113
Ikki va uch akrobatik elementlarni qisqa birikmasi ―kichik‖ akrobatika
arsenalini tashkil etadi. ―Katta‖ akrobatika elementlari ko‗proq atletik
harakaterdagi elementlarni o‗z ichiga oladi. Masalan, rondat-flyak-orqaga templi
sal‘to-orqaga kerishib ikki marta sal‘to.
YAqindagina erkaklarning imtiyozi sanalganikki martalik sal‘toga
o‗xshash akrobatik sakrashlar ayollarni tomonidan ham puxta egallangan, a uch
bosqichniegallash bo‗yicha ayollar erkaklardan kuchliroqdir.
Mazkur holatda akrobatika, xoreografiya, musiqa jo‗rligini tanlash
kompozitsiyaga, akrobatik elementlar va birikmalarni ijro etish sifati,
harakatning ifodaliligi, artistizm esa ijro mahoratiga bog‗liq bo‗ladi.
Erkin mashqlarda gimnastikachilar faqatgina qiyinchilik guruhidagi
(A,B,S,D,E va super e guruh elementlari) mavjud element va birikmalar
hisobiga
rag‗batlantiruvchi ballar olishi mumkin. SHunday qilib,
rag‗batlantiruvchi ballar qachonki juda qiyin sharoitda bu element va birikmalar
texnik tomondan to‗g‗ri bajarilsagina beriladi.
YUksak mahorat – bu kombinatsiyani yaxlitligicha zamonaviy texnik
darajada bajarishni harakaterlaydigan, yuqori baho bilan tasdiqlanuvchi,
artistizm, individual manera va ijro usuli bilan birga olib boriladigan omildir.
Dostları ilə paylaş: