O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə24/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

O’quv fani dasturi ham huddi o’quv rejasi kabi muhim davlat hujjati bo’lib, unda muayyan o’quv predmeti mazmuni ochib beriladi va o’quv yili davomida ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar hajmi ko’rsatiladi.
O’quv fani dasturi – ta’lim mazmuni, uning ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishining eng maqbul usullari, axborot manbalari ko’rsatilgan normativ hujjat.
O’quv fani dasturlari tegishli ta’lim (umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb hunar yoki oliy ta’lim) turidagi barcha ta’lim muassasalari uchun yagona, uning talablari to’la ravishda bajarilishi majburiydir.
Dastur tushuntirish xati, bo’lim va mavzular bo’yicha ajratilgan soatlar hajmi, dastur materiali mazmuni hamda tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Tushuntirish xatida o’quv predmetining ahamiyati, uning fanlar tizimida tutgan o’rni, ular o’rtasidagi aloqadorlik, materialni o’rganish jarayonida hal etilishi lozim bo’lgan ayrim bo’lim va mavzularni o’rganish xususiyatlari o’rganiladi. O’qitish (ta’lim) metodlari va vositalarini qo’llashga doir tavsiyalar beriladi. Soatlar hisobini asosli o’rinlarda o’zlashtirilishiga yo’l qo’yiladi.
O’quv dasturi materiali bo’limlar va mavzular bo’yicha taqsimlangan bo’lib, har bir mavzuni o’rganish uchun o’zlashtirishi majburiy bo’lgan tushunchalar tizimini, shuningdek, ko’nikma va malakalarning aniq ko’rsatkichi beriladi, nihoyat, ta’lim oluvchilarga qo’yiladigan yakuniy talablar bayon etiladi.
O’quv dasturidagi material ta’lim va tarbiya maqsadlari, didaktik tamoyillar uzviylik va izchillikka muvofiq ravishda tanlanadi va taqsimlanadi.
O’quv dasturlari quyidagi tamoyillar asosida tuziladi:
1. Dastur mazmunining ilmiy xususiyatiga egaligi.
2. Dastur mazmunining ijtimoiy – g’oyaviy xususiyatga egaligi.
3. Nazariy g’oyalarning amaliyot bilan birligi.
4. Dastur mazmunining ijobiy – tarixiy xususiyatga egaligi va aniq hoyaga asoslanganligi.
5. Dastur mazmunining muayyan tizimga ega bo’lishi.
6. O’quv predmetlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, bog’lanishlarning mavjudligi.
7. O’quv dasturini tayyorlashdagi ta’lim oluvchilarning psixologik va ruhiy xususiyatlarini e’tiborga olish.
Demak, o’quv rejasi va dasturi ta’lim muassasasi ma’muriyati, ta’lim oluvchilar jamoalarining so’zsiz amal qilishlari lozim bo’lgan davlat hujjatlaridir. Ta’lim jarayonini samarali olib borish uchun bularga mos darsliklar tayyorlanadi. Har bir o’quv predmetining mazmunini DTS va o’quv rejasida ko’rsatilgan hajmda didaktik talablar asosida kitob (darslik) yoziladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə