116
Zamonaviy baland-past qo‗shpoya – bu o‗ziga xos ikkitalik turnik. Bu
snaryadda kombinatsiya bajarishda aniq ifodali dinamikaga erishilgan. Bunda
eng harakaterli harakatlardan biri uchib o‗tishlar.
Bu turdagi texikani rivojlantirish bo‗yicha qilingan xattoki bir lahzali
tahlillar ham baland past qo‗shpoyadagi mashqlar xaqiqatan cheksiz ekanligiga
guvohlik beradi. Katta aylanish, Tkacheva uchishi va Del‘cheva sal‘tolarining
turlanishi hisobiga mashqlar kompozitsiyasida muhim o‗zgarishlar bo‗ldi. SHu
bilan birga oyoqlarni kerib (SHtalder) va tik turib 360 ° va undan ortiqda
burilish bilan siltanib (peremax) orqaga aylanish taqdim qilindi.
Osilishdan sal‘toli harakat katta aylanishlar bilan birga tezda taraqqiy
etdi. Hozirgi paytda gimnastikachilar bukilib ikki martalik sal‘toda qo‗rqmasdan
chiqishmoqda.
SHunday qilib, energiya hosil qiluvchi harakatlar texnikasini mutlaqo
egallash qo‗shpoyada gimnastikachining texnik tayyorgarligi bo‗yicha birinchi
darajali ahamiyatga egadir.
Turnik
– gimnastika ko‗pkurashining eng samarali turlaridan biridir. U
yangi element va birikmalarni ijro etish texnikasi talqin qilishda boshqalarga
qaraganda ko‗proq, model snaryad hisoblanadi. Uchish gimnastikasining
ochilishidagi g‗alaba chambari aynan unga tegishlidir va natijada eng kuchli
gimnastikachilar yuksak mahoratga erishdilar. Gimnastika tomoshabinlar
uchun ancha qiziqarli va jozibali bo‗lib qoldi. Uchish fazasi bilan ifodalanadigan
element va birikmalar eng qiyin, ba‘zida xavflidir. Tavakkal qilish (risk)
elementlari ancha o‗sdi. Xalqaro musobaqa qoidalari qiyinlashdi, mashqlarni
qiyinchiligiga qo‗yilgan talab oshdi, lekin u erda yozilganki, mashqning
qiyinligi ijro etish sifatiga ta‘sir etmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: