|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiBir atomli spirtlar, olinishi, xossalari va ishlatilishi
|
səhifə | 23/36 | tarix | 23.09.2023 | ölçüsü | 403,16 Kb. | | #123234 |
| kislorodli organik birikmalar mavzusini oqitishda interfaol usullardanBir atomli spirtlar, olinishi, xossalari va ishlatilishi
Spirtlarning uglelevodorodlardagi vodorod atomlarini gidroksil gurihiga almashinishidan hosil bo’lgan birikmalar deb qarash mumkin. Spirtlar to’yingan va to’yinmagan bo’lishlari mumkin. Gidroksil guruhining soniga qarab ular bir va ko’p atomli spirtlarga bo’linadilar.
To’yingan bir atomli spirtlarning umumiy formulasini CnH2n+1OH yoki R–OH bilan ifodalash mumkin. Gidroksil guruhining qanday uglevodorod atomi bilan
bog’langanligiga qarab ular birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarga bo’linadilar.
Spirtlarning izomeriyasi va nomlanishi. Spirtlarning izomeriyasi uglevodorod zanjirining tuzilishiga va gidroksil guruhinig zanjirdagi joylashuv holatiga bog’liq bo’ladi.
Emperik nomenklaturaga asosan, spirtlarning nomi gidroksil guruh bilan bog’langan uglevodorod radikalining oxiriga spirt so’zi qo’shib hosil qilinadi.
Ratsional nomenklatura bo’yicha esa metil spirti karbinol deb ataladi, qolgan radikallar uning hosilasi deb qaraladi.
Sistematik nomenklatura bo’yicha spirtlarni nomlashda ularning nomi tegishli to’yingan uglevodorod nomi oxiriga –ol qo’shimchasi qo’shib hosil qilinadi. Gidroksil guruhi va radikallarning holati raqamlar bilan ko’rsatiladi.
Spirtlarning nomlanishi
Spirtlarning formulasi
|
Empirik nomenklatura
bo’yicha nomi
|
Ratsional nomenklatura
bo’yicha nomi
|
Sistematik nomenklatura
bo’yicha nomi
|
CH3OH
|
Metil spirti
|
Karbinol
|
Metanol
|
CH3CH2OH
|
Etil spirti
|
Metil karbinol
|
Etanol
|
CH3CH2CH2OH
|
Birlamchi propil
spirti
|
Etil karbinol
|
1-propanol
|
CH3 CH (OH) CH3
|
Ikkilamchi propil spirti
|
Dimetil karbinol
|
2-propanol
|
CH3CH2CH2CH2OH
|
Birlamchi butil spirti
|
Propil karbinol
|
1-butanol
|
CH3 CH2 CH (OH) CH3
|
Ikkilamchi butil spirti
|
Metiletil karbinol
|
2-butanol
|
CH3 CH (CH3) CH2OH
|
Izobutil spirti
|
Izopropil karbinol
|
2-metil- propanol-1
|
Olinish usullari. Spirtlar olishning bir necha usullari ma’lum. Quyida shulardan ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Spirtlarni galoid alkillarni suv yoki ishqorning suvli eritmasi bilan qo’shib
qizdirish orqali olish mumkin:
R – Br
HOH
R – OH + HBr
R – OH + NaBr
Etilen uglevodorodlariga katalizatorlar ishtirokida suv biriktirilganda bir atomli spirtlar hosil bo’ladi. Katalizator sifatida asosan konsentrlangan sulfat kislotadan foydalaniladi. Etilen uglevodorodlariga suvning birikish quyidagi bosqichlar orqali sodir bo’ladi:
R – CH = CH2 + HOH
H2SO4
R – CH – CH3 OH
R – CH = CH2 + HOSO3H R – CH – CH3
OSO3H
HOH
R – CH – CH R – CH – CH + H SO
3
OSO3H
3 2 4
OH
Spirtlarni aldegid va ketonlarni katalizator ishtirokida qaytarish orqali yoki ularga magniy organik birikmalar biriktirish orqali olish mumkin:
O
R – C + [H] R – CH 2OH H
R – C – R’ + [H] R – CH – R’ O OH
Bu jarayon mis, kobalt, nikel, platina. Palladiy katalizatorligida 300-5000C haroratda olib boriladi.
Glyukozadan olish.
Metil spirti sanoatda CO va H2 dan sintez qilinadi:
СО + 2H 2 CH 3OH
Bu jarayon 200-300 atm bosim, 4000C harorat va rux-xrom-mis katalizatori ishtirokida olib boriladi. Spirtlarni yuqorida ko’rsatilgan usullardan tashqari, yana murakkab efirlardan atsetallardan va boshqa birikmalardan olish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |
|
|