O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Xatolarni bittalab to„g„irlang



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Xatolarni bittalab to„g„irlang. 
Tasavvur 
qilamiz, 
tajribali 
gimnastikachilardan 
biri 
Mariyada 
qo‗shpoyada to‗ntarilib ko‗tarilishida qiyinchilik tug‗ildi. U iyagini poyaga 
etarli darajada yaqin tortmayapti, shu tufayli unga ko‗tarilish va oyoqlarini 
oshirish qiyin kechdi. Siz nima qilasiz? 
Birinchidan, eng avval qaysi xatoni to‗g‗irlash kerakligini xal qiling – 
sportchilarga xatolarni bittalab to‗g‗irlash osonroq. Bir xato ikkinchisini olib 
kelishini aniqlang. Agar olib kelsa, unda gimnastikachi shu ustida ishlashi kerak, 
chunki bu qolganlarini ham bartaraf qilishi mumkin (Mariyadagi holatga 
o‗xshab). Biroq, xatolar bir biri bilan bog‗liq bo‗lmasa, rivojlanishiga katta 
imkoniyat yaratadigan eng oddiy xatoni to‗g‗irlashdan boshlang. E‘tibor bering, 
bir sohani yaxshilanishi sportchini kelgusida shakllanishiga sabab bo‗ladi.
Xatolarni tuzatish uchun ijobiy aks aloqadan foydalaning. 
Xatolarni tuzatishda ijobiy holatda yondoshilganda e‘tiborni nima 
qilmaslikka emas, balki nima qilish kerakligiga qarating. To‗g‗irlash uchun 
maqtovlar, sovrinlar va rag‗batlantirishdan foydalaning. Omadli namoyishlarni 
va mashg‗ulotdagi intilishlarni taqdirlang. Ijobiy aks aloqa sportchida o‗ziga 
ishonch va omadga intilishni kuchayishiga yordam beradi. 
Siz bitta gimnastikachi bilan individual shug‗ullanganingizda, xatolarni 
tuzatishda ijobiy yondoshish to‗rtta bosqichdan iborat bo‗ladi. 
1.Omadli namoyish va intilishni rag„batlantiring. 
Gimnastikachini mashqni yoki uning bir qismini to‗g‗ri bajarishdagi har 
bir urinishi uchun maqtab qo‗ying. Buni mashqni bajargan zahoti qiling. 
―Urinishing yaxshi‖, ―shunday bo‗lishi kerak‖, ―yaxshi forma‖ yoki ―xuddi 
shunday davom ettir‖ deb oddiygina maqtab qo‗ying. So‗zsiz aks aloqadan 
foydalanishingiz mumkin, masalan, jilmaying, chapak chaling yoki mimika va 
imo-ishora orqali.


67 
Maqtovlar tabiiy bo‗lishi kerak. Sportchining noto‗g‗ri bajargan 
urinishini ma‘qullamang. Odatda gimnastikachi mashqni to‗g‗ri bajarganini 
tushunadi. O‗rinsiz maqtovlarni gimnastikachi uni ovutmoq uchun qo‗llanilgan 
baho deb qabul qiladi. SHuningdek, gimnastikachi yaxshi chiqish qilmagan 
bo‗lsa, uni teskarisiga ishontirishga urinmang. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə