuch mashqlari bajarish 
uchun ular siltanish turlarini, keyin esa siltanishni yo‗qotib yana kuch 
komponentlarini ola boshlashdi.
Xalqada siltanish mashqlarini takomillashtirishda energiyaga boy, 
orqaga va oldinga baland vikrut ga o‗xshash harakatlar muhim rol o‗ynaydi. 


115 
Zamonaviy baland vikrut - bu yakuniy holatni saqlamaydigan(fiksatsiya) to‗g‗ri 
qo‗llar bilan bajariladigan aylanma harakat. 
YAngi siltanish texnikasi gimnastikachilarga zamonaviy baland turli 
ikkitalik sal‘toni 360 va undan ortiq gradusga burilib bajarish imkoniyatini 
beradi.
SHaxsiy usulda ijro etishdagi benuqson manera, harakatning maksimal 
amplitudasi, ishonchli turg‗unlik, shu bilan birga tana holati va chiroyli qaddi 
qomat - bu dunyoning etakchi gimnastikachilari uslubidir. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə