O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 403,16 Kb.
səhifə25/36
tarix23.09.2023
ölçüsü403,16 Kb.
#123234
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
kislorodli organik birikmalar mavzusini oqitishda interfaol usullardan

Ayrim vakillari va ularni ishlatilishi. Spirtlar orasida metil va etil spirtlarning ahamiyati kattadir. Metil spirti 540C da qaynaydigan suyuqlik, o’ta zaharli. Sanoatda CO va H2 dan sintez qilinadi.
Metil spirti asosan chumoli aldegidi ishlab chiqarishda, erituvchi sifatida, turli molekulalar tarkibiga metil guruhini kiritishda, metil-, dimetil- va trimetilamin olishda ishlatiladi.
Etil spirti 78,40C qaynaydi. Sanoatda asosan etilendan va pentoza saqlovchi birikmalardan olinadi. U erituvchi sifatida butadiyen-1,3 olishda va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi.
Propil-, izopropil-, butil spirtlar sirt aktiv birikmalar olishda, aldegid va ketonlar, murakkab efirlar olishda ishlatiladi.



    1. Guruh uchun:

Ikki atomli spirtlar, olinishi, xossalari va ishlatilishi


Tuzilishida ikkita gidroksil guruhi bo’lgan birikmalar ikki atomli spirtlar yoki glikollar deb ataladi.
Glikollarning umumiy formulasi CnH2n(OH)2 bilan ifodalanadi. Bu yerda n  2 bo’lishi kerak. Chunki CH2(OH)2 tarkibli spirt mavjud emas. Bitta uglerod atomi ikkita gidroksil guruhini ushlab turolmaydi, natijada undan suv molekulasi ajratib chiqib, chumoli aldegidini hosil qiladi. Shuning uchun glikollarning gomologik qatori CH2(OH)2 – etilen glikoldan boshlanadi.
Nomlanishi. Glokollarning emperik va sistematik nomenklatura bo’yicha nomlash qabul qilingan. Quyida biz glikollarni nomlashga misollar keltiramiz.
Glikollarni sistematik nomenklatura bo’yicha nomlashda tegishli to’yingan uglevodorod nomi oxiriga diol qo’shimchasi qo’shiladi va gidroksil guruhlari hamda radikallarning holatlari raqamlar bilan ko’rsatiladi.

Spirtlarning formulasi

Empirik nomenklatura
bo’yicha nomi

Sistematik nomenklatura bo’yicha nomi

CH2(OH)  CH2(OH)

Etilenglikol

1,2-etandiol

CH3CH (OH)  CH2OH

Propilenglikol

1,2-propandiol

CH2(OH)  CH2CH2(OH)

Trimetilenglikol

1,3-propandiol

CH2 (OH)  CH2 CH2 CH2OH

Tetrametilenglikol

1,4-butandiol




Yüklə 403,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə