105
3-guruh – gimnastikaning ta‟lim rivojlantiruvchi turlari
Bu
guruhga asosiy gimnastika, ayollar gimnastikasi,
atletik gimnastika,
professional-amaliy, harbiy amaliy va sport–amaliy gimnastikasi kiradi.
YUqorida zikr etilgan gimnastika turlari gimnastikaning umumiy
yo‗nalishini
asosiy saqlab qolib, nimaga mo‗ljallanganligi, mashqlarni o‗ziga
hosligi va metodik usullari bilan bir-biridan farq qiladi.
ASOSIY GIMNASTIKA
Gimnastikaning asosiy vositalari
Maxsus ishlab chiqilgan harakat formalari gimnastikaning tipik vositalari
(mashqlari)
hisoblanadi.
Ular
yordamida
odamning
hayotiy
muhim
harakatlantiruvchi qobiliyatlari takomillashtiriladi. Ko‗p mashqlar odamlarning
mehnat harbiy va turmush faoliyatidan (yurish,
yugurish, tirmashib chiqish,
sakrash, emaklash, muvozanat saqlash, uloqtirish, to‗siqlardan oshib o‗tish, yuk
tashish va h,k.) olingan.
Jismoniy tarbiya amaliyoti haqidagi ilmiy bilimlar rivojlana borgan sayin
bir butun harakatlantiruvchi faoliyatdan ajratib olingan elementar harakatlardan
iborat mashqlar paydo bo‗la boshladi. Bu mashqlar
asosan harakat asoslarini
o‗rgatish uchun, jismoniy xislatlarni rivojlantirish va turli pedagogik vazifalarni
hal etish uchun qo‗llaniladi. Tananing ayrim a‘zolariga mo‗ljallangan hamda
turli gimnastika asboblarida ijro etiladigan mashqlar shular qatoriga kiradi.
Gimnastika mashqlari pedagogik vazifalarga
hamda harakatlantiruvchi
faoliyat strukturasiga muvofiq tarzda quyidagi asosiy guruhlarga bo‗linadi:
1.Saf mashqlari
–
safda birgalikda bajariladigan, shug‗ullanuvchilarda
uyushqoqlik va intizomni, jamoa bo‗lib harakat qilish malakalarini, asl qomatni
(safdagidek, qomat tutishni) tarbiyalashga,
shuningdek, ritm va sur‘at hissini
tarbiyalashga yordamlashadigan harakatlardir. Saf
mashqlaridan bir tomondan
jismoniy harakat mashg‗ulotlarini (ayniqsa mashg‗ulotning jamo shakllarida)
oqilona uyushtirish usuli sifatida foydalaniladi,
ikkinchi tomondan esa undan
inson organizmini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat
106
ko‗nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat
sifatida foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: