119
III BOB. GIMNASTIKA MASHQLARI ATAMALARI
Tayanch iboralar:
atama, umumiy atamalar, asosiy atamalar,
qo‘shimcha atamalar, umumlashtirilgan yozuv, aniq atama yozuv, qisqa yozuv,
grafik yozuv
ATAMANING AHAMIYATI
Ko‗p
bilim sohalarida, turli ishlab chiqarish, harakat faoliyatlarida
buyum xodisa, tushuncha, jarayonlarini qisqacha
ifodalash maqsadida maxsus
atamalardan foydalaniladi.
10
Jismoniy tarbiyada, jumladan behad ko‗p mashqlar qo‗llaniladigan
gimnastikada, terminologiya juda muhim rol o‗ynaydi.
Atama mashg‗ulotlar vaqtida o‗quvchilar bilan o‗qtuvchilarning o‗zaro
munosabatlarini engillashtirish, ginastikaga oid adabiyot nashr qilishda
gimnastika mashqlari ta‘rifini soddalashtirishda yordam beradi.
Gimnastika
atamalari gimnastikadan boshqa mashg‗ulotlarda ham keng qo‗llaniladi.
Gimnastika mashqlarning aniq nomini bilmasdan turib uni o‗rganish
qiyin. SHu sababli ularni o‗rganish jarayonida terminologiyaning ahamiyati
ayniqsa,
kattadir.
Qisqacha
termin-so‗zlar
harakat
ko‗nikmalarini
shakllantirishga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, ular
mashqni bajarish uchun o‗zini tayyorlashga yordam beradi, o‗quv jarayonini esa
yanada ixcham va maqsadga muvofiq qiladi.
Gimnastika atamasi - bu gimnastika mashqlari,
umumiy tushunchalari,
snaryadlar, inventarlarning nomlarini qisqacha ifoda etish uchun qo‗llaniladigan
maxsus nomlar (terminlar) tizimi, shuningdek terminlar, shartli (belgilab
qo‗yilgan) qisqartirishlarning, mashqlarni yozish shakllarining to‗zilishi hamda
ishlatilish qoidalaridir.
10
«Гимнастика»
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 52-бет
120
Atama leksikasining bo‗limi sifatida shu fanning mazmuni, nazariyasi va
amaliyoti bilan yaqindan bog‗liqdir.
Gimnastikada termin deganda, biron harakatlantiruvchi faoliyat yoki
tushunchaning qisqacha shartli nomi tushuniladi.
Boshqa
sohalardagi kabi, gimnastika terminologiyasi ham jismoniy
tarbiya taraqqiyoti bilan bir qatorda takomillasha bordi chunki, amaliyot va
fanda nimaiki yangilik paydo bo‗lsa, u tilda muqarrar aks etib, uni boyita boradi.
Vatanimizda gimnastika atamasi 1938 yilda joriy etilgan bo‗lib, rus
adabiy tili lug‗at fondi asosida qurilgan edi. SHuning uchun u gimnastika bilan
shug‗ullanuvchilarning turli kontengentlariga
anchagina tushunarli va yaqin,
shuningdek sobiq halqlarning boshqa tillarga to‗g‗ri (mashqlar mazmuniga
qarab) tarjima qilish imkonini beradi. YAngi terminologiyaning afzalligi avvalo,
shundan iboratki, terminlar to‗zish va ularni qo‗llashga ilgaridan boshqacha
yondoshilardi. Mualliflar terminlar to‗zish sistemasini har bir harakatining eng
harakterli xususiyatlarini ko‗rsatish
bilangina cheklanib, ayni vaqtda shu
harakatni aniq va qisqa ta‘riflash imkonini beradigan qilib belgiladilar.
Gimnastikaning rivojlana borishi, nazariya va amaliyotda erishilgan
yangi-yangi yutuqlar gimnastika terminologiyasini
yanada takomillashtirishni
taqozo qiladi.
Gimnastika bo‗yicha 1962-1963 yillardagi konferentsiyalari ham shu
masalaga bag‗ishlangan edi.
Jismoniy tarbiya inistitutlari, ayniqsa Moskva,
Leningrad va Kiev
jismoniy tarbiya institutlari gimnastika kafedralarining o‗qituvchilari
gimnastika terminologiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‗shdilar.
Dostları ilə paylaş: