ATAMAGA QO„YILADIGAN TALABLAR
Atama o‗z ma‘nosining aniqligi va ixtisoslashganligi bilan odatdagi
leksik so‗zlardan farq qiladi. So‗zlar terminga aylangach, zarur bo‗lgan bir
ma‘nonigina anglatadi (kirish, engashish, tashlanish, ko‗prik, pastga tashlanish,
osilish, tayanish va hokazolar). Bunda terminlar biron tushunchani, harakatni
121
bildiribgina qolmay, balki uni turdosh tushuncha, harakatlardan ajratib, aniqlab
beradi.
11
Atamaga ma‘lum talablar qo‗yiladi:
1.
Tushunarlilik.
Ona tili lug‗at tarkibi va boshqa tillardan olingan
so‗zlar, shuningdek, internatsional termin - so‗zlar asosida qurilgan bo‗lib,
mazkur halq tilidagi va so‗z yasash va grammatika qoidalariga to‗la mos bo‗ladi.
SHundagina atama so‗zlar tushunarli, hayotiy va barqaror bo‗ladi. Ona tili
qoidalarini bo‗zilishi atamalarning tushunarli bo‗lmay qolishiga olib keladi.
2.
Aniqlik.
Atama ta‘riflanayotgan harakat (mashq) yoki tushunchaning
mohiyati haqida ochiq oydin tasavvur beradigan bo‗lishi kerak. Atamaning
aniqligi mashq haqida to‗g‗ri tasavvur hosil qilish uchun katta ahamiyatga
molik bo‗lib u mashqni tezroq o‗rganib olishda yordam beradi.
3.
Qisqalik.
Atamalar qisqa, talaffo‗z etishga qo‗lay bo‗lgani ma‘qo‗l.
Mashqlarga nom berish va ularni yozishni engillashtiradigan qisqartiruv
qoidalari ham shunga xizmat qilishi darkor.
GIMNASTIKA ATAMALARIGA OID QOIDALARI
ATAMALAR YASASH USULLARI
Atama yasashning eng ko‗p tarqalgan usuli – mavjud so‗zlarga yangi
ma‘no berish (ularni boshqacha tushunish). Masalan, ko‗prik, kirish, o‗tish,
chiqish kabi so‗zlar gimnastikada ana shunday atamalardan hisoblanadi.
12
Ko‗pincha atama so‗zlarning, masalan, baland-past (qo‗shpoya),
balandlab-o‗zoqqa (sakrash) singari o‗zaro birikishidan ham yasaladi.
Osilish, tayanish, tebranish, o‗tirish va shu kabi ayrim so‗zlar atama
sifatida qo‗llaniladi.
Statik holatlarni bildiradigan atama masalan, tayanish, bilaklarga
tayanish, qo‗llarga tayanish, kuraklarda turish, boshda turish, qo‗llarda turish,
kabilarda tayanch sharti hisobga olinadi, osilish, burchakli osilish, bukilib
11
«Гимнастика»
В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 71-бет
122
osilish, egilib osilish, singarilarda esa gavda holati (uning bo‗g‗inlarini bir biriga
nisbatan qanday turishini) hisobga olib yasaladi.
Tebranish mashqlarining atamalar muayyan harakatlantiruvchi faoliyat
xususiyatlarini hisobga olib yasaladi. Masalan: bilaklarga turib oldinga siltanib
ko‗tarilish, qaddini rostlab siltanib ko‗tarilish, oyoqni juftlab yoki bitta oyoqda,
ko‗tarilish va hokazo.
Sakrash va sakrab tushish atamalari sport gimnastikasida gavdaning
havodagi holatiga qarab belgilanadi, masalan: oyoqlarni yig‗ib sakrash,
oyoqlarni kerib sakrash, to‗ntarilish; badiiy gimnastikada gavda bilan oyoqlar
holatiga qarab belgilanadi: yopiq sakrash, ochiq sakrash, hatlab sakrash,
sapchish, tayanib o‗mbaloq oshish, tashlanib sakrash, siltanib sakrash, chir
aylanib sakrash va hokazolar.
Dostları ilə paylaş: |